Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Mobil ilovalar asosida o‘quv jarayonini takomillashtirishning pedagogik jihatlari (ingliz tili misolida)
MOBILILOVALARASOSIDAO‘QUVJARAYONINI TAKOMILLASHTIRISHNING · SidikovaNasiba Narzullayevna · Jo’rayeva Diyora Usmonaliyevna
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada oliy ta‘limda mobil ilovalar asosida o‘quv jarayonini takomillashtirishning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘limda mobil ilovalarning talabalar uchun qulaylik yaratishi, pedagogik yondashuvlarni boyitishi va o‘quv jarayonini yanada samarali qilishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilini o‘qitish kontekstida aniq misollar keltirilib, mobil ilovalarning ta’limdagi salohiyati va muvaffaqiyat uchun texnologiya bilan an’anaviy usullaro‘rtasidagi muvozanat zarurligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Mobil ilovalar, pedagogik jihatlar, qulaylik, interaktivlik, shaxsiylashtirilgan ta’lim, motivatsiya, amaliy ko‘nikmalar, hamkorlik, ijtimoiy o‘qish, raqamli tengsizlik, chalg‘ish xavfi, o‘qituvchining роли,ingliz tilio‘qitish, texnologiya integratsiyasi. Zamonaviy ta’limda texnologiyalar, xususan, mobil ilovalar o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Oliy ta’limda ushbu vositalardan foydalanish talabalar uchun qulaylik yaratish bilan birga, pedagogik yondashuvlarni ham boyitmoqda. Bugungi kunda talabalarning aksariyati doimiy ravishda mobil qurilmalardan foydalanadi, bu esa ta’lim jarayonini an’anaviy chegaralardan chiqarib, yanada moslashuvchan va samarali qilish imkonini beradi. Mobil ilovalar nafaqat bilimlarni yetkazish vositasi sifatida, balki talabalarning mustaqilligi, ijodkorligi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omil sifatida ham ko‘rilmoqda. Ushbu maqolada mobil ilovalar yordamida o‘quv jarayonini takomillashtirishning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi hamda mavzuga oid adabiyotlar sharhi keltiriladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning afzalliklari va ulardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarham muhokamaqilinadi. Mobil ilovalar va ta’lim sohasidagi tadqiqotlar so‘nggi yillarda ko‘payib bormoqda. Ushbu sohada olib borilgan ishlar zamonaviy ta’limda texnologiyalarning o‘rni tobora muhim bo‘lib borayotganini tasdiqlaydi. [1] da texnologiyalarning interaktiv ta’limdagi rolini ta’kidlab, ular talabalarni faol ishtirok etishga undashi keltirilgan. Texnologik vositalar nafaqat bilim uzatish vositasi, balki talabalarda tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun “aql vositalari” sifatida xizmat qiladi. Prensky “Digital Natives, Digital Immigrants” [2] nomli maqolasida “Raqamli aborigenlar” kontseptsiyasini ilgari surib, yangi avlodning texnologiyaga moslashgan o‘quv usullariga ehtiyojini ko‘rsatadi. U zamonaviy talabalarning an’anaviy ta’lim usullaridan ko‘ra raqamli vositalarga asoslangan dinamik va interaktiv muhitda samaraliroq o‘qishini ta’kidlaydi. Mayer [3] o‘zining multimedia o‘qitish nazariyasida raqamli vositalar orqali taqdim etilgan materiallarning vizual va audio elementlarni birlashtirishi orqali o‘quv jarayonini yanada samarali qilishini isbotlaydi. Uning tadqiqotlari mobil ilovalarning multimedia xususiyatlari talabalarning ma’lumotni idrok etish va eslab qolish qobiliyatini oshirishini ko‘rsatadi. Garrison va Anderson [4] “Onlayn ta’limda jamoaviy izlanish” modelini ishlab chiqib, mobil ilovalar talabalar o‘rtasida hamkorlik va ijtimoiy o‘zaro ta’sirni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar [5] olib borib, mobil ilovalar talabalarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Mobil ilovalar orqali talabalarga o‘z-o‘zini boshqarish va o‘qish jarayonini rejalashtirish imkoniyati berilishi alohida e’tiborga olingan. [5] da mobil ilovalar orqali shaxsiylashtirilgan ta’limning afzalliklarini tasdiqlovchi empirik dalillarni keltiradi. U o‘zbek oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan tajribalar asosida mobil ilovalar talabalarning individual ehtiyojlariga moslashishi va o‘quv natijalarini yaxshilashini ko‘rsatadi. Samarkand State Institute of Foreign Languages 576 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI Tadqiqotchilarning umumiy fikricha, mobil ilovalar nafaqat bilimlarni yetkazish vositasi, balki motivatsiya va amaliy ko‘nikmalarni oshirish uchun samarali platforma sifatida ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan, gamifikatsiya elementlari (mukofot tizimlari, raqobat) talabalarni o‘qishga undashda muhim rol o‘ynaydi, bu esa xatti-harakatlar nazariyasiga asoslanadi. Shu bilan birga, Vygotskiyning sotsiokultural nazariyasiga ko‘ra, mobil ilovalar talabalar o‘rtasida hamkorlik vaijtimoiy aloqalarni rivojlantirish orqali o‘quvjarayonini boyitadi. Raqamli tengsizlik masalasi ko‘plab tadqiqotchilar, jumladan, Warschauer [6] tomonidan tilga olinib, hamma talabalarda zamonaviy qurilmalar va internetga teng imkoniyat bo‘lmasligi ta’limdagi adolatsizlikka olib kelishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, chalg‘ish xavfi ham muhim muammo sifatida ko‘riladi. Masalan, Kirschner va Karpinski [7] tadqiqotlarida mobil qurilmalardagi ijtimoiy tarmoqlar va o‘yinlar talabalarning diqqatini o‘quvdan chalg‘itishi haqida dalillar keltiradi. Umum
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oliy ta‘limda mobil ilovalar asosida o‘quv jarayonini takomillashtirishning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oliy ta‘limda mobil ilovalar asosida o‘quv jarayonini takomillashtirishning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- преподавание английского языка, o‘qituvchining роли, роль учителя, role of the teacher, convenience, motivatsiya, удобство, motivation, interactivity, qulaylik, pedagogical aspects, Mobil ilovalar, Mobile applications, social learning, personalized learning, ijtimoiy o‘qish, сотрудничество, risk of distraction, shaxsiylashtirilgan ta’lim, collaboration, chalg‘ish xavfi, practical skills, интеграция технологий, интерактивность, amaliy ko‘nikmalar, Мобильные приложения, pedagogik jihatlar, социальное обучение, цифровой разрыв, персонализированное обучение, raqamli tengsizlik, English language teaching, ingliz tili o‘qitish, technology integration, digital divide, практические навыки, риск отвлечения внимания, педагогические аспекты, мотивация, hamkorlik, texnologiya integratsiyasi, interaktivlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024