К содержанию
РецензированоUZ2026

KVEST O’YINLARI ORQALI O’QUVCHILARNI MUSTAQIL IZLANISH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH · O’rinboyeva Kumushoy · Anafiyayeva Yorqinoy (Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti) · Jumanova O’g’iloy (Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti)

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

This article highlights the importance of using quest games, one of the interactive methods in teaching physics. It substantiates the role of quest games in developing students' independent research, analysis, problem-solving, and creative thinking skills. Kalit so’zlar: kvest o’yinlari, fizika fani, mustaqil izlanish, interaktiv o’qitish, ta’lim texnologiyalari, mantiqiy fikrlash, eksperimentlar, o’quv jarayoni, amaliy mashg’ulot. Ключевые слова: квест-игры, физика, самостоятельное исследование, интерактивное обучение, образовательные технологии, логическое мышление, эксперименты, процесс обучения, практические занятия. Keywords: quest games, physics, independent research, interactive learning, educational technologies, logical thinking, experiments, learning process, practical training. Kvest o’yinlari (yoki "quest games")–- bu o’yin shaklidagi topshiriqlar to’plamidir, bunda o’quvchilar turli vazifalarni bajarish orqali ma’lum bir maqsadga erishadilar. Fizika fanida bunday o’yinlar orqali o’quvchilarning mustaqil izlanish mantiqiy fikrlash va muammo yechish ko’nikmalarini rivojlantirish mumkin. Ta’lim jarayonida interaktiv usullardan samarali foydalanish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Kvest o’yinlari o’quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi, ularda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, eksperiment o’tkazish, hamkorlikda ishlash kabi ko’nikmalarni rivojlantiradi. Bu jarayonda o’quvchilar fizikaviy qonuniyatlar asosida muammolarni hal etadi, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’laydi.Fizika fanida kvest o’yinlari yordamida quyidagi natijalarga erishish mumkin: O’quvchilarning fan bo’yicha qiziqishi va motivatsiyasi ortadi; Izlanish faoliyati kuchayadi, o’quvchi axborot qidirishga, tanqidiy fikrlashga o’rganadi;fizik qonun va formulalarni amaliy muammolarda qo’llash ko’nikmasi shakllanadi; jamoaviy ishlash va mas’uliyatni his qilish qobiliyati rivojlanadi. Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, dars jarayonini interfaol va qiziqarli tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, fizika 35 fanida abstrakt tushunchalarni o’quvchilarga yetkazishda noan’anaviy metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi.Ushbu o'yin turi orqali o‘quvchilar turli bosqichli topshiriqlarni bajara borib, yakuniy maqsadga erishadigan ssenariy asosida o'ynaydi. Har bir bosqichda ular fizikaga oid topshiriqlarni bajaradi, bu orqali: Mantiqiy fikrlaydi, nazariy bilimlarini eslaydi, tajriba o‘tkazadi, guruhda ishlashni o‘rganadi.Fizika darslarida kvest o‘yinlarining afzalliklari: motivatsiyani oshiradi; o‘yin elementi darsni qiziqarli qiladi va o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi; izlanishga undaydi.O’quvchilar kerakli javobni topish uchun qo’shimcha ma’lumot izlashga majbur bo’ladi. Amaliyotga yo’naltiradi, nazariy bilimlar tajribalar va real hayotdagi masalalar orqali mustahkamlanadi. Jamoaviy ishlashni rivojlantirad.Guruh shaklida ishlash orqali o’quvchilar o’zaro hamkorlikda qaror qabul qilishni o’rganadi. Ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Har bir bosqichda muammoni hal qilish uchun yangicha yondashuv talab etiladi.Bunga bir nechta amaliy misollarni keltirib o'taman: “Zaryadlangan sayyora” kvesti senariysi vaziyat: Sayyora energetik quvvatini yo’qotgan. Uni qayta tiklash uchun o’quvchilar fizik qonuniyatlarga asoslangan topshiriqlarni bajarishlari kerak. Bosqichlar: Mexanika: Harakat tenglamasi asosida masofa yoki tezlikni topish. Molekulyar fizika: Moddalarning qizish yoki sovush jarayonini tahlil qilish. Optika: Yorug’lik sinishi yoki aks etishi haqidagi masala. Elektrodinamika: Elektr zanjirini to’g’ri yig’ish yoki kuchlanishni aniqlash.Yakuniy kod: Har bir bosqichda olingan harf yoki raqam orqali so’nggi parol yechiladi. Baholash: Har bir bosqich uchun ball tizimi belgilanadi. Faollik, to’g’ri javoblar va jamoaviy ishtirok hisobga olinadi. O‘yin nomi: Fizika Qasrining Sirlari Janr: Sarguzasht-kvest (faktlar, jumboqlar, tajribalar asosida) Sinfda o‘ynash mumkin O‘quvchilar soni: 1–5 kishi ( jamoaviy ) Senariy qisqacha O‘quvchilar fizika fanining "Qasri"ga kirib qolgan bo‘ladi. Qasrdan chiqish uchun 5 ta xonadan o‘tishlari kerak. Har bir xonada fizikaning bir bo‘limiga oid sodda jumboq yoki amaliy topshiriq mavjud. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, ular “Fizika sehrgari” unvoniga sazovor bo‘lishadi. Bosqichlar va Jumboqlar: 1. Mexanika Xonasi: Harakat, kuch, tezlik Topshiriq:Stol ustida 2 kg massali jism 4 N kuch bilan tortilmoqda. Ishqalanish kuchi 1 N. Jismning tezlanishini toping. Javob: Natijaviy kuch: 4 N – 1 N = 3 N F = m·a → a = F/m = 3/2 = 1.5 m/s² To‘g‘ri javob topsang – eshik ochiladi! 2. Molekulyar fizika Xonasi: Issiqlik almashinuvi Topshiriq:50°C suvga 20°C temir parcha tashlansa, qanday holat yuz beradi? A) Suv soviydi B) Temir qiziydi C) Har ikkalasi tenglashadi D) Harorat pasayadi 36 To‘g‘ri javob: C – Har ikkalasi tenglashadi (Issiqlik haroratlar tenglashguncha almashadi) 3. Optika Xonasi: Yorug‘lik sinishi Topshiriq:Yorug‘lik havo → suvga o‘tganda

Доказательный фрагмент

«This article highlights the importance of using quest games, one of the interactive methods in teaching physics.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the importance of using quest games, one of the interactive methods in teaching physics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
quest games, physics, independent research, interactive learning, kvest o’yinlari, mustaqil izlanish, mantiqiy fikrlash, amaliy mashg’ulot., interaktiv o’qitish, fizika fani, eksperimentlar, ta’lim texnologiyalari, o’quv jarayoni
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники