Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AVTOMOBIL YO‘L QURILISHI TADBIRKORLIK KORXONASI RESURSLARINING INNOVATSION SALOHIYAT TARKIBI VA UNGA NATIJAVIYLIK BO‘YICHA YONDASHUV
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · NATIJAVIYLIK BO‘YICHA YONDASHUV (in-academy.uz/index.php/si) · Sadinova Baxora Boymurzoyevna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Considering innovation activity as a key factor of development, the organization of relations between science, production, education and society is of great importance in the economic and innovative development of road construction enterprises. Based on the importance of innovations, the author in the article developed the structure of the innovative potential of the resources of a road construction entrepreneurial enterprise and explained the approaches to its effectiveness. Key words: entrepreneurship, potential, finance, personnel, technological, automobile, economic, intellectual, organizational, intangible, factor, employment, infrastructure, innovation, investment. Kirish. Globallashuv va integratsiya jarayonlari, raqobat qoidalarining keskinlashuvi, geosiyosiy o‘zgarishlar va jahon iqtisodiy makonida ishlab chiqarish hamda texnologik kuchlarning qayta taqsimlanishi uning barcha ishtirokchilari oldiga o‘z pozitsiyalarini saqlab qolish va rivojlantirish zaruratini qo‘ymoqda. Iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlari, shu jumladan, korxonalarning innovatsion faoliyatini ushbu taraqqiyotning asosiy omili sifatida qarash, ilm-fan, ishlab chiqarish, ta’lim va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni tashkil etish korxonalarning iqtisodiy va innovatsion rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu 87 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si boisdan innovatsion salohiyat samaradorligini oshirishning fundamental va amaliy jihatlarini o‘rganish katta e’tibor qaratilayotgan asosiy masala sanaladi. Shunday bo‘lsada xo‘jalik yurituvchi korxonalarning innovatsion faoliyati va innovatsion salohiyatni boshqarish bilan bog‘liq masalalar hali ham munozarali bo‘lib qolmoqda. Shu o‘rinda aytish lozimki, Ye.A.Lapteva ta’rifi bilan aytganda, innovatsion jarayonlar iqtisodiy tizimning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan korxonaning modernizatsiya va yangilanish qobiliyatini ochib beruvchi, texnik yetakchilik va ustunligini belgilaydigan innovatsion salohiyatidir. Innovatsiya nazariyasida uning tarkibiy qismlari sifatida uch turini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular umumiy innovatsion salohiyat: resurs, ishlab chiqarish va ichki salohiyat iqtisodiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi [1]. Asosiy qism. Mamlakatimizda innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha haqiqiy harakat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.04.2018 yildagi PQ-3682-sonli “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori bo‘lib, unda “Ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalarini va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga nou-xauning keng joriy etilishi, bu borada ilmiy tashkilotlar va real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishidagi eng muhim omil hisoblanadi” deb ta’kidlab o‘tilgan. Innovatsiya nazariyasining asoschisi bo‘lib avstriyalik olim Y.Shumpeter hisoblanadi. 1911 yilda u radikal texnologik o‘zgarishlarni rag‘batlantirish iqtisodiy tanazzulni jadal yengish uchun imkoniyatlar yaratishini asoslab bergan. Keyinchalik, XX asrning 30-yillarida olim “innovatsiya” tushunchasini ilm sohasiga kiritdi. MDH olimlaridan V.A.Balukova, I.A. Sadchikov, V.YE.Somovlar innovatsiyani ixtirodan foydalanish jarayoni deb hisoblaydilar [2]. I.T.Balabanovning ishlarida innovatsiya tushunchasi natija sifatida o‘rganiladi. Shu bilan birga, adabiyotlarni tahlili natijasida uning paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida olimlarning turli xil yondoshuvlari mavjudligini ko‘rsatadi [3]. Mahalliy olimlardan I.Abdurahmonovning fikriga ko‘ra, “Ilm mablag‘ga aylansa, ana shu innovatsiya”[4] deb ta’riflaydi. Mahalliy iqtisodchi olimlar SH.N.Zaynutdinov, D.Shodiyeva, I.S.Xotamov, M.Rasulov, A.E.Norov, G.P.G‘ulomovalar [5] o‘zlarining ilmiy izlanishlarida sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini oshirish borasida inson omili, kadrlarning o‘rni hamda innovatsion ishlanmalardan foydalanishga oid yondashuvlarni aks ettirganlar. Innovatsion rivojlanish nazariyasini tahlil qilish turli ilmiy maktablarning rivojlanishiga qo‘shgan hissasini kuzatish imkonini beradi. Dastlabki bosqichda innovatsiyalar nazariyasining fundamental asoslari shakllantirildi, ularning mehnat unumdorligini oshirishdagi ahamiyati asoslab berildi (merkantilistlar - A. Monkretyen, T. Men, A. L. Ordin- Nashekin, I.T.Pososhkov va boshqalar [6]; fiziokratlar - F.Kene, A.Tyurgo, C.Bodo, I.Tyunen va boshqalar [7]. Innovatsiya nazariyasi bo‘yicha keyingi rivojlanish bosqichi innovatsiyani iqtisodiy o‘sish omili sifatida ko‘rib chiqish, bilimlarning ahamiyatini anglash, mahsulot yaratish jarayonida davlatning vazifalarini aniqlash bilan bog‘liq (klassik maktab: R. Kantilyon, A. Smit, D. Rikardo va boshqalar [8]). 88 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Innovatsion rivojlanishning zamonaviy nazariyasining shakllanishi “bir qancha nazariyalarni (i
Доказательный фрагмент
«Considering innovation activity as a key factor of development, the organization of relations between science, production, education and society is of great importance in the economic and innovative development of roa…»
Образец извлечения
Демо-превьюConsidering innovation activity as a key factor of development, the organization of relations between science, production, education and society is of great importance in the economic and innovative development of roa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- entrepreneurship, potential, finance, personnel, technological, automobile, infrastruktura, iqtisodiy, intelektual, moliya, innovatsiya, tashkiliy, omil, salohiyat, investitsiya., nomoddiy, tadbirkorlik, kadr, texnologik, avtomobil, bandlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026