Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI MILLIY UYG’ONISH DAVRI VA UYG’ONISH ADABIYOTINING BUYUK VAKILI ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARI TALQINI
MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARI TALQINI · Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article discusses the ideas of enlightenment put forward in the work of Abdurauf Fitrat, one of the great enlighteners and famous representatives of the Jadid movement, “Munozara” (a debate between a Farangi and a Bukhara teacher about Jadid schools in India), the difference between the “usuli Qadim” and “usuli Jadid” schools, the advantages of the new Jadid school, the political and economic landscape of the Bukhara emirate, the social lifestyle of the population, and the educational and upbringing situation. After all, the essence of the work of these great writers served to elevate society and the nation. Along with such selfless writers as Abdulla Avloni, Mahbudkhoj Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cholpon, and Osman Nasir, perhaps in their forefront, Abdurauf Fitrat also became the eye of the mind and heart of his people Keywords: "Munozara", Abdurauf Fitrat, Mijmar, Hurriyat, Chigatay literature, Mahmudkhoj Behbudi, Enlightenment ideas. KIRISH: Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha jadīd — yangi) – xix asr oxiri xx asr boshida turkiston, kavkaz, qrim, tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat. Jadidchilik dastlab, xix asrning 80-yillarida qrimda vujudga keldi. Xix asrning 90-yillaridan oʻrta osiyoda tarqaldi. Jadidchilik avval madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm gʻoyalarini targʻib qilishgan. Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: jadīd — yangi) – xix asr oxiri xx asr boshida turkiston, kavkaz, qrim, tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat[1]. Jadidchilik dastlab, xix asrning 80-yillarida qrimda vujudga keldi. Xix asrning 90-yillaridan oʻrta osiyoda tarqaldi. Abdurauf fitrat 1886-yili islomiy madaniyatning markazlaridan biri buxoroda tavallud topgan. Otasi abdurahimboy zamonasining ma’rifatli boylaridan, onasi bibijon esa o’qimishli, o’z bolasi taqdirida muhim rol o’ynagan ayollardan 1 40 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bo’lgan. Darvoqe, fitrat yuqorida tilga olingan anketada onasining ismini bibijon sifatida tilga olgan. Adibning boshqa qarindosh -avlodlari ham uning to’la ismi mustafbibi bo’lganini unutib, bibijon ismi bilan yodlab yurishadi. Abdurahimboy ko’proq savdo ishlari bilan band bo’lgani sababli yosh abduraufning tarbiyasi ziyrak va zukko onasi mustafbibining qo’lida bo’lgan. Abdurauf dastlab eski maktabda, so’ngra buxorodagi mashhur “mir arab” Madrasasida tahsil ko’rgan bo’lsada, ilmga chanqoqligi, “kitob shaydosi” bo’lganligi bois, mustaqil mutolaa orqasida aksar madrasadoshlaridan ancha ilg’orlab ketgan edi. Fitrat 1909-1913 yillarda Turkiyada o’qib ijod etgan. Turkiyada ijod etgan asarlari. U Turkiyada “Munozara”, “Sayha”, “Yurt qayg’usi” nomli kitoblarini chop etgan. Fitrat 1912-yil 11-martda Buxorolik yoshlar Kogondagi maktab egasi Liviy(yaxudiy)ning moddiy yordamida “Buxoroi sharif”, o’sha yilning 14-iyulida esa turkiy tilda “Turon” gazetasini nashr etishga muvaffaq bo’ldilar. Buxoro amirining 1917-yil 7-aprel farmoni (Manifesti)dan keyin Fitrat Samarqandga ko’chib borib, “Hurriyat” gazetasiga muharrirlik qiladi. Gazeta moddiy jihatdan og’ir ahvolda qolgach, muharrirlik lavozimini Muhammadqul O’rinboy o’g’liga topshiradi. Fitrat hayoti va faoliyatining Toshkent davrida ro’y bergan eng muhim voqeasi “Chig’atoy gurungi”ning O’zbekistondagi birinchi adabiy uyushma sifatida tuzilishidir. O’tgan asrning 20- yillarida yaratilgan adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid asarlarida “Chig’atoy adabiyoti”, “Chig’atoy tili” atamalari ko’p uchraydi. Fitrat “Chig’atoy adabiyoti” degan maqolasida O’rta Osiyodagi turkiy tillarida yaratilgan adabiyotning “Chig’atoy adabiyoti”- deb atalishi Chingizxonning o’g’li Chig’atoy nomi bilan bog’liqligini e’tirof etgan. Fitratning bu uyushmani tuzishdan maqsadi, birinchidan, tarqoq holda yashayotgan ilm va ijod ahlini birlashtirish, ikkinchidan, shoir va yozuvchilarning yangi asarlarini tinglab, muhokama qilish, uchinchisidan, davrning adabiy- ma’rifiy hayotida faol ijod etish, to’rtinchisidan, musiqa va teatr ishlarini jonlantirish, beshinchidan, lug’at tarkibi va grammatik tuzilishi murakkab bo’lgan o’zbek adabiy tilini isloh qilish, arab va fors so’zlarini qadimiy turkiy so’zlar bilan almashtirish, rus tilidan kirib kelishi mumkin bo’lgan so’zlarning o’zbekcha muqobilini ishlash, xullas, yangi, zamonaviy o’zbek adabiy tilini yaratish edi. Abdurauf Fitrat bo’lib, bu so’z tug’ma iste’dod, insonga alloh bergan yaratuvchilik qobiliyati ma’nolarini anglatadi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, talabalik yillari Mijmar (Cho’g’don, xushbo’y narsalar solib tutatiladigan idish ma’nosida) ta
Доказательный фрагмент
«This article discusses the ideas of enlightenment put forward in the work of Abdurauf Fitrat, one of the great enlighteners and famous representatives of the Jadid movement, “Munozara” (a debate between a Farangi and…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the ideas of enlightenment put forward in the work of Abdurauf Fitrat, one of the great enlighteners and famous representatives of the Jadid movement, “Munozara” (a debate between a Farangi and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Munozara", Abdurauf Fitrat, Mijmar, Hurriyat, Chigatay literature, Mahmudxo’ja Behbudiy, Chig’atoy adabiyoti, : “Munozara”, ma’rifatparvarlik g’oyalari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026