К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA ZAMAXSHARIYNING O’RNI

Jabborova Munisa Shuhratovna · Norkulova Shaxnoza Tulkinovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

The article highlights the life, scientific activity and contribution to the development of science of the great Khorezm scientist Mahmud Zamakhshari. His works in the fields of philology, tafsir and literature are mainly analyzed. His contribution to the development of Arabic language science through the tafsir “Al-Kashshaf” and the grammatical work “Al- Mufassal” is particularly studied. Keywords: Mahmoud Zamakhshari, “Al-Kashshaf”, “Al-Mufassal”, interpretation of the Quran, Arabic grammar, linguistics. 1 47 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mahmud Zamaxshariy - O’rta Osiyolik qomusiy olim, tafsirshunos, hadisshunos, tilshunos, lug’atshunos, o‘z davrining yetuk allomalaridan biri bo’lgan. Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis, va fiqhga oid 50 dan ortiq asar yozgan olim hisoblanadi.Uning to’liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad bo’lib, Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida tug’ilganligi uchun Zamaxshariy taxallusini olgan. Bundan tashqari Zamaxshariy ko‘p asarlarini Makkada yozganligi sababli “Jorulloh” ya’ni “Allohning qo‘shnisi” degan sharafli nomga ham muyassar bo‘lgan. Mahmud Zamaxshariy islom olamining buyuk allomalaridan biri bo‘lib, o‘zining ilmiy salohiyati, tafakkuri va asarlari bilan nafaqat o‘z davrida, balki keyingi asrlarda ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Mahmud Zamaxshariy hijriy 467-sana, rajab oyining yigirma yettinchisida chorshanba kuni (milodiy hisobda 1075-yilning 19 martida) Xorazmning katta qishloqlaridan biri Zamaxsharda tavallud topgan. Uning otasi unchalik badavlat bo’lmasa-da, o’z davrining savodli taqvodor, diyonatli kishisi bo’lgan. Otasi ko‘p vaqtini Qur’oni karim tilovati va toat ibodat bilan o’tkazgan va Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. Zamaxshariyning onasi ham taqvodor, fozila va ma’rifatli ayollardan hisoblangan. U haqidagi bu ma’lumotlar asosan o‘rta asr manbalarida, qisman ma’lumotlar esa olimning o‘zining asarlarida ham keltirilgan. Bu tarzdagi ma’lumotlarni Ibn Xallikon, Ibn al-Anbariy, Yoqut al-Hamaviy, Muhammad al-Yofi’iy, Ibn al- Javziy, Jaloliddin as-Suyutiy, Ibn al-Qiftiy va boshqa arab mualliflarining asarlarida uchratamiz. Mahmud Zamaxshariy yoshligidan ilmga juda qiziqqan. Uning ilm izlash yo‘li avvalo o‘z yurtidan boshlangan: Xorazm o‘sha davrda ilm markazlaridan biri bo‘lib, bu yerda mashhur ulamolar, tilshunoslar va adiblar yashagan. Zamaxshariy dastlab Xorazmda o‘qib, arab tili, mantiq, adabiyot va tafsir bo‘yicha chuqur bilim olgan. Uning kamolot bosqichiga ko'tarilishiga til, lug‘at va adabiyot sohasida dong taratgan olim Abu Mudar Mahmud ibn Jariyr ad-Dabbiy al- Isfahoniy katta hissa qo‘shgan. 1113 (508-hijriy)-yilda Marvda vafot etgan bu olim Xorazmda ham bir necha yil yashagan. Shunday katta olimning chuqur bilimi, ilm olish borasida Zamaxshariyga ko'rsatgan jiddu jahdi uning kelajakda grammatika va lug‘at sohalarida yetuk olim bo'lib yetishishiga mustahkam zamin bo‘ldi. Zamaxshariy ustozi ad-Dabbiydan nafaqat chuqur bilim oldi, balki uning ilmiy yo'nalishlari, asarlar yaratishdagi tartibotlarini tadqiq qildi, nihoyat, mu’taziliy oqimining eng ashaddiy homiylaridan biri bo'lib yetishishda ham ustozi yo‘lidan yurdi. U grammatikaga bag’ishlangan “Al-Mufassal” asarini ham ustozidan olgan bilimlari tufayli yozadi. Shu jumladan, Zamaxshariyning ko‘plab ustozlari bo‘lgan. 1 47 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U hadis ilmini Abu al-Xattob ibn al-Batar, Abu Saad ash-Shaffoniy, grammatikani Abu Bakr Abdulloh ibn Talha ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Yabariy al-Andalusiy, shayxu-l-islom Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, fiqh ilmini shayx al-Xayyatiy, ad-Damg'oniy, Shariy ibn ash- Shajariydan o'rgangan edi. Zamaxshariy ilm olish yo‘lida juda ko’p izlanishlar olib borganligi sababli umrining ko’p yillarini xorijiy ellarda, sayohatlarda o’tkazgan. Zamaxshariyning eng mashhur va eng muhim sayohatlaridan biri — Makkaga qilgan safaridir. “U u yerda bir necha yil yashagan va shu sababli unga “Jorulloh” (Allohning qo‘shnisi) laqabi berilgan.”1 Makkada yashagan yillarida u Qur’on tafsiri ustida ishlagan va mashhur “Al-Kashshof” asarini yozgan. Uning ilm izlashdagi qat’iyati shunchalik kuchli ediki, jismoniy imkoniyati cheklanganiga qaramay (bir oyog‘i cho‘loq bo‘lgan), uzoq masofalarga safar qilishdan toymagan. Har bir yangi shahar — Zamaxshariy uchun yangi ustozlar, yangi bilimlar va yangi ilmiy manbalarni anglatgan. U o‘z bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag‘dod, Nishopur, Marv, Xuroson, Shom, Iroq, Hijoz kabi shaharlarga sayohat qilgan. Mahmud Zamaxshariyning asarlari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, yuqorida keltirganimizdek u 50 dan ortiq asarlar yozganligi ma’lum. Bulardan “Al-Mufassal”, “Muqaddimatu-l-adab”, “Kitob al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh”, “Asos al-balog‘at”, “Rabiy’ al- abror va nu

Доказательный фрагмент

«The article highlights the life, scientific activity and contribution to the development of science of the great Khorezm scientist Mahmud Zamakhshari.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article highlights the life, scientific activity and contribution to the development of science of the great Khorezm scientist Mahmud Zamakhshari. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mahmoud Zamakhshari, “Al-Kashshaf”, “Al-Mufassal”, interpretation of the, tilshunoslik., “Al-Kashshof”, Mahmud Zamaxshariy, Qur’on tafsiri, arab tili grammatikasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники