Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Til o‘rganish jarayonida tinglab tushunish va so‘zlashuv qobiliyatini rivojlantirishda podkastlarning ahamiyati
QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDAPODKASTLARNING AHAMIYATI · Begnayeva DilshodaNormuminqizi · Ikramova Shaxzoda Mashrab qizi
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 58-63 · 2026
Аннотация
Chet tilini o‘rganishda hamda ushbu tilda tinglab tushunish va so‘zlashuv qobiliyatini oshirishda turli xil video va audio materiallarning, xususan, podkastlarning ahamayati beqiyosdir. Mazkur maqolada chet tilida so‘zlashuv va tinglab tushunish qobiliyatini rivojlantirishda zamonaviy vositalardan biri bo‘lgan podkastlarning roli, ulardan samarali foydalanish haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, podkastlarning chet tillarini o‘zlashtirishdagi foydali jihatlari tahlilqilinadi. Kalit so‘zlar: Til o‘rganish, podkast, Nature podkasti, BBC global news podkasti, 6 Minuteenglish podkasti, Stories podkast. Bugungi kunda chet tillarini o‘rganish ayniqsa, ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan talab va qiziqish shunchalik kuchaydiki, bog‘cha yoshdagi bolalardan boshlab katta yoshdagi mutaxassislargacha ingliz tilini o‘rganishga harakat qilyaptilar. Ammo til o‘rganish jarayonida til o`rganuvchilar bir qancha to‘siqlarga duch kelmoqda. Shunday to‘siqlardan biri yaxshi tinglab tushunolmaslik va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaslikdir. Ammo, darslik, qo‘llanmalar yoki maxsus darsga doir kitoblar yordamida chet tilini o`rganish biroz qiyin va zerikarli usuldir. Balki, hozirgi kunda texnologiyalardan foydalanib, elektron ilovalar yordamida til o‘rganish juda samarali va qiziqarli metod hisoblanadi. Shunday metodlardan biri podkastlar yordamida til o`rganishni rivojlantirishdir. Podkast – bu innovatsion mobil texnologik dastur bo‘lib , mobil qurilmalarga yuklab olinib ishlatilishi mumkin bo‘lgan video va raqamli efirlardan iborat. Amerkalik olimlar G.Shelly, M.Frydenbergning ta’kidlashicha, podkastlar obuna bo‘lgan tinglovchilarga avtomatik tarzda yetkazib beriladi va ular istalgan vaqtda, istalgan joyda tinglab o‘rganishlari mumkin. Podkastlarni tinglash tinglovchilar uchun real va tabiiy nutqni tinglash imkoniyatini beradi. Bu imkoniyat esa til o‘rganuvchiga lug‘at boyligini oshirish va talaffuz me’yorlarini yaxshilishda yordam beradi. Ko‘plab podkastlarda turli shevalarga ega spikerlar ishtirok etishi tinglovchilarga turlinutquslublariga moslashishga yordam beradi [1]. Podkastlarning eng yaxshi tomonlaridan biri shuki, ular boshqa til o‘rganish usullariga o‘xshab alohida vaqt va joy talab qilmaydi hamda barcha uchun qulaydir. Podkastlar yordamida biror mashg‘ulot bajarish jarayonida ham til imkoniyatlarimizni hech qanday to‘siqlarsiz rivojlantirishimiz mumkin. Hozirgi kunda turli mavzular va yo‘nalishlarda podkastlar mavjud va ular bizning tinglab tushunish va so‘zlashish mahoratimizni oshirishda har bir turdagi podkastlar turlichayordam beradi. Quyida shunday podkastlarto‘g‘risidama’lumot berilgan: BBC Global News Podcast – bu podkast turida, asosan, dunyoda sodir bo‘layotgan eng so‘nggi yangiliklar va voqea hodisalar haqida ma’lumot beriladi. Til o‘rganuvchilar bu turdagi podcastlarni tinglash orqali rasmiy jarayondagi nutqlarni osonroq tushunish ko‘nikmasini hosil qiladiva rasmiy jarayonlardaqanday so‘zlashishnio‘rganishi mumkin. Nature Podcast – bu podcast turida olimlar tomonidan tabiat to‘g‘risida olib borilgan eng so‘nggi tadqiqotlar va izlanishlar haqida ma’lumotlar beriladi. Bu turdagi podkastlarni tinglash orqali til o‘rganuvchilar tabiat haqidagi yangi so‘z va terminlarni o‘rganish va ularni nutqda qo‘llash imkoniyatigaega bo‘ladi. 6 Minute English Podcast- bu podcast turida biz 6 minutlik turli mavzudagi ma’lumotlarni tinglashimiz mumkin. Bu eng qulay va qiziqarli podkast turlaridan biri, chunki siz Samarkand State Institute of Foreign Languages 617 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI bu podkast turida o‘zingizning darajangizga mos va o‘zingiz qiziqqan mavzudagi nutqlarni tinglashingiz mumkin. Albatta, siz bu podkast turini tinglash orqali turlicha so‘zlashish shevalarini va yangi so‘zlarni o‘rganishingizhamda keng qo‘llashingiz mumkin. Stories Podcast – bu turdagi podkastda kundalik hayotda sodir bo‘layotgan voqea- hodisalar haqida ma’lumot berib boriladi. Bu podkast turi ommalashgan podkast turlaridan biri hisoblanib, juda ko’plab til o’rganuvchilar o’zlari qizigan mashhur insonlarning podkastlarini kuzatish orqali til o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishadi. Bu turdagi podkastlar yordamida til o‘rganuvchilar kundalik hayotida sodir bo’lyotgan voqealarni qanday bayon qilishni o‘rganishlari mumkin. Tifo Football Podast – bu podkast turida futbol musobaqalari, ularda bo‘ladigan jarayonlar, sportchilar haqida ma’lumotlar, sharhlarni o‘z ichiga oladi. Bu podkastlarni tinglash orqali, asosan, futbol ishqibozlari o‘zlarining sevimli mashg‘ulotlarini qilish orqali til o‘rganishlari mumkin. Bu podkastlardan futbol jarayoniga tegishli juda ko‘p yangi so‘zlarni o‘rganish imkoniyati mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, tinglab tushunish va so‘zlashishni rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri bu podkastlar yordamida rivojlantirishdir. Agar har kuni o‘zimiz qiziqqan mavzuda ikki soat podkast tinglasak, juda qisqa muddatda tinglab tushunish va so‘zlashuvqobiliyatimizniyax
Доказательный фрагмент
«Chet tilini o‘rganishda hamda ushbu tilda tinglab tushunish va so‘zlashuv qobiliyatini oshirishda turli xil video va audio materiallarning, xususan, podkastlarning ahamayati beqiyosdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюChet tilini o‘rganishda hamda ushbu tilda tinglab tushunish va so‘zlashuv qobiliyatini oshirishda turli xil video va audio materiallarning, xususan, podkastlarning ahamayati beqiyosdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- подкасты Stories, Nature podcasts, podcast, Til organish, Til o'rganish, Nature podkasti, BBC global news podcast, BBC global news podkasti, 6-минутные английские подкасты, 6 Minute english podkasti, подкаст, подкаст глобальных новостей BBC, Stories podkast, подкасты о природе, Til o‘rganish, podkast
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025