Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARGA NISBATAN ZO’RAVONLIK TURLARI VA UNING AHAMIYATI
NEW RENAISSANCE · Mirzamahmudova Shohruzabonu Mirzohid qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bolalarga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari, ularning asosiy turlari hamda har bir turining bolalar hayotiga ta’siri yoritiladi. Maqolada jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonlik shakllari tahlil qilinib, ularning farzandlarning psixologik va ijtimoiy rivojlanishidagi xavfli oqibatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va uni bartaraf etish yo‘llari ham muhokama qilinadi. Mazkur mavzuni o‘rganish orqali bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda voyaga yetishiga ko‘maklashish muhimligi asoslab beriladi. Kalit so’zlar: Bola, zo’ravonlik, jinsiy zo’ravonlik, jismoniy zo’ravonlik, kamsitilish, qartovsizlik. Kirish. Bolalar – jamiyatning eng nozik, e’tiborga muhtoj va himoyaga muhtoj qatlamidir. Afsuski, zamonaviy jamiyatda ular turli shakldagi zo‘ravonliklarga duch kelmoqda. Bu holatlar nafaqat jismoniy jarohatlar, balki chuqur psixologik travmalar, o‘ziga ishonchsizlik va kelajakda salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik — ularning huquqlari buzilishi, sha’ni va qadr-qimmatining toptalishi demakdir. Mazkur maqolada zo‘ravonlikning asosiy turlari — jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy shakllari tahlil qilinadi hamda bu holatlarning bolalar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, bunday holatlarni aniqlash va oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Asosiy qism. Zo‘ravonlik – bu bolaning hayotiga, sog‘lig‘iga, ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har qanday harakat yoki befarqlikdir. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik yoki shafqatsizlik bu bola yoki bolalar guruhiga ota-ona yoki tarbiyachi tomonidan jismoniy, jinsiy va/yoki ruhiy zoʻravonlik qilinishi yoki, umuman, beparvolikdir. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik ota-ona yoki tarbiyachining bolaga haqiqiy yoki potensial zarar yetkazishiga olib keladigan har qanday xatti-harakat yoki harakatsizlikni oʻz ichiga olishi mumkin va bu holat odatda bolaning uyida yoki bola vaqt oʻtkazadigan tashkilotlar, maktablar yoki jamoalar joylarida sodir boʻladi.1 Zo'ravonlik, shu jumladan bolalarga nisbatan, ko'plab dinlarda, masalan, Islom, Xristianlik va Yahudiylikda qoralangan. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Bolalarga_nisbatan_zo%CA%BBravonlik 475 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Bu dinlar mehr-muhabbat, hurmat va yaxshilikni targ'ib qiladi. Islomda bolalar himoya qilinishi, Xristianlikda esa bolalar bilan do'stona munosabatda bo'lish kerakligi ta'kidlanadi. Barcha dinlarda zo'ravonlik salbiy hisoblanadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bolalarga nisbatan yomon zoʻravonlik holatlarini to’rt guruhga ajratdi: jismoniy zoʻravonlik; jinsiy zoʻravonlik; hissiy (yoki psixologik) zoʻravonlik; va eʼtiborsizlik. 1 Bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik - bu bola tana a’zolariga ataylab tan jarohati yetkazish yoki og‘riq berish orqali amalga oshiriladigan harakatlardir. Bunga quyidagilar kiradi: Urish, tepish, turtish, kaltaklash yoki boshqa buyumlar bilan urish, qo‘l bilan yoki boshqa usullar bilan chimchilash, mushtlash, bolani issiq, sovuq, yoki boshqa zararli sharoitlarda qasddan ushlab turish, tanaga zarar yetkazadigan tarzda jazolash kabilarni o’z ichiga oladi. Bunday zo‘ravonlik bolada nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham jiddiy zarar yetkazadi. Bu bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kamaytiradi, xavotir, qo‘rquv, tushkunlikka olib keladi, va uzoq muddatli psixologik travmalarga sabab bo‘lishi mumkin. 2. Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik — bu bolaga roziligi yoki tushunishi bo‘lmagan holda, jinsiy aloqalar yoki jinsiy harakatlarni amalga oshirishdir. Bunday zo‘ravonlikning quyidagi shakllari mavjud: Jinsiy aloqada bo‘lish, jinsiy zo‘ravonlikka undash, jinsiy harakatlar bilan tahdid qilish yoki qo‘rqitish kabilarni o’z ichiga oladi. Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham jiddiy zarar yetkazadi. Bu bola uchun ruhiy travmalar, ishonchni yo‘qotish, xavotir, tushkunlik, psixologik muammolar va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. 3. Bolalarga nisbatan hissiy yoki psixologik zo‘ravonlik — bu bolaning ruhiy va emotsional holatiga zarar yetkazuvchi, uning o‘zini past baholashiga, xavotir va stressga olib keladigan harakatlar yoki muhit. Bu turdagi zo‘ravonlik jismoniy zarardan ko‘ra ko‘proq ko‘rinmas bo‘lishi mumkin, lekin uning oqibatlari ham shunchalik chuqur va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Hissiy zo‘ravonlikning turli shakllari mavjud, ular: Doimiy kamsitish va masxara qilish, ruhiy bosim o‘tkazish kabilarni o’z ichiga oladi. 4. Eʼtiborsizlik ya’ni bolaning qarovsizligi — ota-onaning yoki bola uchun mas’ul boʻlgan boshqa shaxsning bolaning sogʻligʻi, xavfsizligi yoki farovonligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan darajada oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, tibbiy yordam bilan taʼminlamasligi, nazorat 476 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bolalarga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari, ularning asosiy turlari hamda har bir turining bolalar hayotiga ta’siri yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bolalarga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari, ularning asosiy turlari hamda har bir turining bolalar hayotiga ta’siri yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jismoniy zo’ravonlik, zo’ravonlik, kamsitilish, jinsiy zo’ravonlik, Bola, qartovsizlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024