Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO‘ZI OJIZLAR VA ZAIF KO‘RUVCHILAR UCHUN OCHIQ HAVODAGI HARAKATLI O‘YINLARNING AHAMIYATI
HARAKATLI O‘YINLARNING AHAMIYATI · Erkinhodjayeva Gulnoza Eldorxodja qizi · Mamadaliyev Sardorbek Abdurahmonovich · СЛАБОВИДЯЩИХ ЛЮДЕЙ
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article provides an in-depth analysis of the physical, psychological, and social benefits of outdoor active games for blind and visually impaired individuals. Adapted game techniques play a significant role in enhancing physical activity, stabilizing mental health, and improving social integration. The paper emphasizes various types of active outdoor games, their methodological foundations, organizational aspects, and safety considerations. Based on scientific studies and practical recommendations, effective strategies are developed to support a healthy lifestyle and promote an inclusive society. Keywords: Blindness, visual impairment, adapted games, physical activity, outdoor exercise, inclusive sports, mental health, sports psychology, social integration. Kirish: Har bir inson uchun jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish — tabiiy ehtiyojdir. Biroq, ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlar bu imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmasligi mumkin. Ayniqsa, bolalikdan boshlab jismoniy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun sport, ayniqsa ochiq havodagi harakatli o‘yinlar, nafaqat sog‘liqni mustahkamlash, balki hayotga ijobiy munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moslashtirilgan sport turlari, xususan ochiq havodagi faol o‘yinlar orqali nogironligi bo‘lgan insonlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshadi, ruhiy tushkunlik kamayadi va ularning jamiyatga integratsiyasi kuchayadi. Shuningdek, bunday o‘yinlar yordamida eshitish, muvozanat, fazoviy tasavvur va ijtimoiy muloqot qobiliyatlari ham rivojlanadi. Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy jamiyatda inklyuziv yondashuvlar kundan-kunga dolzarb tus olmoqda. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning hayot sifati, ularning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun esa ochiq havodagi harakatli o‘yinlar orqali sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, ularni jamiyatga integratsiya qilishda eng qulay vositalardan biridir. Shuningdek, bu mavzu nafaqat sog‘liqni saqlash tizimi, balki ta’lim, sport va ijtimoiy sohalar kesimida ham tahlil qilinishi kerak. O‘yinlar orqali nogironlarning jismoniy va psixologik salomatligini tiklashga xizmat qiladigan yondashuvlar hali yetarlicha o‘rganilmagan bo‘lib, bu boradagi izlanishlar, ayniqsa amaliy metodlar, hozirgi kunda juda zarur. Ilmiy yangilik: Maqolaning asosiy yangiligi — ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar uchun ochiq havoda o‘tkaziladigan moslashtirilgan harakatli o‘yinlarning metodik tizimi ishlab chiqilishi va amaliy qo‘llanilishining asoslanishidadir. 1844 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Avvalgi tadqiqotlar ko‘proq yopiq makon (zal) sharoitida olib borilgan bo‘lsa, ushbu maqola ochiq maydonlarda, tabiiy sharoitda mashg‘ulotlar olib borishning afzalliklarini ko‘rsatib beradi. O‘yinlar doirasida ishtirokchilarning harakat koordinatsiyasi, eshitish orqali yo‘nalishni aniqlash, jamoaviy hamkorlik va o‘zini ifoda etish imkoniyatlarini ochib beruvchi o‘ziga xos usullar taklif etiladi. Mavzuimning maqsad: Maqolaning asosiy maqsadi — ko‘rish imkoniyati cheklangan insonlar uchun ochiq havoda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar orqali ularning jismoniy sog‘lig‘i, psixologik barqarorligi va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan samarali metodlar va strategiyalarni ishlab chiqish. Mavzuimning vazifalar quyidagilar: 1. Ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar uchun moslashtirilgan harakatli o‘yinlarning turlarini aniqlash va ularni sinflashtirish; 2. Har bir o‘yin turi uchun o‘ziga xos psixologik va fiziologik maqsadlarni belgilash; 3. Harakatni boshqarishda eshitish refleksi va fazoviy tasavvurni rivojlantirish bo‘yicha metodlar ishlab chiqish; 4. O‘yinlar orqali jamoadagi ijtimoiy rolni mustahkamlovchi mashg‘ulotlar loyihalashtirish; 5. Treninglarni tashkil etishda xavfsizlik choralarini ishlab chiqish va qo‘llash. Amaliy tavsiyalar: Ovozli signalga asoslangan o‘yinlar: Masalan, “Qo‘ng‘iroqli to‘p” yoki “Eshitish bo‘yicha yo‘naltirish” kabi o‘yinlar. Juftlikda yurish va yugurish mashg‘ulotlari: Juftlikda yurish va yugurish mashg‘ulotlari: Ko‘zi ojiz ishtirokchi sog‘lom ko‘ruvchi bilan birga maxsus bog‘lovchi tasma yordamida harakatlanadi. Bu mashg‘ulotlar fazoviy yo‘nalishni his qilish, jamoaviy harakat qilish va ishonchni shakllantirishga xizmat qiladi. Sensor o‘yinlar: O‘yin davomida ishtirokchilarga teginish, eshitish yoki hid orqali tanish signallarni topish topshiriladi. Bu orqali ularda kompensator sezgilar (ya’ni ko‘rish o‘rnini bosuvchi hislar) rivojlanadi. Eshitish va muvozanatni uyg‘unlashtiruvchi o‘yinlar: Masalan, “Tovush tomon yur” o‘yini — bu o‘yinda ishtirokchi yopiq ko‘z bilan (yoki niqobda) tovush chiqayotgan nuqtaga to‘g‘ri yurishga harakat qiladi. Samarali guruhli o‘yinlar: Masalan, “Ovozli estafeta” yoki “Signalga javob ber” kabi o‘yinlar orqali ko‘ris
Доказательный фрагмент
«This article provides an in-depth analysis of the physical, psychological, and social benefits of outdoor active games for blind and visually impaired individuals.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides an in-depth analysis of the physical, psychological, and social benefits of outdoor active games for blind and visually impaired individuals. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Blindness, visual impairment, adapted games, physical activity, outdoor, jismoniy faollik, ijtimoiy integratsiya., ruhiy salomatlik, inklyuziv sport, ochiq havo mashg‘ulotlari, sport psixologiyasi, zaif ko‘ruvchilar, moslashtirilgan o‘yinlar, Ko‘zi ojizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014