Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NUTQIY AKTLARDA BLUM TAKSONOMIYASIDAN FOYDALANISH METODIKASI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mustafayeva Nilufar Ulashovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 28 · 261–283 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada nutqiy aktlarning o‘qitilishida Blum taksonomiyasidan foydalanish metodikasi ko‘rib chiqiladi. Nutqiy aktlar nazariyasi lingvistika va pragmatikaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda so‘zlovchining intension (maqsad) va kontekstga mos ravishda qanday til birliklari, uslublar, ifodalar tanlashi hamda suhbatdoshga qanday ta’sir o‘tkazishi o‘rganiladi. Biroq odatda grammatik va leksik omillarga e’tibor kuchliroq bo‘lganligi bois, nutqiy aktlarning chuqur ma’no jihatidan tahlili hamisha ham dars jarayonida keng o‘rin olavermaydi. Blum taksonomiyasi esa bosqichma-bosqich kognitiv rivojlanishni inobatga olib, o‘quvchilarning “eslash”, “tushunish”, “qo‘llash”, “tahlil”, “baholash”, “yaratish” bosqichlarida nutqiy aktlardagi ma’noni anglash, nutq strategiyasini tanlash va ijodiy ifodalash ko‘nikmalarini sistemali shakllantirish imkonini beradi. Mazkur maqolada ushbu yondashuvning nazariy asoslari, metodik xususiyatlari hamda amaliy qo‘llash yo‘llari yoritilib, nutqiy aktlarni tahlil qilish, baholash va ijodiy yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich strategiyalar taklif etiladi. Kalit so‘zlar: Nutqiy akt, Blum taksonomiyasi, pragmatik kompetensiya, lingvistik metodika, kognitiv rivojlanish, o‘qitish metodikasi. Nutqiy aktlar nazariyasi lingvistik pragmatikaning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, unda so‘zlovchining biror gap aytishdan ko‘zlagan maqsadi, ushbu gap orqali suhbatdoshda yuzaga keladigan ta’sir, shuningdek nutqiy vaziyat shartlari, madaniy me’yorlar, ijtimoiy ro‘llar bir butunlikda tahlil qilinadi. Tilning shunchaki formal–grammatik jihatlarini puxta egallagan kishi ham ba’zan nutqiy kontekstni to‘g‘ri anglay olmasligi yoki suhbatdoshga mos til birliklarini tanlay olmasligi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, nutqiy aktlarni chuqur o‘rganish o‘quvchilarning haqiqiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab chet tili darslarida nutqiy aktlarga yetarlicha e’tibor qaratilmay, asosan grammatik konstruktsiyalar yoki ma’lum leksik to‘plamlarni yodlashga urg‘u beriladi. Pragmatik qirralar, xususan, xushmuomalalik, bilvosita ifoda, dialog jarayonida kontekstga mos so‘z tanlashi singari masalalar chetda qoladi. Natijada, o‘quvchilar nazariya darajasida yaxshi “grammatik to‘g‘ri” gapirishi mumkin, biroq real suhbatda intonatsiya, nutq uslubi, ro‘l va ijtimoiy masofa kabi jihatlar bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yishi, yoki ma’lum nutqiy aktlarni adekvat bajara olmasligi mumkin. Shu nuqtada Blum taksonomiyasi yondashuvi fanga kirib kelmoqda. Blum taksonomiyasi dastlab bilish jarayonlarini “bilish”, “tushunish”, “qo‘llash”, “tahlil”, “baholash” va “yaratish” kabi bosqichma-bosqich kognitiv faoliyat sifatida tasniflagan. Bu yondashuv, avvalo, nazariy bilimdan to amaliy, mustaqil ijodiy bosqichgacha bo‘lgan barcha taraqqiyot pillapoyalarini izchil ko‘rsatib beradi. Ushbu pillapoyalarni nutqiy aktlarga tadbiq etish orqali 82 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si o‘qituvchi dars jarayonida nafaqat o‘quvchilarda til va grammatika mahoratini, balki real kontekstda nutqni “ijro etish” hamda “tahlil qilish” malakasini puxta shakllantirishi mumkin. Blum taksonomiyasining bosqichlari, xususan: 1. Eslash (Bilish): Ushbu bosqichda o‘quvchilar nutqiy aktlar nazariyasida uchraydigan asosiy tushunchalar, istilohlar (masalan, “lokutsion, illokutsion, perlokutsion akt” kabi) yoki oddiy ijtimoiy vaziyatlarda ishlatiladigan asosiy iboralarni yodlab oladi. Ular adabiy misollar, ro‘yxatlar, taqrizlardan kelib chiqib, shunchaki faktlarni eslab qolishi mumkin. 2. Tushunish: Endi o‘quvchilar o‘sha nutqiy aktlarning ma’no-mazmunini, shu jumladan “qanday kontekstda, kimga nisbatan, nima sababdan” qo‘llanishini anglaydi. Masalan, “Kechirasiz, siz bilan gaplashib olsam bo‘ladimi?” – bu ibora kimga nisbatan ishlatilishi, qanday ohangda tushunish kerakligi kabi pragmatik ma’noni izohlaydi. 3. Qo‘llash: O‘quvchilar tegishli nutqiy aktlarni real yoki yaqin bo‘lgan vaziyatlarda ishlatishga o‘tadilar. Masalan, rolli o‘yinlarda “kechirim so‘rash”, “iltimos qilish”, “taklif etish” kabi nutqiy aktlarni kontekstga mos ravishda til va intonatsiya bilan ijro etishadi. Bu bosqichda o‘quvchilar nazariy tushunchani amaliyotga joriy qiladi. 4. Tahlil: Kengroq ko‘nikma talab qilinadigan daraja bo‘lib, bu yerda o‘quvchilar nutq jarayonini (audioyozuv, video yoki matn) chuqur tahlil qiladilar: kim qaysi nutqiy aktni, qanday maqsadda, qanday uslubda, intonatsiyaviy xususiyatlarda bajardi. Bu orqali o‘quvchilar turli til birliklari va kontekst o‘rtasidagi munosabatni chuqur idrok etadi. 5. Baholash: Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘sha tahlil qilingan nutqiy aktlarning to‘g‘riligi, samaradorligi, ijtimoiy-madaniy mosligi haqida xulosa chiqaradi. Masalan, kimdir juda agressiv yoki juda rasmiy gapirmoqda, kimdir esa norasmiy muhitda rasmiy til ishlatmoqda – bu qanchalik to‘g‘ri ekani tahlil etiladi. Bu bosqichda o‘quvchilar ob’ektiv yoki sub’ektiv mez
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nutqiy aktlarning o‘qitilishida Blum taksonomiyasidan foydalanish metodikasi ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nutqiy aktlarning o‘qitilishida Blum taksonomiyasidan foydalanish metodikasi ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nutqiy akt, o‘qitish metodikasi., Blum taksonomiyasi, lingvistik metodika, pragmatik kompetensiya, kognitiv rivojlanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025