К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARNING FAZOVIY TASAVVUR DARAJASINI MUHANDISLIK GRAFIKASI KURSINI O’QITISH JARAYONIDA ANIQLASH MUAMMOLARI

EDUCATION SYSTEM · ANIQLASH MUAMMOLARI

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Talabaning fazoviy tasavvurini rivojlangan darajasini aniqlash lozim. Bunga talabalarning fazoviy tasavvur qobilyatini zo’riqib ishlashini talab qiladigan testlarni bajartirish orqali erishish mumkin. Kalit so’zlar: Tasavvur, idrok, taraqqiyot, xotira, xayoliy Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimiga ilmiy yondashuvning xarakterli xususiyati shundaki, unga to’laqonli, uzluksiz va uzviy yani, yagona tizim sifatida qaralgandir. Bugungi kunda taraqqiyot yo’lidan ildam qadamlar bilan borayotgan mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish – talim samarodarligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Yaqin -yaqingacha ta’limda talabalarni tayyor bilimalar bilan qurollantirish ustuvor bo’lgan bo’lsa, xozirgi kunga kelib _ Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko’ra bilish faoliyatini boshqarish jarayoniga, yani mavjud bilimlarga tayangan holda yangi bilimlarga intilish va ularga ijodiy fikirlash qobilyatini rivojlantirishga etiborni kuchaytirish zarurligi birinchi darajali vazifa bo’lib qoldi. O’quv jarayonining sermaxsul va samarador bolishi uchun talabalarda ma’lum darajada bilish faoliyati shakillangan bo’lishi shart. Bu o’z navbatida bilish faoliyatining asosiy kompanentlaridan biri bo’lgan fazoviy tasavvur qobilyatini talabalarda rivojlantirish chizmachilik ta’limida ham maqsad ham vosita bo’lishi kerak. Tasavvur ham idrok kabi borlikdagi predment va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan obyektning xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etish xisoblanadi. Unda sezgi organlari (ko’rish) ga bevosita tasir etadigan narsalarning xossalari aks etadi. Biroq idrokdan farqli ravishta tasavvurda inson sezgi organlariga o’tmishda ta’sir ko’rsatgan narsa obrazi mavjud. Tasavvur – bu narsaning (yoki hodisaning) ikkilamchi obrazidir. 139 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Fazoviy tasovvur nima? Mazkur iboraga quyidagicha tarif beramiz. Berilgan jisimning shaklini, o’lchamlarini, qismlarini hamda uning fazoda tutgan o’rnini fikran qayta tiklashga “fazoviy tasovvur “deyiladi. Boshqacha aytganda jismning xotirada shakillangan obrazi yoki xayoliy obrazlari orqali fikran kishi ongida qayta tiklanishi “fazoviy tasavvur deyiladi” Fazoviy tasavvur xotirada shakillangan obraz yoki xayoliy obraz orqali fikran kishi ongida qayta tiklanadi. Ushbu hususiyatiga ko’ra psixologlar fazoviy tasavvurlarni ikkiga ajratadilar “xotira obrazlari va xayoliy obrazlar” Predmetni xotirada mavjud tushunchalar orqali fikran qayta ishlamasdan taxminiy ko’rinishda tasavvur qilish “xotira obrazi deyiladi”. Xayoliy obrazlar bo’lsa, xotira obrazidan farq qiladi. Bunda jism to’g’risida xotirada mavjud obrazlar fikran ishlanadi va jism yangi farazlar bilan boyitilgan holda tasovvur qilinadi. O’z navbatida xayoliy obrazlar xosil bo’lishiga karab ikkiga bo’linadi a) Fikran qayta ishlash natijasida xosil bo’lgan xayoliy tasavvur obrazlari b) Ijodiy tasavvur obrazlariXayoliy tasavvur obrazlari berilgan materiallar (chizma, tavsif, yaqqol tasvir) ni fikran kayta ishlash natiyjasida xosil bo’lgan yangi obrazlardir. Chizmachilik darslarida jismning shaklini uning chizmasi asosida fikran tasavvur qilish. tafsifi bo’yicha jismni tasavvur kilib, tasvirni xosil qilish , detalni berilgan ikki proyeksiyasi bo’yicha tasavvur etib , uning uchunchi proyeksiyasini fikran hosil qilish , natijasida xosil hosil qilingan tasavvur obrazlar asosida amalga oshirailadi. Oliy ta’limda xam chizmachilik va chizma geometriya fanlarini o’qitish jarayonida tasavvurning ikkala ko’rinishini – xotira va xayoliy obrazlarni rivojlantirish muhim xisoblanadi. Birinchi talabaning fazoviy tasavvurini rivojlangan darajasini aniqlash lozim. Bunga talabalarning fazoviy tasavvur qobilyatini zo’riqib ishlashini talab qiladigan testlarni bajartirish orqali erishish mumkin Malumki birinchi bosqich talabalarida obektiv va subektib sabablariga ko’ra fazoviy tasavvur kobilyati turli darajada rivojlangan. Bu o’z navbatida yangi materialni o’zlashtirishda va dars jarayonini tashkil etishda salbiy tasir ko’rsatadi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish maqsadida avvalambor talabalarning fazoviy tasovvur darajasini aniqlash va dars mashg’ulotlarini ularning fazoviy tasovvurini rivojlantirishga qaratish lozim. Chunki grafika fanlarini samarali ozlashtirishda fazoviy tasavvur yetakchi omillardan biri hisoblanadi. 140 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Maqolada talabalarning fazoviy tasavvur darajasini aniqlashga yordam beradigan test savollardan keltiramiz. Testlar o’rta maktab geometriya va chizmachilik fani materiallari asosida tuzilgan bo’lib tekislikda va fazoda bajariladigan masalalardan iborat. Ularni talabalar qog’oz va qalamdan foydalanmasdan tasavvurida yechishlari kerak bo’ladi. Mazkur masalalarni tekislikda bajarish talabalardan ikki o’lchamli fazoviy tasavvurga ega bo’lishi taqozo etadi. Masalalar o’rta murakkablikda bo’lishiga qaramasdan tal

Доказательный фрагмент

«Talabaning fazoviy tasavvurini rivojlangan darajasini aniqlash lozim.»

Образец извлечения

Демо-превью

Talabaning fazoviy tasavvurini rivojlangan darajasini aniqlash lozim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xayoliy, xotira, Tasavvur, idrok, taraqqiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники