Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“POKLIK” LEKSEMASINING SINONIMLIK QATORI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Maftuna Djo‘raqulova Anvar qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada “poklik” leksemasining sinonimik munosabati haqida fikrlar bildirilgan va bugungi kunda mazkur leksema “ma’naviyat” maydoniga oid ekanligi, uning semantik strukturasi, sinonimlar orasidagi uslubiy farqlar kuzatilishi misollar va jadvallar bilan dalillangan. Kalit so‘zlar: insoniylik, sinonimlik qator, o‘zbek xalq maqollari, sema, integral sema, sinonimlarning qo‘llanilishi. Insondan ma’naviy poklikning mavjudligi shaxsning ma’naviyati, diyonatli ekanligi, andishasi borligi bilan namoyon bo‘ladi. Ma’naviyatli, odamgarchiligi bor tushunchalari tilga olinganda, albatta, barchaning ong-shuuriga qalbi va o‘y-xayolimizga ma’naviy pok inson keladi. Inson necha ming yillardan beri butun jonzodlar ichida o‘zining odamgarchiligi, farosati, samimiyligi va ma’naviyatining yetukligi bilan ajralib turadi. Shaxs ma’nan yetuk bo‘lsa, unga teng keladigani topilmadi, buning asosiy sababi ham ma’naviy kamol topmagan insonlar tomonidan barcha yovuzliklar kelib chiqishidir. Zero, ma’naviy boy, o‘z dunyo qarashiga ega o‘zini poklik bilan boyitgan insonlar o‘zlarida bor foydali ne’matlardan bilim ulashish kabi ulashishni istashadi. Shu sababdan, har bir inson hozirgi kunda ta’lim-tarbiya berish jarayonida ma’naviyat, insoniylik, rahmdillik kabi tushunchakarni ham kun tartibiga qo‘yishgan. “Poklik” ma’nolari mavjud bo‘lgan maqollar ham mavjud. Jumladan: “Halol mehnat yerda qolmas”, “To‘g‘ri boshni egri qilich kesmas”, “Manman kamtardan yengilar, to‘g‘ri el chida tanilar” maqollari bunga misol bo‘la oladi. Bu kabi o‘zbek xalq maqollarda “halol mehnat”, “to‘g‘ri bosh”, “manman kamtardan yengilar” va “to‘g‘ri el ichida tanilar” kabi birikmalarni qo‘llanishi qalban va ruxan pok insonning belgilarini qo‘llashga xizmat qilmoqda. Masalan, “to‘g‘ri bosh” metaforasida halollik, to‘g‘rilik semalari “poklik” leksemasini hamda “to‘g‘ri” lesksemasining hosila ma’nolaridagi “halol va pok” semalari poklik leksemasini shakllantirgan. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “poklik” so‘zining asosidan shakllangan birqancha leksemalar mavjud. Pokdil, pokdomon, pokiza, pokizalamoq, pokizalik, poklamoq, poklanmoq, poklik, pok-pokiza kabi so‘zlar asosi pok so‘zidan shakllangan bo‘lib, har biri inson qalbini, atrof muhitni poklash ma’nolari beradi. Pok I [f-toza, pokiza; iffatli, uyatchan] 1 Top-toza; gard-g‘ubor, kir, chang kabilardan holi; pokiza. Pok buloqlar. Pok idishlar. Shunqor ko‘kragingiz istehkomda zo‘r, Chunki pok havoda olishdir hafas. G‘. G‘ulomm. Har qanday hayvon terisi ham olishsa, toza va pok bo‘ladi. “Fan va turmush”.1 “Pok” leksimasi izohli lug‘atda “toza gard-g‘ubor yuqtirilmagan” degan ma’nolarda kelgan. “Pok” leksemasi bundan ko‘rinib turibdiki, insoniylik umumiy semali atov birliklar ma’nosini o`z ichiga oladi. To‘g‘ri qo‘l, topgani barakali inson, insofli odam, ko‘ngli oq, qalbi toza, pok odam, axloqi butun, rostgo‘y inson, tilla odam, yo‘lida to‘g‘ri, diyonatli inson, iymonli bu kabi ibora va 1 O‘zbek tilining izohli lug‘ati.-Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti.-B.288. 49 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si metaforalarning shevalarda turlicha talqindaligini ko‘rishimiz mumkin. (“Pok” leksimasi izohli lug‘atda “toza gard-g‘ubor yuqtirilmagan” degan ma’nolarda kelgan. “Pok” leksemasi bundan ko‘rinib turibdiki, insoniylik umumiy semali atov birliklar ma’nosini o`z ichiga oladi). Yozilishi turlicha bo‘lishiga qaramasdan, hududiy bo‘linish natijasida bir ma’no ifodalovchi so‘zlar turli talqin qilingan. “Poklik” leksemasini ifodalashga xizmat qilgan bu so‘zlarning jamlanmasi ushbu ma’nolarni beradi. Bu so‘zlar orasida o‘zaro semalari bir xil ma’no anglanishiga ham yordam beradi. Shuningdek, har birini ifodalashda o‘zaro sinonimlari ham mavjud. Asarlarda ham pok inson, pok qalb, pok muhabbat tushunchalari orqali asarni syujetiga va motiviga shu so‘zlar orqali o‘zgacha ruh bag‘ishlanadi. Masalan, O‘lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz” hikoyasida Sarsonboy ota obrazida necha yillardan beri sarson bo‘lishiga qaramasdan, Haydarali ismli insonni unga bergan ikkita qo‘yi qanchalik ko‘payib ketmasin, Sarsonboy ota uni kutishda davom etadi. Uni o‘z qo‘li bilan omonatni topshirishga bo‘lgan harakati haqiqiy pok qalbli, pok insonning ishi hisoblanadi. Bu hikoyada pok inson deya tariflanmasada, asar bosh qahramonining obrazi uni qanchalik pokligini anglatadi. Shuningdek, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asarida ham Otabekning Kumushga bo‘lgan pok muhabbatini uchratishimiz mumkin. Uning pok muhabbatini Kumushga bo‘lgan munosabatida, u bilan bo‘lgan muloqot davomida ko‘rishimiz mumkin. Bundan ma’lumki, “Poklik” leksemasini qo‘llamasa ham, badiiy ifodalar yordamida poklikni, insoniylik tushunchalarini anglash murakkab emas.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada “poklik” leksemasining sinonimik munosabati haqida fikrlar bildirilgan va bugungi kunda mazkur leksema “ma’naviyat” maydoniga oid ekanligi, uning semantik strukturasi, sinonimlar orasidagi uslubiy farql…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada “poklik” leksemasining sinonimik munosabati haqida fikrlar bildirilgan va bugungi kunda mazkur leksema “ma’naviyat” maydoniga oid ekanligi, uning semantik strukturasi, sinonimlar orasidagi uslubiy farql… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘zbek xalq maqollari, integral sema, insoniylik, sema, sinonimlarning qo‘llanilishi., sinonimlik qator
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025