К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY TURIZMNING VUJUDGA KELISHI JARAYONLARI VA BOSQICHLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tashov Mizrob Maxmudovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

The idea of implementing tourism on a scientific basis was realized in the middle of the 19th century, and this process is associated with the development of industry and the improvement of production. The author scientifically substantiates the processes and stages of the emergence of modern tourism in the article. Key words: tourism, market, economy, tourism, service, tourist, currency, income, transport, hotel, trade, investment, integration, upbringing, education, sports. Kirish. Turizmning rivojlanishi jarayonlarini tahlil qilib o‘rganib chiqqanimizda shu narsa namoyon bo‘ladiki, u o‘zining rivojlanish jarayonida bir-necha bosqichlarni bosib o‘tgan bo‘lib, qadimdan insonlar hayotida dunyoni bilishda asosiy vosita bo‘lib kelgan. Turizm yoki sayyohlikning ilk bor boshlanish davri qadim-qadimlarga borib taqaladi. Kishilarning bir joydan ikkinchi joyga o‘tishi yoki borishi ko‘p hollarda savdo-sotiq yumushlari, atrof-olamni ko‘ra-bilish istagi, bilim olish, o‘qish, diniy va dam olish omillari bilan bog‘langan. Qadimgi manbalarda yozilishicha bundan ikki ming yillar oldin (eramizga qadar) misrliklarning hayotida sayyohlik, ko‘ngil ochish va dam olish odatdagi hodisa bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda eng qadimgi sayyohlik markazlaridan biri Osiyo va Tinch okean turistik minatqasida joylashgan Okeaniya hududi bo‘lib hisoblanadi. U yerda yashovchi aholilar uncha katta bo‘lmagan oddiygina qayiqchalarda Janubiy-Sharqiy Osiyoning Mikroneziya va Markaziy (Tinch okeani) orollari, Tuamotu arxipelagi (orollar guruhi)ga sayohat qilishganlar. Eramizga qadar 500 yil oldin polineziyaliklar Gavay orollari (Tinch okeani)ga 2 ming mill masofagacha okeanda suzib borganlar. Ular safar davomida quyosh, yulduzlar, bulutlar va qushlarning harakatidan foydalanib manzilga yetib olishganlar. Sayohat davomida ular uchun eng muhim muammo bu ichimlik suvi va oziq-ovqatlar hisoblangan. 60 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Asosiy qism. Qadimgi sayyohlikning eng rivojlangan markazlaridan biri O’rta yer dengizi qirg‘oqlarida joylashgan Gresiya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Misr, Tunis kabi mamlakatlar bo‘lib hisoblanadi. Dengiz bo‘ylarida yashovchi aholilar savdo-sotiq, diniy safarlar, ilm olish, davolanish, yangi hududlarni kashf qilish maqsadida uzoq-uzoq safarlarga dengiz orqali chiqishgan. Bu to‘g‘risida juda ko‘pgina ma’lumotlar mavjud bo‘lib ularning bir qismi hozirgi kungacha bizga yetib kelgan. Jumladan Gresiyada V asrda (eramizga qadar) Gerodot va IV asrda (eramizgacha) Pifey kabi olimlar boshqa mamlakatlarni o‘rganish uchun sayohatga borganlar. Qadimgi grek tarixchisi Gerodot birgina Misrda bo‘lib qolmasdan, balki Sharqning ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan Liviyadan tortib Vaviloniya, Assuriya, Kichik Osiyo, hatto Qora dengizning shimoliy sohillarida ham bo‘lgan. U o‘zining sayohat taassurotlarini to‘qqiz tomlik “Tarix” nomli asarida tasvirlab bergan. Bu davrda qadimgi Xitoy ham yuksak madaniyatli davlatlardan biri bo‘lgan. Xitoylik sayyohlar, olimlar, daryo, dengiz, tog‘lar to‘g‘risida juda ko‘plab geografik ma’lumotlar (qo‘lyozmalar)ni yozib qoldirgan. Xitoy elchisi Chjan San II asrda (eramizgacha) sayohatga chiqib juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plab qoldirgan. Uning bosib o‘tgan safar yo‘llari keyinchalik “Buyuk Ipak yo‘li”ga asos bo‘lgan. Qadimgi Rim imperiyasi turizm taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan mamlakat bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda mustahkam imperiyaning tashkil etilishi, boyligi, mo‘l-ko‘lchilik, hududining kattaligi, dengiz sohilida joylashganligi kabi omillar turizmning rivojlanishi uchun zarurat hisoblangan. Rimliklar o‘sha davrda ajoyib yo‘llar tarmog‘ini qurishgan. Har kuni 100 mill masofagacha otda sayr qilish, ibodatxonalarni ziyorat qilish amallari bajarilgan. Qadimgi davrda turizmning rivojlanishi juda murakkab kechgan. Safar muddati ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Kishilarning sayohatda yurish tezligi o‘rtacha soatiga 6 km. dan oshmagan. Bir kunlik bosib o‘tgan safarining umumiy masofasi esa 50-60 km atrofida bo‘lgan. Sayohatga chiqish imtiyozi va zarurati faqat savdogarlar, boy-badavlat, mayda savdogarlar, dvoryanlar va aslzodalarga ta’luqli bo‘lgan. Sayohatchilar safar davomida asosan ot ulovlardan (ot, tuya, eshak va boshqalar), qayiqlar va kemalardan foydalanishganlar. Ular sayohat davomida yakka holda yoki savdo karvonlariga qo‘shilib o‘z manzillariga yetib borishganlar. Marko Polo (1254-1323) yevropaliklardan birinchilardan bo‘lib, Osiyoni o‘rgangan Venesialik (Italiya) sayyohdir. Uning otasi Nikkolo va amakisi Matteo savdo-sotiq bilan shug‘llanib, tasodifan Mo‘g‘uliston xoni Kublay (Chingizxonning o‘g‘li) ning qarorgohiga kelib qolishadi. 1271 yilda Nikko va Matteo ikkinchi bor safarga chiqib, mo‘g‘ul tilini va mahalliy urf-odatlarni o‘rgangan Marko Poloni o‘zlari bilan birga olib ketishadi. Marko Polo xon iltifotiga sazovar bo‘ladi va uni o‘ziga yaqin olib mulozim etib tayinlaydi. Xon Marko Poloni o‘z hukmronlig

Доказательный фрагмент

«The idea of implementing tourism on a scientific basis was realized in the middle of the 19th century, and this process is associated with the development of industry and the improvement of production.»

Образец извлечения

Демо-превью

The idea of implementing tourism on a scientific basis was realized in the middle of the 19th century, and this process is associated with the development of industry and the improvement of production. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tourism, market, economy, tourism, service, tourist, currency, income, transport, turizm, tarbiya, ta’lim, bozor, valyuta, daromad, sport., mehmonxona, investitsiya, xizmat, sayyoh, savdo, integratsiya, iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники