Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALKOTT PARSONSNING "SOTSIAL TIZIM" ASARI
Mirzayeva Sevinch Jumaboy qizi · Ilxomov Umrbek
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article explores the main ideas of Talcott Parsons' work The Social System, his contribution to social systems theory, and its relevance in contemporary sociology. It analyzes the functionalist approach developed by Parsons, the interaction between system elements, and the concepts of social institutions and roles. The article serves as an essential resource for deeper understanding of sociological theory and the analysis of modern social systems. Keywords: Talcott Parsons, Social system, structural-functionalism, Keywords: Talcott Parsons, Social system, structural-functionalism theory, social institutions, sociological theory. 2014 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Talkott Parsons XX asrning eng yirik sotsiolog nazariyotchilaridan biri. Ilmiy jurnal sahifalarida uning ilk ishlari nashr etilganda yevropada jahon urushi oqibatida barqarorsizlik hukm surgan va bundanda og‘irroq voqyealar, sotsiologik nazariyaning buyuk namoyandalarining ilk avlodi sahnadan ketishi kuzatilayotgan edi (E.Dyurkgeym 1918-yil, M.Veber 1921-yil, V.Pareto 1923-yil vafot etgan edi; F.Tyonnis o‘z ishlarini yozsada, ta’lim sohasidan ajratilgan, xalqaro ilmiy jamoatchilik bilan aloqalari uzilgan edi), AQSh esa ilmiy potensial kengayib borgan bo‘lsada, xali beri ilmiy dunyoning bir chetida qolib ketaverdi. Parsons vafot etganda AQSh yirik ilmiy hokimiyatga aylandi. Parsonsning olim sifatidagi hissasi nafaqat bunda, balki sotsiologik nazariyalar taraqqiyotida vorisiyikni yo‘lga qo‘yganligi bilan belgilanadi. Klassik sotsiologlar ishlarini chuqur o‘rganib (ayniqsa, yevropa olimlari), ularning g‘oyalarini chuqur tahlil qilib, ularning boy tajribasini o‘z konsepsiyalarida boyitdi. Parsonsning nazariy ishlariga e'tibor qilsak, ularda klassik sotsiologlarinng bugungi kunimizgacha ham eskirmagan, boy me'rosini to‘la holda saqlab qolinganini ko'rishimiz mumkin.Talkott Parsons (1902-1979) 1902-yil 13-dekabrda AQShda,Kolorado shtatining Kolorado-Springs shahrida tug'ilgan. U ziyoli oiladan kelib chiqqan, otasi kongregatsiya ruhoniysi, professor va oxir-oqibat uncha katta bo‘lmagan kollejning prezidenti bo‘lgan. Parsons noyob iste'dod egasi bo‘lgan, shuningdek o ‘ziga xos sintetik tafakkurga ega bo‘lib, u tabiatshunoslik, iqtisod, sotsiologiya fanlari sirlarini chuqur o‘rgandi. Dastlabki ta’limni 1920-1924-yillarda Garvarddagi Amxerst kollejida tibbiyot bo‘yicha olgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga ushbu davrning mashhur iqtisodchi olimi Uilton Xamilton katta ta’sir etdi - uning ijtimoiy fanlarga bo‘lgan qiziqishi kuchaydi. Afsuski, Parsons kollejni bitirishiga bir yil qolganda bu olim kollejdan haydaladi. Psrsons biologiya, falsafa, va ayniqsa I.Kantning «Sof aqlning tanqidi» asarini chuqur o‘rgandi. U Angliya adabiyoti kurslarida qatnashmoqchi edi. Aspiranturada o‘qishni juda orzu qilardi, hatto meditsina bo‘yicha ham shuhrat qozonmoqchi bo‘ldi.Uning asarlariga nazar tashlasak "Sotsial tizim” (1951), “Harakatning umumqamrovli nazariyasiga” (E.Shilz bilan hammualliflikda, 1951), “Jamiyat: evolyutsion va qiyosiy istiqbollar” (1966), “Sotsiologik nazariya va zamonaviy jamiyat”(1967), “Sotsial struktura va shaxs” (1970), “Sotsial tizim va harakat nazariyasi evolyutsiyasi” (1977), “Harakat nazariyasi va inson tuzilishi” (1978) kabi asarlarni yozgan. Talkott Parsonsning eng mashhur asari ‘’Sotsial tizim‘’ 1951-yilda yozilgan. Talkott Parsonsning sotsial tizm asarini yozishga nima sabab bo‘lgan va asarning mazmun mohiyati nimadan iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy tizimning umumiy nazariyasini yaratish istagi: Parsons oʻzidan oldingi ijtimoiy nazariyalar (Marks, Dyurkgeym, Veber kabi) parchalanib ketganini koʻrdi. U sotsiologiya uchun yagona, yaxlit, barqaror nazariy asos yaratishni istadi. 2015 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Aynan shu maqsadda "Social System" ni yozdi — u odamlarning ijtimoiy harakatlarini va tizimli tuzilishini yaxlit bir modelda tushuntirib bermoqchi bo‘ldi.Ijtimoiy harakat va strukturaning o‘zaro bog‘liqligini tushuntirish: Parsons ilgari "The Structure of Social Action" (1937) asarida harakat nazariyasini ishlab chiqqan edi. Lekin u shuni angladiki, individual harakatlar faqat ijtimoiy tizimlar doirasida to‘liq tushuniladi. Shu sababli, u harakat va tizim o'rtasidagi chuqur munosabatni batafsil tahlil qilish uchun "Social System" ni yozdi. Ijtimoiy barqarorlik va tartibni tushuntirish ehtiyoji: Ikkinchi Jahon urushi va undan keyingi davrda jamiyatlarning barqarorligi va ijtimoiy tartibni qanday saqlab qolish mumkinligi dolzarb masalaga aylandi. Parsons oʻz asarida jamiyat qanday qilib oʻz tizimini muvozanatda ushlab turishini va a'zolar qanday qilib tizimga moslashishini nazariy jihatdan asoslab beradi. Parsonsning tizim konsepsiyasi tizimning umumiy: nazariyasidan, xususan tizimli yondoshuvning ilk namoyandasi bo‘lgan L.Bertalanfi va kibernetika asoschisi N.Vineming asarlaridan olib chiqadi. Tizimli yondoshuvni rivojlantirish tizimlardagi muvozanat holatini tush
Доказательный фрагмент
«This article explores the main ideas of Talcott Parsons' work The Social System, his contribution to social systems theory, and its relevance in contemporary sociology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the main ideas of Talcott Parsons' work The Social System, his contribution to social systems theory, and its relevance in contemporary sociology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Talcott Parsons, Social system, structural-functionalism, Keywords: Talcott, strukturaviy-funktsionalizm, ijtimoiy institutlar, Sotsial tizim, sotsiologik nazariya., harakat nazariyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014