К содержанию
РецензированоUZ2026

AKADEMIK YOZUV FANIDAN ANNOTATSIYA MAVZUSINI O‘TKAZISHDA NAZARIY VA AMALIY YONDOSHUVLAR

Malika Jazilova Bekmirzayevna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Akademik yozuv fanidan Annotatsiya mavzusini o‘zlashtirishda nazariy malumotlar va amaliy mashg‘ulotni o‘zlashtirish bo‘yicha annotatsiya tarkibida qo‘llaniladigan ilmiy, rasmiy, til vositalari va ularning qanday qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, annotatsiya, annotatsiya turlarini o‘rganishda talabalarga yordam beradigan metodik tavsiyalar va topshiriqlar ham keltirilgan. Kalit so‘zlar: Annotatsiya, kitob, maqola, yondoshuv, tavsif, xususiyat, obyektiv baholash. Akademik yozuv fani oliy ma’lumotli mutaxassisning yozma va nutqiy mahorati, kasbiy malakasini namoyish etish vositasi sifatida alohida ahamiyatga ega. Ushbu fan orqali talabalarda so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqiy tuzish, nutqiy etiketka rioya qilish hamda notiqlik mahoratini rivojlantirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Respublikamizdagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalish talabalari uchun bu fan mutaxassislik tili bilimlarini mukammallashtirishga xizmat qiladi. Annotatsiya ilmiy yoki akademik ishlarga oid materiallarning asosiy mazmunini qisqacha ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Ilmiy annotatsiya o‘quvchiga matnning asosiy g‘oyasini va uning ilmiy ahamiyatini tushunishga yordam beradi. Annotatsiya, annoatasiya turlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ta’limdagi ahamiyati o‘rganilgan. Ushbu mavzularda talabalarga yetarli bilim va ko‘nikma berish ilmiy va rasmiy yozuvlarda muvaffaqiyatga erishish uchun asos yaratadi. Annotatsiyaning turlari va ularning ilmiy ahamiyati, nutq uslublarining to‘g‘ri qo‘llanilishi talabalarning ilmiy va professional yozuvlarini rivojlantirishdagi o‘rnini belgilab beradi. Shuningdek, ilmiy va akademik yozuvlarning samarali tashkil etilishiga oid tavsiyalar orqali talabalar yozma va og‘zaki nutqiy mahoratlarini takomillashtirishlari mumkin. Annotatsiya lotin tilida “qayd”, “ma’lumot”, “xabar” degan ma’nolarni anglatadi. Annotatsiya - kitob, maqola, matn mazmunining yozma shaklda qisqacha bayoni. Annotatsiya - bu ikkinchi darajali matn bo‘lib, uning o‘rtacha hajmi bibliografik tavsifisiz 40-50 so‘zlardan iborat. Annotatsiyaning har bir ma’noli qismi til klisheleri yordamida amalga oshiriladi.1 Annotatsiyaning mohiyati va maqsadi axborot manbaining qisqacha tavsifini beradi va ilmiy matnda aytilganidek, savolga javob beradi. Annotatsiyadagi nutqning asosiy turi - bu ta’rifdir. Annotatsiya ilmiy matnning mazmuni haqida eng umumiy fikrni beradi va shu bilan kerakli ma’lumotlarni topish va tanlashda yordam beradi. Annotatsiya o‘zining kamsoʻzligi, hajm jihatidan nihoyatda kichikligi bilan bayonning boshqa turlaridan ajralib turadi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim. 1 Abdullayeva S.X., Dospanova D.U. Академическое письмо. Учебное пособие.,Tашкент:, 2024. 54-bet. 166 • Ishda nima haqda so‘z boradi? • Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi? • Bu savollar qanday yoritib berilgan? • Ishning tuzilishi qanday? • Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h. Matn annotatsiyasining to‘liq tuzilishi: 1. Asosiy matnning bibliografik tavsifi. 2. Asosiy matn mazmunining qisqacha bayoni. 3. Matn qabul qiluvchisi (adresati). Annotatsiya ilmiy ishlar, dissertatsiyalar, maqolalar, monografiyalar va boshqa ilmiy materiallarning qisqacha va lo‘nda tavsifini taqdim etish uchun ishlatiladi. Bu o‘z navbatida, o‘quvchilarga yoki tadqiqotchilarga asar haqida tezkor qaror qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Annotatsiyalarni yozishda asosan quyidagi jihatlar e’tiborga olinadi:  Asar mavzusi va dolzarbligi;  Asarning maqsadi va tadqiqot savoli;  Asosiy metodologiya va yondashuvlar;  Xulosalar va ilmiy ahamiyat. Annotatsiyaning turlari mavjud bo‘lib, ular matnning maqsadiga qarab o‘zgaradi: 1. Kengaytirilgan annotatsiya – asar haqida batafsilroq ma’lumot beradi, o‘quvchiga to‘liq tushuncha berishga qaratilgan. 2. Qisqacha annotatsiya – matnning eng muhim jihatlarini qisqacha va lo‘nda tarzda taqdim etadi. Annotatsiyaning birinchi tarkibiy komponenti - bibliografik tavsif - matn muallifining ko‘rsatmasi bilan boshlanadi. Annotatsiya turlari Axborot (ma’lumot) Tavsiyaviy Guruhli Matnning ta’rif va Tavsif, xususiyatlari, Bir nechta matnlarning xususiyatlari obyektiv baholash, umumiy xususiyatlari (kitoblar,maqolalar va axborotdan foydalanish (kitoblar, maqolalar) boshqalar) bo‘yicha tavsiyalar Annotatsiya tuzish Annotatsiya maqola yoki adabiyotning kimga mo‘ljallanganligi, shakli, mazmuni jihatidan qisqacha tavsifi. Annotatsiyada quyidagi savollarga javob beriladi: manbada nima haqida gapiriladi va u kimga mo‘ljallangan. Annotatsiyaning hajmi kichik bo‘lib, 500 bosma belgi atrofida bo‘ladi. Annotatsiyaning tili adabiy hamda hamma uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Uning kompozitsiyasi asar kompozitsiyasidan farq qiladi hamda u ikki qismdan iborat bo‘ladi: bibliografik tavsif va annotatsiyaning o‘zi. Annotatsiya tuzishda qoʻyiladigan talablar: - kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo‘ladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan farqlanishi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Akademik yozuv fanidan Annotatsiya mavzusini o‘zlashtirishda nazariy malumotlar va amaliy mashg‘ulotni o‘zlashtirish bo‘yicha annotatsiya tarkibida qo‘llaniladigan ilmiy, rasmiy, til vositalari va ularn…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Akademik yozuv fanidan Annotatsiya mavzusini o‘zlashtirishda nazariy malumotlar va amaliy mashg‘ulotni o‘zlashtirish bo‘yicha annotatsiya tarkibida qo‘llaniladigan ilmiy, rasmiy, til vositalari va ularn… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yondoshuv, tavsif, xususiyat, maqola, kitob, obyektiv baholash., Annotatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники