Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO AMIRLIGINING HAYOT TARZI
NEW RENAISSANCE · Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna · Salimova Parvinabonu Ravshan qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqola XVIII asr o’rtalari va XX asrning boshlarida Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy hayoti, ya’ni xalqning qanday mashg’ulotlar bilan shug’ullanganligi hamda ularning ahvoli va yashash turmush tarzini bayon qiladi. Bundan tashqari markazi qadimiy Buxoro shahri atrofida joylashgan amirlik savdo, madaniyat va islom ilmi uchun muhim markaz edi. Siyosiy tizim islom monarxiyasi va diniy boshqaruvning uyg’nligi bilan ajralib turadi, amir siyosiy va diniy hokimiyatga ega edi. Kalit so’zlar: xo’jalik hayoti, yer egaligi, soliq turlari, hunarmandchilik va savdo turlari, Buxoroga tashrif buyurgan elchilar, Amir Abdulahad, temir yo’l, urf-odatlar. Vaqt tarix harakatining eng muhim mulki sifatida kechani bugun bilan, bugunni ertangi kun bilan bog’lab, nafaqat aniq tarixiy voqealar, yaxlit tarixiy jarayon, balki u yoki bu davrda tarixiy jaryonning faol ishtirokchisi bo’lgan buyuk shaxslar haqida ham o’z qarorini qabul qiladi. XVIII asr da tashkil topgan Buxoro amirligi Markaziy Osiyodagi eng muhim siyosiy va madaniy tuzulmalardan biri edi.U Buyuk Ipak yo’lidagi asosiy bekat bo’lgan qadimiy Buxoro shahri atrofida joylashgan bo’lib, XX asr boshlarida Sovetlar nazorati ostida parchalanib ketgunga qadar nufuzli davlat bo’lib qoldi. Buxoroda 1756-1920-yillarda hukumronlik qilgan mang’itlar sulolasi islom monarxiyasi bo’lib, amir ham siyosiy, ham diniy hokimiyatni amalga oshirgan. Amir mintaqada islom dinining manaviy himoyachisi hisoblanib, ichki ishlar, harbiy harakatlar va diniy ishlarda oliy hokimiyatga ega edi. Amirning qudrati sezilarli bo’lsa-da, uning boshqaruvi ko’pincha “ulamo” nomi bilan mashhur bo’lgan zodagon oilalar va diniy ulamolardan iborat katta kengash tomonidan shakllantirilar edi. Buxoroda siyosiy tuzum o’ta markazlashgan bo’lib, amir davlatning turli hududlarda boshqarishda sodiq harbiy sarkardalar va mansabdor shaxslar guruhiga tayanar edi. Amirlikning harbiy qudrati uning otliq qo’shinlariga asoslangan bo’lib, ular ham ichki xafsizlik ham tashqi mudofaada muhim rol o’ynagan. Amir hokimiyatiga qaramay, mintaqaning 429 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 kuchli diniy elitasi kundalik hayotning ko’plab jabhalarini tartibga solib, islom qonunlari shariat boshqaruvida markaziy o’rini egallab turishini taminlaydi. Buxoro nafaqat siyosiy markaz balki Sharq va G’arbni bog’lagan qadimgi Ipak yo’li savdo tarmog’ining asosiy markazi ham bo’lgan. Buxoro shahrining o’zi Xitoy, Fors, Hindiston va Rossiyadan oqib kelayotgan tovarlar uchun muhim bozorga aylanadi. Viloyat iqtisodi qishloq xo’jaligi, xususan, paxta, bug’doy, sholi va meva yetishtirishga asoslngan. Bu mahsulotlar qo’shni davlatlar bilan savdo qilinib, mintaqa savdogarlik to’qimachilik, gilam va boshqa nafis mahsulotlarni ham eksport qilgan. Buxoroning savdo tranzit nuqtasi sifatida roli uning iqtisodiy muvaffaqiyatida muhim rol o’ynadi. Buxoro orqali tovaralar oqimi uning asrlar davomida gulllab yashnashiga, savto-sotiqdan to’plangan boylik esa amirlikda madaniy va me’morchilikni taraqiyotini qo’llab-quvvatlash imkonini beradi. Shaharda karvon saroylar-sayohatchilar uchun mehmonxonalar va katta bozorlar qurulib, uning iqtisodiy ahamiyatini aks ettirilgan. Bundan tashqari mintaqada fors, turk va arab ta’siriningtarqalishi Buxoroda, xususan, fan va falsafa, adabiyot sohalarida intellektual va madaniy muhitning gullab-yashnashigaolib keldi. Buxoro amirligi islom madaniyati va ilm-fanning chirog’i edi. Buxoro shahrining o’zi islom olamidaeng mashhur intelektual markazlardan biriga aylanib, butun musulmon olamida olimlar, shoirlar va din arboblarini o’ziga tortdi. Mintaqa ulamolari islom fiqhi, ilohiyot va tasavuf ilmlarining rivojlanishida katta rol o’ynagan. Mashhur faylasuf va tasavvuf olimi Bahouddin Naqshband kabi ko’zga ko’ringan namoyondalar shahar bilan bog’lanib, Buxoro Naqshbandiya so’fiylik tariqat markaziga aylandi. Buxoro shuningdek adabiyot, san’at va me’morchilikda o’z aksini topgan fors, turkiy va Markaziy Osiyo madaniy tasirlarining o’ziga xos yg’unligini ta’minlaydi. Tarixshunoslik sohasidagi g’arbiy aniqrog’i Yevropa va Amerika mutahasislari O’rta Osiyo tarixiga shuningdek Buxoro amirligi tarixiga katta ahamiyat bildirgan, chunki biz bilamizki XIX asrda Buxoro amirligi turli sohalarda mintaqaning boshqa davlatlardan ustun edi. Amirlik ulkan ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy salohiyatga, harbiy qudratga ega edi. Buxoro amirligi esa xorijlik ingliz zabon yozuvchilar, tarixchilar, sayohatchilarda katta qiziqish uyg’otgani tabiiy. Tarixiy manbalarga ko’ra, Buxoro amirligi haqida ilk malumotlar Angliyaning Turkiston o’lkasi hududiga iqtisodiy kirib borishi boshlanishi xorijiy adabiyotlarda paydo bo’ladi. Amir eng katta yer egasi hisoblangan. Davlat yerlarini rasman sotish, hamda hadiya etish taqiqlangan bo’lsada bunga doimo ham amal qilinmagan. Davlat yerlari bo’sh yotgan yerlarni o’zlashtirish hisobiga ko’paytirib turilgan. Undan tashqari davlat yerlari hukumdor oldida katta guno
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola XVIII asr o’rtalari va XX asrning boshlarida Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy hayoti, ya’ni xalqning qanday mashg’ulotlar bilan shug’ullanganligi hamda ularning ahvoli va yashash turmush tarzini bayon…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola XVIII asr o’rtalari va XX asrning boshlarida Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy hayoti, ya’ni xalqning qanday mashg’ulotlar bilan shug’ullanganligi hamda ularning ahvoli va yashash turmush tarzini bayon… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Buxoroga tashrif buyurgan elchilar, Amir Abdulahad, hunarmandchilik va savdo turlari, yer egaligi, soliq turlari, xo’jalik hayoti, temir yo’l, urf-odatlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026