Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHIZMACHILIK FANINI KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘QITISH
FOYDALANGAN HOLDA O‘QITISH
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim tizimida talabalarning kompyuter grafikasidan bilim va malakalarini oshirish, shuningdek, butun fanni kompyuter grafikasidan foydalanib o‘tish, ta’lim jarayonida undan didaktik va texnik vosita sifatida foydalanish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar. Kompyuter texnologiyasi, kompyuter grafikasi, axborot texnologiyasi, muhandislik grafikasi. Hozirgi yuqari texnologik davrda loyihalash jarayonlarini va konstruktorlik hujjatlarni tuzishni, mahsulot ishlab chiqarishni samarali hisoblash texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi, global axborot tizimlari va zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga kirib kelishi insonlar hayot tarzining o‘zgarishi bilan birga, jamiyat hayoti va rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayonini ham zamonga mos ravishda rivojlantirib borishni, yangi o‘qitish usul va texnologiyalarini tizimli va uzviy tadbiq etishni, mutaxassislardan bilim va malakalarini uziliksiz oshirib va boyitib borishni taqozo etadi. Ta’limga yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi faqat zamon talabi bo‘lmay, balki yuqari texnologik davrimizdagi hayotiy zarurat hamdir. Shu bilan birga bu texnologiyalar talaba uchun o‘quv jarayonidagi monoton va zerikarli, faqat vaqt yo‘qatishga olib keladigan, ijodiy fikrlashdan yiroq oddiy hisob-kitob ishlari, hujjatlarni tayyorlash jarayonlari va boshqa vazifalarni kompyuter yordamida vaqtni tejagan holda oson bajarilishini ta’minlaydi. Zamonaviy texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga tadbiq etishdan maqsad ta’lim sifatini oshirish bilan birga, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib har qanday muxandislik hisoblari, loyihilash ishlari va jarayonlarini avtomatlashtirishga, ketadigan vaqt va sarf-xarajatlar miqdorini kamaytirishga, samaradorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshira oladigan kadrlarni tayyorlashdir. Buning uchun talabalarga hisob-grafik va loyiha ishlarini bajarishda grafik muharrirlardan foydalanishni ta’minlash va bunga keng yo‘l ochish lozim. Muhandislar tayyorlashda kartografiya va tipografiya, elektronika, arxitektura va qurilish, mexanika va mashinasozlik, mashina va mexanizmlar detallarini 178 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference loyihalash va modellashtirish jarayonlarini, shuningdek, konstruktorlik hujjatlarini tuzish ishlarini ham grafik loyiha tizimlari zimmasiga yuklash maqsadga muvofiqdir. Bu vazifani esa loyiha konstruktorlik hujjatlarini bajarish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda boshqarishning zamonaviy CAD- CAE-CAM tizimlaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish va muhandis kadrlarni tayyorlash orqali amalga oshirish mumkin. Axborotlar almashuvining glaballashuvi, shuningdek, ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida ro‘y berayotgan ilmiy yangiliklarning son sifat jihatdan keskin o‘sib borishi o‘z-o‘zidan o‘quvchilargi ular borasida tezkor sur’atda va batafsil ma’lumotlar berishni kun tartibiga qo‘ymoqda.Ushbu talabning ijobiy ravishda qondirilishi, eng avvalo, ilmiy-nazariy hamda amaliy bilimlarni o‘zlashtirishning qulay, maqbul shakli bo‘lgan ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Axborotlashgan jamiyat yuzaga kelayotgan va globallashib borayotgan davrda insoniyat taqdiri axborot almashuv, o‘quv jarayoni va ishlab chiqarishda qatnashuvchi barcha insonlarning bu mehnat qurolini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan kompyuter tayyorgarligi qanchalik to‘g‘ri tashkil etilganligiga bog‘liq. Ta’limni kompyuterlashtirish, keng ma’noda esa axborotlashtirish uchun zarur axborotni tanlash, uni ta’lim shakliga solish, bu axborotni o‘quvchilarga o‘zlashtirish, tushuntirish va eslab qolish uchun berish maqsadida axborot texnologiyasidan foydalanish, mutaxassislarning umumiy ma’lumotni va kasbiy tayyorgarliklarning sifatini oshirish uchun jahon andozalariga javob beruvchi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish demakdir. Pedagog olimlar A.A.Abduqodirov va M.Tojiev: “Ta’limni axborotlashtirish – axborotlashgan jamiyat sharoitida o‘quvchi ishlarni jamoatchilik va kasbiy faoliyatida to‘laqonli va samarali qatnashishiga tayyorlash maqsadida, ta’lim tizimining barcha komponentlarini axborot texnologiyalarini qo‘llash asosida yaxshilash jarayonidir” deb ta’qidladilar. Fan - texnika taraqqiyoti sohasidagi izlanishlar natiyjasida shunday xulosaga kelish mumkinki, ta’lim tizimiga kompyuter texnologiyalarini to‘laqonli joriy etishning zarurligi quydagicha asoslanadi: -birinchidan o‘quv va tarbiya jarayonida o‘qitishning avvaldan qo‘llanilib kelingan texnik vositalari yoki didaktik materiallari bilan kompyuter texnikasini taqqoslaganda, kompyuternig texnik – operatsion imkoniyatlari cheksizligi; 179 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference -ikkinchidan, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor kadrlar tayyorlash masalasi hal etuvchi rol o‘ynashi bilan izohlanadi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim tizimida talabalarning kompyuter grafikasidan bilim va malakalarini oshirish, shuningdek, butun fanni kompyuter grafikasidan foydalanib o‘tish, ta’lim jarayonida undan didaktik va texnik vosita s…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim tizimida talabalarning kompyuter grafikasidan bilim va malakalarini oshirish, shuningdek, butun fanni kompyuter grafikasidan foydalanib o‘tish, ta’lim jarayonida undan didaktik va texnik vosita s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompyuter grafikasi, muhandislik grafikasi., axborot texnologiyasi, Kompyuter texnologiyasi
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025