Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
METAVERS PLATFORMALARIDA FIZIKANI FANINI O’RGANISHNING SAMARADORLIGI
O’rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi · Ergasheva Mushtariy Karimjon qizi (Andijon Davlat Pedagogika instituti v.b dotsenti) · O’rmonova Dilfuzaxon Xakimjon qizi (Andijon Davlat Pedagogika instituti v.b dotsenti) · Bozorboyeva Mubina Jasurbek qizi (Andijon Davlat Pedagogika instituti v.b dotsenti)
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada metavers platformalaridan foydalanish orqali fizika fanini o’rganish samaradorligi tahlil qilinadi.An’anaviy ta’lim uslublariga nisbatan virtual reallik va immersive texnologiyalar orqali ta’lim jarayonining yanada interaktiv va tushunarli bo’lishi asoslanadi.Metavers muhitida tajribalar o’tkazish, modellashtirish va real vaqt rejimida o’zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari orqali talabalarning fanga bo’lgan qiziqishi oshishi, bilimlarni chuqurroq o’zlashtirishi va amaliy ko’nikmalarni shakllantirishi ko’rsatib o’tilgan.Virtual haqiqat texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi natijasida o’quvchilar fizik hodisalarni ko’rib, tushunib va tajriba asosida o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishadi.Tadqiqot natijalari integratsiyasi yuqori samaradorlikka ega ekanini tasdiqlaydi. Kalit so’zlar: Metavers, virtual reallik, virtual laboratoriya, 3D simulyatsiya, ta’lim texnologiyalari, o’quv samaradorligi. Metavers (yoki “metaverse”)-bu raqamli dunyo va real dunyo o’rtasidagi chegaralarni yo’q qiluvchi virtual makon bo’lib, u 3D texnologiyalar, virtual va kengaytirilgan reallik, sun’iy intellekt va internet asosida yaratiladi.Bu muhitda foydalanuvchilar o’z avatarlari orqali harakatlanishi, muloqot qilishi, o’rganishi, ishlashi yoki ko’ngil ochar faoliyatlarda ishtirok etishi mumkin. Virtual reallik-bu maxsus qurilmalar orqali yaratilgan sun’iy muhit bo’lib, u foyadalanuvchilarga real hayotdagidek tajriba beradi.Masalan, siz tog’da yurgandek yoki o’yinda ishtirok etayotgandek his qilasiz.Virtual reallikni o’ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor. Afzalliklari: Real muhitda bo’lmasdan turib tajriba orttirish; Qulay va xavfsiz o’rganish muhiti; Yangi dunyolarni sinab ko’rish imkoniyati. Kamchiliklari: Ba’zi foydalanuvchilarda bosh aylanishi yoki ko’ngil aynishi kuzatiladi; Qimmat qurilmalar talab etiladi; Uzoq muddat foydalanish sog’liqqa zarar yetkazishi mumkin. Virtual reallik texnologiyalari virtual laboratoriyalarda ham qo’llanilishi mumkin.VR texnologiyalari o’quvchilarga virtual muhitda tajriba va tadqiqot o’tkazish imkonini beruvchi virtual laboratoriyalar yaratish uchun ishlatilishi mumkin.Bu esa haqiqiy laboratoriyalarga kirish imkoni bo’lmagan yoki xavfli eksperimentlar o’tkaza olmaydigan talabalar uchun foydali xisoblanadi. Misol uchun, VR laboratoriyalari kimyo, fizika, biologiya va boshqa ilmiy fanlarni o’qitish uchun ishlatilishi ijobiy natijalar beradi. VR texnologiyalariga asoslangan virtual laboratoriyalar talabalarga haqiqiy laboratoriyani simulyatsiya qiluvchi real virtual muhitda mashq qilish imkoniyatini beradi.Ular tabiiy, tibbiyot va boshqa ilmiy fanlar kabi turli sohalarda darslardagi laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun ishlatilsa yuqori samara 44 beradi.Virtual laboratoriyalarning afzalliklaridan biri xavfli yoki qimmat materiallar farqini kamaytirish bilan birga sog’liq uchun xavf tug’dirmasdan va maxsus asbob-uskunalar sotib olish zaruratisiz tajriba o’tkazish imkoniyatini beradi. 3D simulyatsiya-bu uch o’lchamli virtual makonda real hayotdagi obyektlar, hodisalar, harakatlar va tizimlarni modellashtirish va ularning harakatini kompyuter orqali taqlid qilish jarayoni.Bu texnologiya inson ongida sodir bo’layotgan tasavvurlarni, fikrlarni aniq va visual shaklda ifodalash imkonini beradi.Ushbu simulyatsiya ta’lim, tibbiyot, harbiy sohalar, sanoat va muhandislik, transport, video o’yinlar va kino, shaharsozlik va arxitektura sohalarida qo’llaniladi. Ta’lim texnologiyasi-keng sohadir.Shuning uchun, ayrimlari munozarali bo’lgan aniqlashlarni topishlari mumkin.Ta’lim texnologiyasi o’rganish, o’qitish va ijtimoiy tashkil qilishning asoslarini o’rganuvchi yoki loyihalash fani yoki turli tadqiqot qiziqishlari majmuasi sifatida olinishi mumkin. Ammo, ko’plab tadqiqotchi va amaliyotchilar rozi bo’ladigan ayrim xususiyatlar bor: 1. Texnologiyani qo’llash prinsip sohadir.Texnologiya amaliy topshiriqlar uchun ilmiy bilimlarning tizimli qo’llanilishini bildiradi.Shuning uchun, ta’lim texnologiyalari turli xil fanlardan olingan nazariy bilimlarga hamda ta’lim amaliyotidan olingan amaliy bilimlarga tayanadi. 2. Ta’lim texnologiyasi ta’limni yaxshilashga qaratilgan.Texnologiya ta’lim tizimining o’rganish jarayonlariga va uning ko’rsatgichlarini oshirishga ko’maklashadi, chunki u samaraga tegishli bo’ladi. Ta’lim samaradorligi-bu ta’lim jarayonining maqsadga muvofiqligi, ya’ni talabalarga berilayotgan bilim, ko’nikma va malakalar kutilgan natijalarga qanday darajada erishayotganini ifodalovchi ko’rsatkichdir.Bu tushuncha nafaqat o’quv dasturining mazmuni, balki o’quv jarayonini tshkil etish, o’qituvchining mahorati, o’quv muhitining sifati va o’quvchilarning faolligi kabi omillar bilan chambarchas bog’liq.Ta’lim samaradorligining asosiy ko’rsatkichlari bilim darajasi, mustaqil fikrlash, ijtimoiy ko’nikmalar, motivatsiya, natijadorlik kabilarni o’z ichiga oladi. Xulosa: Metavers platformalarida fizika fanini o’rganish ta’lim jarayoniga yangi yondashuvlarni olib kiradi. Virt
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada metavers platformalaridan foydalanish orqali fizika fanini o’rganish samaradorligi tahlil qilinadi.An’anaviy ta’lim uslublariga nisbatan virtual reallik va immersive texnologiyalar orqali ta’lim jarayon…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada metavers platformalaridan foydalanish orqali fizika fanini o’rganish samaradorligi tahlil qilinadi.An’anaviy ta’lim uslublariga nisbatan virtual reallik va immersive texnologiyalar orqali ta’lim jarayon… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- virtual reallik, 3D simulyatsiya, virtual laboratoriya, Metavers, o’quv samaradorligi., ta’lim texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026