The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
AN`ANAVIY MADANIYATLARDA SIYOSIY YETAKCHILIK TABIATI
Mavlonova Dilrabo Farhodjon qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Эта статья анализирует природу и процесс формирования политического лидерства в традиционных культурах. Политическая жизнь в традиционных культурах основана на обычаях, религиозных верованиях и социальных структурах, при этом системы управления обычно формируются через наследование, религиозное руководство или племенное правление. В этих обществах, основанных преимущественно на социальных и моральных ценностях, особое значение имели опытные и мудрые представители старшего поколения. В статье рассматриваются различные формы политического лидерства, особенно патриархальные и теократические системы, а также методы принятия решений в обществе, такие как племенное управление и советы старейшин. В статье исследуется влияние традиционных политических систем на современное управление и анализируется их значение в современных политических процессах. Ключевые слова: политическое лидерство, традиционное общество, власть, культура, племенное управление, теократия, исторический опыт. An’anaviy madaniyatlar insoniyat tarixining ajralmas qismi bo‘lib, har bir jamiyatning 163 siyosiy yetakchilik tizimi o‘ziga xos tamoyillarga asoslangan. Siyosiy yetakchilik har bir jamiyat barqarorligi va taraqqiyotida muhim rol oʻynab, qadimdan jamiyatni boshqarish, ijtimoiy tartibni saqlash va umumiy manfaatlarni ta’minlash vositasi sifatida shakllangan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, an'anaviy madaniyatlarda siyosiy yetakchilikning samaradorligi faqat shaxsiy fazilatlar bilan emas, balki jamiyatning ijtimoiy va madaniy qadriyatlari bilan ham chambarchas bog'liqdir An’anaviy jamiyatlarda siyosiy yetakchilik odatda merosiylik, diniy e’tiqodlar yoki qabila boshqaruvi asosida rivojlangan bo‘lib, u ijtimoiy qadriyatlar va urf- odatlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu yetakchilik shakllari zamonaviy siyosiy tizimlardan ancha farq qiladi. Ushbu maqola an'anaviy jamiyatlarda siyosiy yetakchilikning shakllanish omillari, uning asosiy xususiyatlari va turli xalqlardagi namoyon bo'lish shakllarini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – an'anaviy siyosiy yetakchilikning ijtimoiy-madaniy ildizlarini aniqlash va ularning zamonaviy siyosiy yetakchilik bilan o'zaro aloqasini tahlil qilishdir. Yetakchilik dunyoda hokimiyat va tashkilot paydo boʻlgan davrlardan buyon jamiyatni uyushtiruvchi omillardan biri sifatida yashab kelmoqda. U turli jamiyatlar va tarixiy sharoitlarda turlicha shakllangan. An'anaviy madaniyatlarda siyosiy yetakchilik koʻpincha zamonaviy demokratik boshqaruvdan farq qilgan. Koʻplab an'anaviy jamiyatlarda siyosiy urugʻ- qabilaviy tizim asosida shakllanib, hokimiyat bir avloddan boshqasiga oʻtgan. Bunda yetakchi nafaqat siyosiy boshqaruvchi, balki nizolarni hal qiluvchi, marosimlarni boshqaruvchi shaxs sifatida namoyon bo'lgan. Bunda boshqaruv turli shakllarda amalga oshirilib, bularning barchasi muayyan madaniy muhit va tarixiy sharoitlar asosida shakllangan. Siyosiy yetakchilikning eng qadimiy shakllaridan biri qabila boshqaruvi bo`lib, ko`plab an`anaviy jamiyatlarda hokimiyat bir avloddan boshqasiga o`tgan. Boshqaruv odatda qabilaning eng keksa va hurmatga sazovor a`zolari tomonidan ijtimoiy tizimning asosiy qadriyatlari hisoblangan adolat, tenglik va hamjihatlik kabi tamoyillarga tayanib amalga oshirilgan. Qarorlar o`tkazilgan maslahatlar asosida qabul qilingan, bu esa jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta`minlagan. Teokratik shakldagi yetakchilik esa diniy e'tiqodlar va muqaddaslik tamoyillariga asoslangan.Bu tizimda siyosiy hokimiyatni diniy rahbarlar yoki hukmdorlar amalga oshirgan. Bunday madaniyatlarda siyosiy yetakchilar koʻp hollarda ilohiy kuch bilan bog`liq deb hisoblangan: ular ilohlar yoki ajdodlar nomidan gapirgan, shu sababdan ularning hokimiyati muqaddas hisoblanib, qarorlari soʻzsiz bajarilgan. Bu shakl Misr fir'avnlari, Mayya va Inka sivilizatsiyalari hamda Mesopotamiya hukmdori Xammurappi boshqaruvida yaqqol koʻzga tashlanadi. An’anaviy madaniyatlarda siyosiy yetakchilik xalqning ehtiyojlari va ijtimoiy tuzilishiga qarab shakllangan. Qabila boshliqlari, oqsoqollar va diniy yetakchilar o‘z jamiyatlarini boshqarishda turli usullardan foydalangan bo‘lsalar-da, ularning asosiy maqsadi barqarorlik va adolatni ta’minlash bo‘lgan. Bunday boshqaruv tizimlari, odatda, jamiyatning ijtimoiy birligi va muvozanatini saqlashga, urushlar va nizolarni bartaraf etishga qaratilgan edi. Bu esa yetakchining xalq bilan yaqin muloqotda bo‘lishini, ularning ehtiyojlarini to‘g‘ri tushunib, o‘z vaqtida amaliy qarorlar qabul qilishni talab qilardi. An'anaviy jamiyatlarda siyosiy rahbarlar ko‘pincha uzoq muddatli tajribaga ega bo‘lib, oqsoqollar yoki diniy rahbarlar, o‘zaro maslahatlashuvlar orqali muhim qarorlar qabul qilishar 164 edi. Bu boshqaruv tizimi, boshqaruvchi bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi. O‘sha davrning yetakchilari o‘z e'tiborini nafaqat adolat va barqarorlikni saqlashga qaratgan, ayni paytda ularning hukmronligi xalqning ijtimoiy ehtiyojlariga javob bera olish
Доказательный фрагмент
«Эта статья анализирует природу и процесс формирования политического лидерства в традиционных культурах.»
Образец извлечения
Демо-превьюЭта статья анализирует природу и процесс формирования политического лидерства в традиционных культурах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- political leadership, traditional society, power, culture, tribal governance, siyosiy yetakchilik, an'anaviy jamiyat, qabila boshqaruvi, teokratiya, tarixiy tajriba., hokimiyat, madaniyat
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019