К содержанию
РецензированоUZ2026

PRAGMATIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA BLUM TAKSONOMIYASIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mustafayeva Nilufar Ulashovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 28 · 261–283 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada pragmatik kompetensiyani rivojlantirishda Blum taksonomiyasidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari tahlil qilinadi. Pragmatik kompetensiya chet tilini o‘rganishda nafaqat lingvistik bilimlar, balki madaniy-kontekstual omillar, nutqiy maqsad va tinglovchining ihtiyojlariga mos nutq strategiyalaridan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. Biroq ko‘pincha o‘quv jarayonida diqqat markazi asosan grammatika va leksikaga qaratilib, pragmatik ko‘nikmalarga yetarli e’tibor berilmaydi. Shu jihatdan, Blum taksonomiyasi chet tilida pragmatik kompetensiyani shakllantirishda bosqichma-bosqich maqsadlar, dars mazmuni va baholash mexanizmlarini rejalashtirishda qulay nazariy va metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqolada Blum taksonomiyasining kognitiv darajalarini pragmatik mahorat bilan uyg‘unlashtirish zarurligi ko‘rsatilib, o‘qitishda rejalashtirishdan tortib baholashgacha bo‘lgan jarayonda qanday yondashuvlar qo‘llash mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har bir kognitiv darajaga mos ravishda pragmatik malakalarni rivojlantirish o‘quvchilarda chuqur mulohaza, moslashuvchan nutqiy amaliyot va interaktiv fikrlashni kuchaytirishi ta’kidlanadi. Yakunida Blum taksonomiyasi orqali maqsadli rejalashtirilgan darslar o‘quvchilarning nutqiy madaniyati va chet tilidan foydalanganda kontekstni e’tiborga olish qobiliyatini rivojlantirishda samarador ekanligi xulosa sifatida ilgari suriladi. KALIT SO‘ZLAR: pragmatik kompetensiya, Blum taksonomiyasi, pedagogik xususiyatlar, chet tili o‘qitish, kognitiv darajalar, interaktiv metod Chet tilini o‘rganish jarayonida, odatda, grammatika, leksika va fonetika singari lingvistik komponentlar ustun mavqe egallab kelgan. Biroq zamonaviy kommunikativ yondashuvlar, ayniqsa chet tili ta’limida interaktiv metodlar keng tadbiq etila boshlagach, o‘quvchilarning real nutqiy vaziyatlarda nutqni qanday qurishi, turli maqsad va auditoriya oldida mazmunni qay tarzda moslashishi masalalari dolzarb ahamiyatga ega bo‘ldi. Shunda “pragmatik kompetensiya” tushunchasi yanada oldinga chiqdi. Pragmatik kompetensiya, avvalo, chet tilida so‘zlovchi shaxsning ijtimoiy-kontekstual omillarni e’tiborga olgan holda nutqiy stratеgiyalardan foydalanish mahoratini anglatadi. Masalan, rasmiy muhitda rasmiy uslubda murojaat qilish, norasmiy vaziyatda o‘zgacha til birliklarini qo‘llash yoki ma’noni bilvosita ifoda etish. Shuning uchun o‘qitish jarayonida pragmatik bilimlarni shakllantirish o‘quvchilarni nutqiy noqulaylikka tushib qolishidan asraydi. Ular o‘z gapirish strategiyalarini kontekstga mos ravishda tanlashi va har xil kommunikativ maqsadlarda to‘g‘ri til shakllarini qo‘llashi mumkin bo‘ladi. Mazkur jarayonda Blum taksonomiyasi amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha qulay nazariy- metodik asos sifatida gavdalanadi. Blum taksonomiyasi kognitiv darajalarni bosqichma- bosqich – “bilish” (yoki “eslash”), “tushunish”, “qo‘llash”, “tahlil”, “baholash”, “yaratish” – ko‘rinishida tasniflaydi. Bu sistemada, avvalo, boshlang‘ich bosqichda o‘quvchilar ma’lum bir so‘z yoki iborani eslab qolish darajasida bo‘lishi mumkin, keyin esa ular o‘sha til birliklarini 39 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo turli vaziyatlarda tushunish va sharoitga mos qo‘llashga o‘tadi. So‘ngra “tahlil” bosqichida o‘quvchi biror muloqot jarayonini kuzatib, kim, qachon, qanday maqsadda, qanaqa nutqiy strategiyalarni tanlayotganini tushunishi, “baholash” bosqichida o‘sha jarayonning qanchalik to‘g‘ri yoki noo‘rin ekanini ajrata olishi, eng so‘nggi “yaratish” bosqichida esa shu kontekstda o‘zi yangi nutqiy stsenariy yoki ifoda shakllarini ixtiro qilishi, shaxsiy nutq strategiyalarini sinab ko‘rishi mumkin. Pragmatik kompetensiya o‘quvchilardan turli kognitiv va ijtimoiy ko‘nikmalarni barobar o‘zlashtirishni talab etishi sababli, Blum taksonomiyasining bosqichlarini pragmatik maqsadlar bilan uyg‘unlashtirgan holda dars jarayonini rejalashtirish maqsadga muvofiq. O‘qituvchining vazifasi – har bir dars yoki mashg‘ulot uchun maqsadlarni ko‘proq aniq ifodalash. Masalan, “bilish” darajasida o‘quvchilar ayni bir so‘z yoki iboraning aniq kontekstdagi ma’nosini yodlaydi, “tushunish” darajasida nima uchun bu ibora shu kontekstda ishlatilishini izohlay oladi, “qo‘llash”da esa amaliy vaziyatda ayni nutqiy shakllarni o‘zi mustaqil ravishda ishlatadi. “Tahlil” bosqichida masalan, suhbatdoshning nutqidan nima sababdan foydalanilganini asoslab berishi, “baholash” bosqichida esa bu nutqiy strategiyalarning qanchalik samarali yoki muvofiq ekanini baholashi, “yaratish” bosqichida esa o‘zi yangicha nutqiy ifodalarni o‘ylab topishi, shu bilan ijodiy yondashuv ko‘nikmasini rivojlantirishi mumkin. Shu tariqa, har bir bosqichda maqsadli mashqlar, rolli o‘yinlar, munozaralar, matn tahlillari yoki case-stady usullari qo‘llanib, o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyasi bosqichma-bosqich puxta shakllanadi. Bunday metodikaning samarasi interaktiv mashg‘ulotlarda yaxshi namoyon bo‘ladi. Darsda o‘qituvchi avval “eslash”

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada pragmatik kompetensiyani rivojlantirishda Blum taksonomiyasidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada pragmatik kompetensiyani rivojlantirishda Blum taksonomiyasidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Blum taksonomiyasi, pedagogik xususiyatlar, pragmatik kompetensiya, interaktiv metod, chet tili o‘qitish, kognitiv darajalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники