Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TANQIDIY SOTSIOLOGIYA VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI
Ahmedova Shahrizoda
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article discusses the origins, essence, and basic principles of critical sociology. Critical sociology seeks to bring about positive change in society by analyzing social inequality, domination, and injustice. The theoretical foundations, practical significance, and interdisciplinary nature of this approach are analyzed in the article. This approach aims not only to observe and understand society, but also to change it. This article is about providing a broader definition of critical sociology. Keywords: critical sociology, inequality, governance, social justice, state sociology, critical thinking. 2010 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Tanqidiy sotsiologiya — bu ijtimoiy haqiqatni faqat tasvirlabgina qolmay, balki uni o‘zgartirishga intiladigan sotsiologiyaning yo‘nalishidir. Bu yondashuv jamiyatdagi kuch munosabatlari, tengsizlik, zo‘ravonlik, va ijtimoiy adolatsizliklarni fosh qilish va bartaraf etishga harakat qiladi. Tanqidiy sotsiologiya odatda marksistik, neo-marksistik, feminizm, irqchilikka qarshi yondashuvlar bilan bog‘liq bo‘ladi1. Tanqidiy fikrlash bu — fikrlashning alohida turi boʻlib, faktlarni tahlil qilish orqali xulosalar hosil qiladi. Ushbu konsepsiya murakkab va turli xil taʼriflarga ega, jumladan, ratsionallik, skeptitsizm, xolis tahlil va faktlarni tekshirish. Tanqidiy fikrlash bu — oʻz-oʻzini boshqaradigan, oʻzini oʻzi tarbiyalaydigan, oʻzini oʻzi nazorat qiladigan va oʻzini oʻzi toʻgʻirlaydigan fikrlash shaklidir. Uning zaruriy sharti ongni takomillashtirishning qatʼiy meʼyorlariga rozi boʻlish va ularni hushyorlik bilan qoʻllashdir. Tanqidiy fikrlash samarali muloqot va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini egallashni, shuningdek, tabiatimizga xos egosentrizm va sotsosentrizmni yengib oʻtishni talab qiladi. Tanqidiy sotsiologiyaning asosiy tamoyillari: 1. Ijtimoiy tengsizlikka e’tibor: Tanqidiy sotsiologlar jamiyatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy tengsizliklarni tahlil qilishadi. Ular kuch va boylik muayyan guruhlar qo‘lida qanday jamlangani va bu boshqalarning imkoniyatlarini qanday cheklashini ko‘rsatishga harakat qilishadi. 2. Status-kvoni savol ostiga qo‘yish: Ular mavjud ijtimoiy tuzumni (masalan, kapitalizm, patriarxiya) tanqid qiladi va uning adolatsizliklariga qarshi turadi. 3. Amaliy yondashuv: Tanqidiy sotsiologiya nafaqat nazariy, balki amaliy yondashuvni ham qo‘llaydi. Ular jamiyatdagi adolatsizliklarga qarshi faol choralarni ilgari suradilar. 4. O‘zgarishga intilish: Maqsad faqat tahlil emas, balki ijtimoiy o‘zgarishga erishishdir. Bu yo‘nalishdagi sotsiologlar ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglikni ta'minlash tarafdoridir. 5. Mustaqillik va tarafkashlikning qayta talqini: An’anaviy sotsiologiya neytrallikni targ‘ib qilsa, tanqidiy sotsiologiya esa ilm-fan tarafkash bo‘lishi mumkinligini tan oladi — u adolatsizlikka qarshi tarafkashlik qiladi2. Tanqidiy sotsiologiya XIX asrda Karl Marksning asarlari asosida shakllangan bo‘lib, kapitalistik tuzumning adolatsizliklarini fosh qilishga qaratilgan edi. Keyinchalik bu yondashuv Frankfurt maktabi olimlari (masalan, Teodor Adorno, Maks Xorkhaymer) tomonidan yanada rivojlantirildi. Ular iqtisodiy kuch, mafkura va madaniyat o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni ochib berdi.Tanqidiy sotsiologiya jamiyatni chuqurroq tushunish, uning muammolarini aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini taklif etishga xizmat qiladi. 1 https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/06/24/NamDU-ARM-7776-Sotsiologiya_tari. 2 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sotsiologiya 2011 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Bu yo‘nalish jamiyatdagi adolatsizliklarni fosh etish orqali ijtimoiy o‘zgarishga zamin yaratadi. Shu bois tanqidiy sotsiologiya nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ham egadir. Zamonaviy tanqidiy yondashuvlar: Bugungi kunda tanqidiy sotsiologiya bir nechta zamonaviy yondashuvlar bilan boyitilgan: Feminizm – jamiyatdagi gender tengsizligi, patriarxal tuzum va ayollar ekspluatatsiyasi ustida ishlaydi. Postkolonial nazariya – mustamlakachilik davrining ijtimoiy va madaniy merosini tanqid qiladi. Ekotanqidiy yondashuv – ekologik inqiroz va atrof-muhitni himoya qilishni ijtimoiy adolat bilan bog‘laydi. Kritik irqshunoslik – irqchilik va etnik kamsitishning ijtimoiy tuzilmalar bilan qanday aloqasi borligini ochib beradi. Tanqidiy sotsiologiya — nafaqat jamiyatni tushunishga, balki uni o‘zgartirishga ham intiladigan sotsiologik yondashuv. Tanqidiy sotsiologiya — bu jamiyatni chuqurroq o‘rganib, undagi kuch tengsizligi, zo‘ravonlik, ustunlik tizimlari, va ijtimoiy adolatsizlik kabi muammolarni ochib berishga harakat qiladigan sotsiologiya yo‘nalishidir3. Tanqidiy sotsiologiya bu insonlar bir- birlari bilan har doim biror nima ustida kelisholmay qoladi. Chunki insoniyat har doim biror narsani tanqid ostiga oladi.Shu sababli kishilar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi.Buning oldini olish uchun hozirgi kunda sotsiologiya fani juda rivojlanib boryapti. Bu fan jamiyatdagi muammolarni o‘rgana
Доказательный фрагмент
«This article discusses the origins, essence, and basic principles of critical sociology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the origins, essence, and basic principles of critical sociology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- critical sociology, inequality, governance, social justice, state sociology, tanqidiy sotsiologiya, ijtimoiy adolat, tanqidiy fikrlash., davlat sotsiologiya, hukmronlik, tengsizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014