Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA FARG`ONA VODIYSI DEMOGRAFIK HOLATIGA NAZAR
DEMOGRAFIK HOLATIGA NAZAR · Karimova Shohista Nuraliyevna · ASOSIY QISM
Академические исследования в современной науке · 1941
Аннотация
Mazkur tezisda Ikkinchi jahon urushi yillarida Fargʻona vodiysi demografik holatining oʻzgarishlari tahlil qilinadi. Urushning bevosita taʼsirida yuzaga kelgan migratsiya jarayonlari, evakuatsiya oqibatlari, mehnat resurslari tarkibidagi oʻzgarishlar, tugʻilish va oʻlim ko‘rsatkichlarining dinamikasi tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Fargʻona vodiysi, demografik o‘zgarish, evakuatsiya, migratsiya, mehnat resurslari, tugʻilish ko‘rsatkichi, urush yillari. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan sobiq Sovet hududlarining ko‘plab mintaqalarida demografik holat keskin o‘zgarishga uchradi. Jumladan, Fargʻona vodiysi ham ushbu global falokatning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini chuqur his etdi. Urush nafaqat iqtisodiy resurslarni, balki inson salohiyatini ham front ehtiyojlari uchun safarbar qildi, bu esa mahalliy aholi soni, tarkibi va ijtimoiy tuzilmasida chuqur demografik siljishlarga olib keldi. Ayniqsa, evakuatsiya qilingan millionlab odamlarning Fargʻona vodiysiga majburiy ko‘chirilishi, mehnatga yaroqli aholining frontga jo‘natilishi va urush sharoitida tugʻilish hamda o‘lim ko‘rsatkichlaridagi oʻzgarishlar vodiyning tarixiy demografik qiyofasini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. ASOSIY QISM 1941–1942 yillarda urush sharofati bilan Fargʻona vodiysi demografik manzarasiga ikki asosiy oqim ta’sir ko‘rsatdi: evakuatsiya va safarbarlik. Evakuatsiya dasturi doirasida, ayniqsa Ukrainadan, Belorussiyadan, va Rossiyaning markaziy viloyatlaridan ko‘plab sanoat korxonalari va aholining qismi vodiyning yirik shaharlariga — Fargʻona, Andijon, Qoʻqon va Namanganga ko‘chirildi. "Sovet Oʻzbekiston kitobi" maʼlumotlariga ko‘ra, 1942 yil oxiriga kelib Fargʻona vodiysi aholisi soni urushdan oldingi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 18– 20 foizga ortgan. Bu ortish tabiiy o‘sish natijasi emas, balki majburiy va tashkiliy migratsiya natijasi edi. Evakuatsiya qilinganlar orasida har xil millat vakillari — ruslar, ukrainlar, yahudiylar, beloruslar, tatarlar — boʻlib, ular vodiyning milliy tarkibida sezilarli oʻzgarishlar keltirib chiqardi. Yangi kelganlar uchun moslashuv jarayoni qiyin kechdi, chunki ular mahalliy sharoitga, iqlimga va madaniyatga moslashishga majbur edilar. Ayni paytda, Fargʻona vodiysi aholisi urushdan oldin asosan 196 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan bo‘lsa, evakuatsiya qilingan sanoat ishchilari orqali vodiyning iqtisodiy tuzilmasi qisman sanoatlashtirildi. Safarbarlikning taʼsiri esa, aksincha, vodiyning mehnatga layoqatli aholisining kamayishiga olib keldi. Ko‘plab yoshlar va mehnatga layoqatli erkaklar frontga jo‘natildi, natijada qishloq va shaharlar mehnat resurslaridan mahrum bo‘ldi. "Sovet Oʻzbekiston kitobi" maʼlumotlariga koʻra, 1943-yilga kelib, Fargʻona vodiysi shahar va qishloqlarida mehnatga layoqatli erkaklar soni urushdan oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 35–40% ga kamaygan edi. Bu vaziyatda ayollar, o‘smirlar va qariyalar ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotning asosiy tayanch kuchiga aylandilar. Tugʻilish va o‘lim ko‘rsatkichlarining dinamikasi ham urush yillarida tubdan oʻzgardi. Urushning dastlabki yillarida tug‘ilish ko‘rsatkichlari ancha pasaydi. Bunga iqtisodiy qiyinchiliklar, oilaviy barqarorlikning buzilishi, erkaklar safarbarligi va umumiy ijtimoiy noaniqlik sabab bo‘ldi. Ayniqsa, 1942–1943 yillarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish darajasi pasaygan, bu esa umumiy aholining tabiiy o‘sishiga salbiy taʼsir ko‘rsatdi. Ayni vaqtda, urush sharoitida sanitariya va tibbiyot xizmatlarining cheklanganligi natijasida kasalliklar va epidemiyalar keng tarqaldi, bu esa o‘lim ko‘rsatkichlarining ortishiga sabab bo‘ldi. Biroq, aholi orasida sog‘liqni saqlash ishlarini kuchaytirishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar (ko‘chma tibbiyot brigadalari, dezinfeksiya ishlari, oziqlanishni yaxshilash dasturlari) evaziga vaziyat qisman barqarorlashtirildi [1]. Milliy tarkibdagi o‘zgarishlar vodiyning ijtimoiy-madaniy qiyofasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Har xil madaniy qatlamlarning bir hududda yashashi o‘zaro madaniy almashinuvni kuchaytirdi, lekin bu jarayon birlamchi bosqichda ayrim ijtimoiy ziddiyatlarni ham yuzaga keltirdi. Shunga qaramay, Fargʻona vodiysi xalqi o‘zining bag‘rikengligi va do‘stona munosabati bilan evakuatsiya qilingan aholining ijtimoiy moslashuviga imkoniyat yaratdi. Umuman olganda, Ikkinchi jahon urushi yillarida Fargʻona vodiysi demografik tuzilmasi tubdan oʻzgardi. Aholining soni ko‘paydi, milliy tarkib boyidi, mehnat resurslari asosan ayollar va o‘smirlar zimmasiga tushdi, tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari pasaydi. Bu o‘zgarishlar nafaqat urush davrida, balki urushdan keyingi tiklanish jarayonida ham vodiyning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Urush yillarining demografik saboqlari vodiyning tarixida og‘ir, ammo muhim bir sahifa bo‘lib qolgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Fargʻona vodiysining demografik tuzilishidagi oʻzgarishlar o‘z miqyosi
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda Ikkinchi jahon urushi yillarida Fargʻona vodiysi demografik holatining oʻzgarishlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda Ikkinchi jahon urushi yillarida Fargʻona vodiysi demografik holatining oʻzgarishlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tugʻilish ko‘rsatkichi, evakuatsiya, mehnat resurslari, migratsiya, urush yillari., demografik o‘zgarish, Fargʻona vodiysi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024