К содержанию
РецензированоUZ2026

Yoshlarning fuqarolik pozitsiyasin1 shak1llantirishda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni

TARMOQLARNING O‘RNI · IrgashovaSevara Baxodirqizi · Ilmiyrahbar:Jabbarova XabibaKuvandikovna

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026

Аннотация

Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarning fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar va internet yoshlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar axborot olish, jamiyat muammolarini muhokama qilish, huquq va burchlarini anglash imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy jihatlari, ularni samarali foydalanish strategiyalari ham ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: yoshlar, fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy tarmoqlar, siyosiy faollik, axborot, jamiyat, raqamli texnologiyalar, demokratik jarayonlar, huquqiy savodxonlik, jamoatchilik nazorati. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar va internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar jamiyatdagi axborot almashinuvi, muloqot va faollik maydoni sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yoshlar orasida keng tarqalgan ijtimoiy platformalar – Facebook, Telegram, Instagram, Tik Tok va Twitter nafaqat ko‘ngilochar maqsadlar uchun, balki fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va ijtimoiy faollikni oshirish uchun ham foydalanilmoqda. Fuqarolik pozitsiyasi shaxsning jamiyat hayotiga daxldorlik hissi, ijtimoiy jarayonlarga faol munosabat bildirish va o‘z huquq hamda burchlarini anglab, ularni amalga oshirishga intilishidir[1]. Qisqacha qilib aytganda shaxsning jamiyatdagi ma’suliyati va ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq tushunchaga aytiladi. Demokratik jamiyatda yoshlarning siyosiy va ijtimoiy faolligi davlatning barqarorrivojlanishidamuhimomil hisoblanadi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarning fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar natijasida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning davlat boshqaruvida ishtiroketishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda[2]. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarni kamolotga erishishi va yutuqlarga erishishida eng yaxshi yordamchi bo‘lishi mumkin. Ular quyidagi jihatlarda yoshlarning fuqarolik pozitsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi: Yoshlarning jamiyatdagi ma’suliyati va ijtimoiy faolligi oshirishda axborot muhim rol o‘ynaydi. Ular siyosiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha tezkor va keng qamrovli axborotga ega bo‘lish imkoniyati yuqori. Bu esa yosh izlanuvchining ko’plab vaqtini tejab qolishga imkon yaratadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar turli mavzularda fikr almashadi, muammolarni muhokama qiladi va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu orqali online o‘quv jarayonlari ham rivojlanmoqda. Yoshlar davlat va jamiyat rivojiga ta’sir qiluvchi muhim masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirish orqali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin. Buning natijasida, har bir yoshlar o’z huquqlaridan foydalangan holda qiziqtirgan savollariga javob olish va bunyodkor g‘oyalarini taqdim eta olishimumkin. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar turli ijtimoiy loyihalar, xayriya tadbirlari va ekologik harakatlarga jalb qilinmoqda. Masalan, ko‘plab o‘quv dargohlari bayramlar arafasida ijtimoiy tarmoqlar orqali umumxalq hasharlari va xayriya tadbirlarini tashkillashtirib, ko‘plab yoshlarni Samarkand State Institute of Foreign Languages 531 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI ezgu ishlarga chorlamoqda. Bunday tashabbuslar yoshlarda mehr-oqibat, saxovat va jamiyatga foydali bo‘lish istagini shakllantirib, qalblarida ezgulik urug‘larini ekadi[3]. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning fuqarolik ongini rivojlantirishga yordam berib, ularning huquqiy savodxonligini oshiradi. Shuningdek, yoshlarni davlat boshqaruvi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undaydi hamda yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Albatta bu ishlar yoshlarimizga ijobiy tomonga o‘zgarishlariga ta’sirqiladi. Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda ortiqcha vaqt sarflash yoshlarning real hayotdagi faolligini susaytirishi mumkin. Bu esa ularning haqiqiy ijtimoiy jarayonlardan uzoqlashishiga, shuningdek, soxta axborot (fake news) tarqalishiga bevosita sabab bo‘lishiga olib keladi. Natijada yoshlar orasida noto‘g‘ri tushunchalar shakllanishi va radikal g‘oyalarning keng tarqalish xavfi ortadi. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona va mas’uliyat bilan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi[4]. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning ayrim salbiy jihatlari bo‘lishiga qaramay, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yo‘llarini o‘rgatish muhimdir. Fuqarolik ongiga ijtimoiy tarmoqlarning ijobiyta’sirini oshirishuchun quyidagi strategiyalarni amalga oshirish lozim:  Rasmiy axborot manbaalaridan foydalanishni targ‘ib qilish – Yoshlarni faqat ishonchli va tasdiqlangan manbalardan ma’lumotolishga o‘rgatish.  Raqamli savodxonlikni oshirish – Yoshlarni internetdagi yolg‘on axborotni tanib olish va undan himoyalanish ko‘nikmalarigao‘rgatish.  Yoshlarni ijtimoiy loyihala

Доказательный фрагмент

«Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarning fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarning fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamoatchilik nazorati, information, общество, jamiyat, huquqiy savodxonlik, правовая грамотность, ijtimoiy tarmoqlar, civic position, гражданская позиция, демократические процессы, youth, public control, demokratik jarayonlar, общественность контроль, digital technologies, yoshlar, социальные сети, информация, политический активизм, цифровые технологии, fuqarolik pozitsiyasi, siyosiy faollik, raqamli texnologiyalar, молодежь, axborot, social media, legal literacy, democratic processes, political activism, society
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники