К содержанию
РецензированоUZ2026

SINXRON TARJIMADA GRAMMATIK TRANSFORMATSIYALARNING AHAMIYATI

Raufov Miraziz Mustafaqulovich · Mirzo Ulug‘bek nomidagi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada sinxron tarjima jarayonida grammatik transformatsiyalarning tutgan o‘rni va ularning tarjima sifati va ma’no aniqligiga ta'siri tahlil qilinadi. Tarjima jarayonida sintaktik, morfologik va uslubiy o‘zgarishlarning zaruriyati, ularning turlari va qo‘llanish usullari haqida fikr yuritiladi. O‘zbekiston va xorijiy olimlar tadqiqotlari asosida grammatik transformatsiyalarning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: sinxron tarjima, grammatik transformatsiya, sintaktik o‘zgarish, morfologik moslashuv, semantik aniqlik, tarjima strategiyalari, pragmatik moslashuv, til tizimi. Hozirgi globallashuv davrida sinxron tarjima xalqaro konferensiyalar, diplomatik uchrashuvlar va boshqa ko‘plab rasmiy tadbirlarning ajralmas qismiga aylandi. Sinxron tarjimonlarning vazifasi — nutqni eshitgan zahoti, maksimal aniqlik va tabiiylikni saqlagan holda boshqa tilda yetkazib berishdir. Bunday tezkor va mas'uliyatli faoliyatda grammatik transformatsiyalar muhim rol o‘ynaydi. Grammatik transformatsiya — bu asl matndagi grammatik shakllarni o‘zgaruvchan kontekst talabiga ko‘ra boshqa til tizimiga moslashtirishdir [1]. Til tizimlarining grammatik qurilishi bir-biridan farq qilgani sababli, tarjimon har doim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishi kerak. Masalan, o‘zbek tilida gap tuzilishi odatda bosh so‘z (fe’l) bilan yakunlansa, ingliz tilida bosh va ikkinchi darajali so‘zlar aniq tartibda joylashadi. Bunday tafovutlar grammatik transformatsiyalarni qo‘llashni talab etadi [2]. O‘zbekistonlik olimlar Q. Yo‘ldoshev [3], N. Yo‘ldoshev [4] va A. Madvaliev [5] grammatik moslashuv tarjimaning tabiiy va silliq chiqishini ta’minlashini ta’kidlaganlar. Xorijiy adabiyotlarda esa A. V. Fedorov [6], V. N. Komissarov [7] va J. Catford [8] grammatik transformatsiyalarning nazariy asoslarini ishlab chiqqan. Sinxron tarjimon, vaqt cheklanganligi sabab, oddiy tarjima emas, balki samarali va kontekstga mos o‘zgarishlar bilan ma'noni yetkazishi kerak. Grammatik transformatsiyalar nafaqat strukturaviy moslashuv, balki tinglovchining madaniy va pragmatik kutishlarini ham hisobga olish imkonini beradi [9]. Maqola quyidagi tadqiqot metodlariga asoslanadi:  Taqqoslov tahlil: Ingliz, rus va o‘zbek tillarida sinxron tarjima jarayonida kuzatiladigan grammatik tafovutlar o‘rganildi.  Deskriptiv usul: Grammatik transformatsiyalarning turlari (sintaktik, morfologik va uslubiy) tavsiflab berildi.  Amaliy misollar tahlili: Konferensiya sinxron tarjimalaridan olingan real misollar asosida grammatik o‘zgarishlar tahlil qilindi. O‘zbek olimlaridan Q. Yo‘ldoshev [3] tarjimada grammatik transformatsiyalarning semantik aniqlik va pragmatik sodiqlikni ta’minlashdagi rolini chuqur tahlil qilgan. Uning fikriga ko‘ra, sinxron tarjimada ko‘pincha sintaktik tuzilmalarni moslashtirish zarur bo‘ladi. 176 N. Yo‘ldoshev [4] o‘zining "Tarjima nazariyasiga kirish" asarida grammatik moslashuvni murakkab gaplar, qiyosiy shakllar va ifodali birliklar tarjimasida ayniqsa zarur deb biladi. A. Madvaliev [5] esa grammatik qisqartirish (elips) va kengaytirish (explicitation) usullarining sinxron tarjimada qo‘llanishini aniq misollar bilan ko‘rsatgan. Xorijiy olimlardan A. V. Fedorov [6] grammatik transformatsiyalarni tarjima strategiyalarining ajralmas qismi sifatida ko‘rsatadi. V. N. Komissarov [7] sintaktik va morfologik o‘zgarishlarning asosiy mexanizmlarini aniqlagan. J. Catford [8] grammatik o‘zgarishlarning tarjima jarayonidagi o‘rni va ularning tipologiyasini tahlil qilgan. Shuningdek, Mona Baker [9] grammatik va uslubiy transformatsiyalarni til o‘ziga xosliklarini saqlash va kontekstga moslashishda muhim omil sifatida baholagan. Sinxron tarjima jarayonida grammatik transformatsiyalarning ahamiyati nihoyatda katta. Tarjimon har bir eshitilgan gapni imkon qadar tez va aniq tarzda maqsad tiliga yetkazishi zarur bo‘ladi. Bunda ingliz va o‘zbek tillarining grammatik tizimlari o‘rtasidagi sezilarli tafovutlar tarjima strategiyasini moslashtirishni talab qiladi. Til tizimlarining strukturasi, zamon va mayl shakllari, gap qurilishi hamda pragmatik uslublaridagi farqlar tarjimonni grammatik transformatsiyalarni qo‘llashga majbur qiladi. Masalan, ingliz tilidagi qat'iy so‘z tartibi o‘zbek tilida ko‘pincha erkinroq tarzda aks ettiriladi. Shuning uchun sintaktik transformatsiyalar orqali gapning tuzilmasi o‘zbek tilining tabiiy talaffuziga moslashtiriladi. Sinxron tarjimonlar uchun bu juda muhim, chunki tinglovchilar tabiiy va mantiqiy ravishda shakllangan gaplarni tezda qabul qiladi. Misol uchun, ingliz tilidagi "We must act immediately to avoid disaster" gapini o‘zbek tiliga "Falokatning oldini olish uchun darhol harakat qilishimiz kerak" tarzida tarjima qilish, sintaktik moslashuvning amaliy ko‘rinishidir. Shuningdek, morfologik transformatsiyalar ham sinxron tarjimada muhim rol o‘ynaydi. Ingliz tilidagi Present Perfect zamon shakli ko‘pincha o‘zbek tilida oddiy o'tgan zamon shaklida ifodalanadi. Masalan, "He has completed the report" gapining "U hisobotni tayyorlab

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada sinxron tarjima jarayonida grammatik transformatsiyalarning tutgan o‘rni va ularning tarjima sifati va ma’no aniqligiga ta'siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada sinxron tarjima jarayonida grammatik transformatsiyalarning tutgan o‘rni va ularning tarjima sifati va ma’no aniqligiga ta'siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pragmatik moslashuv, sintaktik o‘zgarish, morfologik moslashuv, tarjima strategiyalari, til tizimi., semantik aniqlik, grammatik transformatsiya, sinxron tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники