Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJODIY O‘YINLAR ORQALI TASHABBUSKORLIKNI RIVOJLANTIRISH
Mirabdullayeva Ozoda Ilhomjon qizi · Qodirova Omatxon Sobirjonovna (Andijon davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika va maktabgacha) · ASOSIY QISM. (Andijon davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika va maktabgacha)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida ijodiy o‘yinlarning o‘quvchilar tashabbuskorligini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, amaliy misollar orqali o‘yinlarning ta’sir doirasi va foydali jihatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ijodiy o‘yin, tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash, interfaollik, ta’lim jarayoni. Kirish. Bugungi globallashuv davrida ta’lim oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri — o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini, tashabbuskorlik va ijodkorlik sifatlarini shakllantirishdir. Ta’limda bu kabi fazilatlarni rivojlantirishning samarali vositalaridan biri — bu ijodiy o‘yinlardir. O‘yin orqali ta’lim berish qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, zamonaviy pedagogik yondashuvlarda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. ASOSIY QISM. Ijodiy o‘yinlarning ta’limdagi roli Ijodiy o‘yinlar — bu o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini erkin ifodalashga, jamoaviy ishlashga va eng muhimi, tashabbus ko‘rsatishga o‘rgatuvchi ta’limiy vositalardir. Mazkur o‘yinlar o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish orqali ular uchun muammoli vaziyatlarda yechim topish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, o‘zini namoyon etish imkoniyatlarini yaratadi. Tashabbuskorlikni rivojlantirishda ijodiy o‘yinlarning ta’siri Ijodiy o‘yinlar o‘quvchilarda quyidagi fazilatlarning shakllanishiga xizmat qiladi: Muammoni mustaqil hal qilish; Yangi g‘oya bilan chiqish; Jamoada faol ishlash; Qaror qabul qilish va javobgarlikni his qilish. Misol tariqasida, “Nima bo‘lardi, agar…” o‘yini orqali o‘quvchilar voqealarning muqobil rivojlanishini tasavvur qilishadi, bu esa ularning fantaziyasi va ijodkorligini rivojlantiradi. “Rolli o‘yinlar” esa ularni hayotiy vaziyatlarga tayyorlaydi, kommunikativ qobiliyatlarini oshiradi. 503 Aprel, 2025-Yil Amaliy misollar “Erkin sahnalashtirish” — berilgan mavzu asosida o‘quvchilar o‘z ssenariysi va rollari asosida sahna ko‘rinishini yaratishadi. “Teskari ertak” — o‘quvchilar voqeani odatiy tartibda emas, balki teskari yo‘nalishda tasvirlashadi. “Yangi ixtiro” — bolalar yangi qurilma, mahsulot yoki xizmat g‘oyasini ishlab chiqishadi. Bunday o‘yinlar orqali bolalar nafaqat qiziqarli vaqt o‘tkazadilar, balki o‘z bilim va ko‘nikmalarini ham mustahkamlashadi. 1. Ijodiy o‘yinlarning turlari va tavsifi a) Rolli o‘yinlar O‘quvchilar muayyan rolda chiqish qiladi (masalan, shoir, jurnalist, olim). Bu ularning nutqiy faolligini, hayotiy holatlarga moslashuvchanligini oshiradi. b) Improvizatsion o‘yinlar Bunday o‘yinlarda qatnashchilar hech qanday tayyorgarliksiz berilgan mavzuda improvizatsiya qilishadi. Bu ularni muammoni tezkor hal qilishga o‘rgatadi. c) Muammoli o‘yinlar Berilgan muammoli holat asosida yechim topish kerak bo‘ladi. Masalan: “Agar darsga kech qolsangiz, nima qilgan bo‘lar edingiz?” d) “Yangi ixtiro” o‘yini O‘quvchilar yangi qurilma, xizmat yoki mahsulotni o‘ylab topishadi, reklama qilishadi. Bu ijodkorlik bilan birga iqtisodiy tafakkurni ham rivojlantiradi. 2. Tashabbuskorlikni shakllantirish bosqichlari 1. Kuzatish va holat tahlili – o‘quvchi atrofdagi holatlarni tahlil qilishga o‘rgatiladi. 2. Fikr bildirishi uchun imkon yaratish – savollar, fikr almashuvlar, ochiq muhokamalar orqali. 3. Ijodiy topshiriqlar berish – mustaqil loyiha, ssenariy tuzish, o‘yin tashkil etish. 4. Rag‘batlantirish – tashabbus ko‘rsatgan o‘quvchini maqtov, ball, sovrin bilan mukofotlash. 3. Psixologik va pedagogik asoslari Lev Vygotskiy nazariyasiga ko‘ra, o‘yin orqali o‘quvchi ijtimoiy rollarni egallaydi va yaqin rivojlanish zonasiga kiradi. Jan Piaget ta’limotida o‘yin bolaning kognitiv (aql-zakovat) rivojlanishida muhim vosita sifatida ko‘riladi. 504 Aprel, 2025-Yil Motivatsiya nazariyalari – o‘yinlar o‘quvchilarni ichki motivatsiya bilan ta’minlaydi, ular o‘z xohishi bilan faol ishtirok etadi. 4. Dars jarayonida qo‘llash usullari Ochilish qismida: e’tibor jamlash uchun qisqa ijodiy savol yoki o‘yin. Asosiy qismida: mavzuga mos rolli yoki muammoli o‘yin. Yakunda: o‘yin asosida xulosa chiqarish, baholash, mustahkamlash. 5. Natijalarni baholash mezonlari “Ijodiy o‘yinlar orqali tashabbuskorlikni rivojlantirish” mavzusining asosiy maqsadlari: 1. O‘quvchilarda tashabbuskorlik fazilatini shakllantirish O‘quvchilarni yangi g‘oyalarni ilgari surishga, muammoni mustaqil hal qilishga undash. Har qanday holatda faol ishtirok etishga, yetakchilik ko‘rsatishga o‘rgatish. 2. Ijodiy tafakkurni rivojlantirish O‘quvchilarda kreativ fikrlash, noodatiy yondashuv, erkin tasavvur qilish qobiliyatlarini kuchaytirish. Fantaziya asosida yangi mahsulot yoki g‘oyalar yaratish ko‘nikmasini hosil qilish. 3. O‘quv jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etish Ta’limga o‘yin elementlarini olib kirib, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish. O‘yin orqali bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish. 4. Jamoada ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish O‘quvchilarning guruhda hamkorlikda ishlash, fikr almashish, qaror qabul qilish kabi ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirish. 5. O‘quvchilarni erkin fikrlashga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim jarayonida ijodiy o‘yinlarning o‘quvchilar tashabbuskorligini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim jarayonida ijodiy o‘yinlarning o‘quvchilar tashabbuskorligini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tashabbuskorlik, ta’lim jarayoni., interfaollik, mustaqil fikrlash, ijodiy o‘yin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025