К содержанию
РецензированоRU2026

KOMETA VA ASTEROIDLAR: FARQI NIMADA?

O’rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi · Mirzayeva Ma’muraxon Rufatjon qizi · Dehqonova Gulmiraxon Jumanboy qizi · Shahobiddinova Mehribonu Isomiddin qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

В данной научной статье проводится подробное сравнение между кометами и астероидами — двумя различными типами небесных тел в пределах Солнечной системы. Несмотря на то, что они оба вращаются вокруг Солнца, их происхождение, состав и поведение существенно отличаются. Кометы состоят в основном изо льда, газа и пыли. При приближении к Солнцу они образуют яркий хвост за счёт сублимации. Кометы имеют вытянутые орбиты и наблюдаются лишь на короткое время. Астероиды же представляют собой каменистые или металлические тела, расположенные в 38 основном в поясе астероидов между Марсом и Юпитером. Их поверхность твердая и имеет неправильную форму. В статье также рассматривается, какую научную ценность представляют эти объекты, какую информацию они могут дать о раннем этапе формирования Солнечной системы, и могут ли они представлять угрозу для Земли. Материал будет полезен студентам, исследователям и всем интересующимся космосом. Kalit so’zlar: Kometa, asteroid, quyosh tizimi, orbitaviy harakat, muz va gaz, tosh va metall, koinot jismlari, Yerga yaqin jismlar (NEO). Key words: Comet, asteroid, Solar System, orbital motion, ice and gas, rock and metal, comet tail, Near-Earth objects (NEO). Ключевого слово: Комета, астероид, солнечная система, орбитальное движение, лёд и газы, камень и металл, хвост кометы, сближающиеся с Землей (NEO)ю Koinot – bu sirlar bilan to‘la, cheksiz kenglikdagi mo‘jizaviy makon. Unda sayyoralar, yulduzlar, qora tuynuklar va ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda jismlar yashirin. Ana shunday jismlardan ikkitasi – kometalar va asteroidlar. Ular tashqi ko‘rinishidan biroz o‘xshash tuyulsa-da, aslida ular orasida sezilarli farqlar bor. Kometalar nima? Kometalar – bu muz, chang va toshdan tashkil topgan kichik kosmik jismlardir. Ular Quyosh tizimining chekka hududlarida – Kuiper belbog‘i va Oort bulutida joylashgan bo‘lib, ba’zida Quyoshga yaqinlashib, o‘zining porloq “quyruqli” ko‘rinishi bilan yerliklarni hayratga soladi. Kometalar Quyoshga yaqinlashganda, ularning yuzasidagi muz eriydi va bug‘lanadi. Natijada kometaning atrofida gaz va changdan iborat quyruq hosil bo‘ladi. Bu quyruq Quyosh nurida yaltirab, teleskopsiz ham ko‘rinishi mumkin bo‘ladi. «Kometa» yunoncha so‘z bo‘lib, «sochli» degan ma’noni anglatadi. Kometalarga «sochli» yoki «dumli yulduzlar» degan nom ularning Quyosh yaqinidan o‘tayotgandagi ko‘rinishlariga binoan berilgan Xususan, kometa Quyosh tomon kelayotib, gigant planetalarning or bitalariga yaqin lashganda, uning massasi mujassamlashgan yadrosi xira yulduz shaklida ko‘zga tashlanadi. 39 Kometaning osmon jismlaridan ekanligini 1577-yilda astronom T. Brage aniqlagan. Ungacha kishilar kometani Yer atmosferasi hodisasi deb tushunishgan. Kometalarning yadrosi muzlagan gazlar va ularga yopishgan turli o‘lchamdagi chang, tosh va metall zarrachalardan tashkil topadi. Muzlagan gaz aksariyat ammiak, metan, karbonat angidrid, sian va azotdan iborat bo‘lib, kometa Quyoshga yaqinlashayotganda yadro uning taftidan intensiv bug‘lana boshlaydi va yadro atrofida qalin gaz qatlami – komani vujudga keltiradi. Kometa massasining asosiy qismi uning yadrosida mujassamlashgan bo‘lib, eng yirik kometalarda ham u Yer massasining yuz milliondan bir qismidan ortmaydi. Komaning zichligi esa atigi 10-12–10-13 g/cm3 ni tashkil qiladi. Kometa bosh qismining diametri, uning massasi va Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra ming km dan (xira kometalarda) 2 mln. km gacha (ravshan kome talarda), dum qismi esa 150 mln. km gacha boradi. Kometalarga tegishli yangi ma’lumotlarning ko‘pchiligi Galley kometasining 1986-yilda Quyosh yaqinidan navbatdagi o‘tishida «Jotto» (Buyuk Britaniya ),«Planeta» (Yaponiya) va «Vega» (sobiq Ittifoq) avtomatik stansiyalari yordamida qo‘lga kiritildi. 1950-yilga qadar 1500 dan ortiq kometa qayd qilindi, shulardan 400 ga yaqini teleskoplar ixtiro qilingunga qadar, qolganlari esa teleskoplar yordamida ochilgan. Bir guruh kometalar qayerda «tug‘iladi»? Niderland astronomi Y. Oort, o‘z tadqiqotlari asosida, Quyoshga yaqinlashib ko‘rinayotgan kometalarning manbayi – Quyosh sistemasini o‘rovchi va Quyoshdan juda uzoq masofada yotuvchi kometalar yadrolarining gigant buluti Oort buluti deb ataladigan bo‘ldi. Bunday bulut qariyb 1 parsek masofacha cho‘zilgan bo‘lib, bunday katta uzoqlikda harakatlanayotgan kometa yadrolari orbitalarining ayrimlari yulduzlarning chetlantiruvchi tezlanishi ta’sirida o‘z yo‘lini o‘zgartirib, oxir-oqibatda Quyoshning yo‘l doshiga aylanib qolishi mumkinligi hisoblashlardan aniqlandi. 40 Asteroidlar nima? Asteroidlar esa ko‘proq tosh va metallar aralashmasidan tashkil topgan jismlardir. Ular ko‘pincha Mars va Yupiter orasidagi Asteroid belbog‘ida joylashgan. Asteroidlar kometalardan farqli o‘laroq, muzga ega emas, shuning uchun ularda quyruq hosil bo‘lmaydi. Ularning shakli notekis, yuzasi g‘adir-budir bo‘lib, kattalik jihatidan ham turlicha: bir necha metrdan tortib, yuzlab kilometrgacha bo’lishi mumkin. Ko'pgina asteroidlarni asosiy asteroid kamarida Mars va Yupiter o'rtasida Quyosh at

Доказательный фрагмент

«В данной научной статье проводится подробное сравнение между кометами и астероидами — двумя различными типами небесных тел в пределах Солнечной системы.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной научной статье проводится подробное сравнение между кометами и астероидами — двумя различными типами небесных тел в пределах Солнечной системы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Comet, asteroid, Solar System, orbital motion, ice and gas, rock and metal, muz va gaz, Kometa, Yerga yaqin jismlar (NEO)., quyosh tizimi, tosh va metall, koinot jismlari, orbitaviy harakat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники