Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AHOLINING TURMUSH DARAJASINI YAXSHILASHDA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINING RIVOJLANISHDAGI O‘RNI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · SOHASINING RIVOJLANISHDAGI O‘RNI (in-academy.uz/index.php/yo) · Raximov Anvar Norimovich (in-academy.uz/index.php/yo) · Uralov Tulkin Tashkuvatovich (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolada aholing turmush darajasini rivojlantirishda xizmtlar sohasi, sanoat tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish hamda uni oshirishga qaratilgan bir qancha olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Aholining turmush darajasini oshirishga sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari sxema ko‘rinishda, sanoat tarmog‘ining hududiy ixtisoslashuv strukturasi ko‘rsatib o‘tilgan. Sanoat rivojlanishining tabiiy resurslarga bog‘liqligi, sanoat tarmoqlarining o‘zaro energiya ta’minoti grafigi, sanoatning telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari (ICT) bilan bog‘liqligi yoritilib berilgan va bu bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: turmush darajasi, xizmat ko‘rsatish, sanoat tarmog‘i, innovatsion prospektorlar, transport infratuzilmasi, energetika infratuzilmasi, aloqa infratuzilmasi, xorijiy investorlar, texnologiya transferi, reaktorlar, bozor qamrovi, geografik doira, vertikal maydon, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, avtomatlashtirilgan tizimlar, raqamli boshqaruv, zamonaviy texnologiyalar. Kirish. Rivojlanmayotgan yoki rivojlanish bosqichiga endi o‘tayotgan aksariyat davlatlarda, aholining to‘rtdan uch qismi qishloq xo‘jaligiga bog‘langan. Taraqqiy topgan davlatlarda bu ko‘rsatkich: ishga yaroqli jami aholining bor-yo‘g‘i 10 foizini tashkil etadi. Hatto yetakchi 20 talikka kirmaydigan va bu sohada bor imkoniyatdan foydalanmagan davlatlarda ham xizmat ko‘rsatish sohasida aholining kamida 50 foizi band. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatishdan olinayotgan foyda YAIMning 3/4 qismini tashkil qilayotgan davlatlarda, YAIMga nisbatan “xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti”ning ulushiancha yuqori. Bu ulush xususan, Lyuksemburgda 85, Fransiyada 87, AQShda 86, Belgiyada 85, Angliyada 83 foizga, shuningdek, janubi-sharqiy Osiyoning ba'zi mamlakatlari, jumladan, Gonkongda 94, Singapurda 91 foizga yetgan. Xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasiga erishgan davlatlarda qoida tariqasida moliya, kredit, kafillik, kafolat, sug‘urta, ta'lim, turizm, tibbiyot, aloqa va axborot, innovatsion va nano texnologiyalarga asoslangan xizmatlar rivojlangan. Ispaniya, Italiya va Fransiyaga o‘xshagan davlatlarda YAIM asosini turizm sohasidagi xizmatlar tashkil etadi. AQShning qator kompaniyalari esa ishlab chiqarishga aloqador xizmatlarni sotish orqali ishlab chiqarishdagi daromadning kamida 50 foizidan ko‘prog‘iga egalik qiladi1. Respublikamiz, shuningdek, MDH davlatlar va xorijiy mamlakatlarning iqtisodiyotga oid ilmiy adabiyotlarida xizmat ko‘rsatish sohasi jarayonlarini ekonometrik modellashtirish va prognozlashning nazariy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan ishlar keng o‘rin olgan. Xususan, 1Тараққиётнинг ўқ илдизи ёхуд хизмат кўрсатишнинг мамлакат имижини оширишдаги муҳим роли хусусида//http://uza.uz/oz/business/-07-09-2019. 11 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo M.Xirooka, Madsen J.B., F.Xayek, Sombie J.S.L, Spreafico M.R., M. Caldor kabi2 xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida modellashtirishning nazariy muammolari tadqiq etilgan. Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishini ilmiy-metodologik jihatlari ko‘plab xorijlik olimlar, jumladan, V.V.Kulibanova, K.X.Xaksever, B.R.Render, R.S.Rassel, R.G.Merdik, V.K.Romanovich, S.N.Korobkova, V.I.Kravchenko, S.V.Orlov, I.P.Pavlova tomonidan ilmiy tadqiq etilgan. Mamlakatimizda esa ushbu sohada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik modellashtirish borasida YU.Q.Muhammedov, A.M.Abdullaev, B.YU.Xodiev, A.I.Ishnazarov, O.X.Abduraxmanov, N.K.Zokirova, X.S.Muxitdinov, O.Q.Xatamov, A.N.Raximov va boshqalar tadqiqot ishlari olib borishgan3. Ularning ilmiy ishlarida iqtisodiyotning mintaqaviy hamda tarmoq infratuzilmasi ob'ektlarini modellashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotchi olim CH.Murodov fikricha, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat miqyosida xizmat ko‘rsatish sohasi oltita yo‘nalishda, ya'ni ishlab chiqarish, ijtimoiy - maishiy, institutsional, shaxsiy, ekologik va bozor munosabatlariga mos ravishda ajralib chiqadi va shakllanadi. Bu xizmatlarni bir - biridan ajratish, farqlash hamda ularning asosiy mohiyatlarini ifodalovchi ilmiy ta'riflash nafaqat nazariy, balki xizmat ko‘rsatish tarmoqlari majmuasining iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rnini asoslashda muhim amaliy ahamiyatga ega4. Ammo yuqorida qayd etilgan olimlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini tadqiq etish, ekonometrik modellashtirish va prognozlash muammolari yetarli darajada o‘rganilmagan.Shu sababli aholi turmush darajasini «hayotiy sikli»ni uzaytirish, ularning barqaror va mutanosib rivojlanishini monitoring qilib borishni ta'minlaydigan qo‘shimcha statistik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, respublikamiz hududlarida aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalari, istiqbollarini ekonometrik modellashtirish, prognozlash kabi ilmiy-amaliy muammolarni hal qilish va amaliy tatbiq etishga hayotiy zarurat tug‘ilmoqda. Mazkur dissertatsiya mavzusi tanlanishiga shu zarurat asos bo‘l
Доказательный фрагмент
«Maqolada aholing turmush darajasini rivojlantirishda xizmtlar sohasi, sanoat tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish hamda uni oshirishga qaratilgan bir qancha olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada aholing turmush darajasini rivojlantirishda xizmtlar sohasi, sanoat tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish hamda uni oshirishga qaratilgan bir qancha olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transport infratuzilmasi, innovatsion prospektorlar, xizmat ko‘rsatish, geografik doira, avtomatlashtirilgan tizimlar, reaktorlar, turmush darajasi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, raqamli boshqaruv, bozor qamrovi, zamonaviy texnologiyalar., vertikal maydon, energetika infratuzilmasi, aloqa infratuzilmasi, texnologiya transferi, xorijiy investorlar, sanoat tarmog‘i
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014