Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Bugungi kunda oʻzbek tilida paydo boʼlayotgan imlo muammolari
IsmatovaMahzuna Shavkatovna · Egamova Zaynab O‘ktamqizi
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada savodxonlikka zarar yetkazuvchi ba’zi omillar va imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilishining ayrim muhim sabablari haqida mushohada yuritildi. Imloviy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan yozish dolzarb masalalardan biri ekanligi va bu jarayonda jamiyatimizninghar bira’zosining o‘z o‘rni borligi xususidaso‘z boradi. Kalitso’zlar.Yozmanutq,savodxonlik, imlo, zamonaviyyoshlar, ijtimoiytarmoqlar tili. Yozma nutq. Bu- insoniyatni o‘z tarixi bilan bog‘lab turadigan eng muhim aloqa vositasidir. Barchamizga ma'lumki, adabiy, ilmiy, badiiy, tarixiy va shu kabi asarlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish orqali olimlarimiz va tarixchilarimiz butun bir o‘tmishni jonlantirishadi. Yozma manbalar zamon va makon to‘siqlarini yengib o‘ta oladigan yagona kuchdir. Aytilgani kabi, yozma nutq insoniyatga o‘tmishdan xabar beruvchi eng muhim vositalardan biri sanaladi. Albatta til so‘zlovchi istagini tinglovchiga yetkazib beradigan aloqa vositasidir Ammo bugungi globallashib borayotgan jamiyatimizda , aksariyat yoshlar o‘rtasida, ,,yozma nutq” atamasi o‘zining tub mohiyatini yo‘qotmoqda. Bu esa ham og‘zaki , ham yozma nutqimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qo‘ymayapti. Ayni shu masala yuzasidan bugungi kun tilshunos olimlari mavjud til va yozuv shaklini o‘z jozibasi bilan saqlab qolish, unga zarar yetkazadigan yoki ba’zi shakllarini yo‘qolib ketishiga olib keladigan turli xil xurujlarning oldini olish borasida juda ko‘p tadqiqotlarni amalga oshirmoqdalar. Hozirgi kunda zamonaviylashgan hamda texnologiyalar bilan hamnafas yashaydigan davrda, hayotni ijtimoiy tarmoqlarsiz: you tube, telegram , instagram , fecebook va shunga o‘xshash tarmoqlarda amalga oshirilayotgan muloqotlarsiz tasavvur qilish qiyin. Albatta bunday texnologiyalarning yaxshi tomonlari juda ham ko‘p , biroq bunday tarmoqlarda biz tilga berilayotgan juda katta zarbani kuzatishimiz mumkin: buni tarmoqlardagi yozishmalarda savodsizlik holatini uchrashi , turli kontentlarning umuman imlo qoidalarisiz yozilgani, tilimizdagi so‘zlarni g‘aliz shaklda so‘zlashuvga moslashtirilgani orqali ko‘rishimiz mumkin.[ 2; 218b] Haqiqatan ham bu nafaqat ona tilimizni rivoji uchun tinmasdan izlanishlarolibborayotgan tilshunoslarimiz, butunxalqimizuchun ham fojiali holatdir. Bugungi kunda rivojlanib borayotgan kishilik jamiyatimizning aksariyat qismini yoshlar tashkil etadi. Shu jumladan boshqa xalqlar o‘rtasi “O‘zbekiston yoshlar yurti” deb ham yuritiladi. Bu shuni anglatadiki, ular bizning kelajagimizni yaratuvchilaridir, ular bizning bugunimizni tarix sahifalariga yozib, avlodlarimizga mukammal tarzda yetkazib beruvchi olimlar, tarixchilardir, ular bizning ona tilimizga yanada jilo berib asrlar davomida yashashi uchun o‘z hissalarini qo‘shadigan mustaqil shaxslardir. Lekin afsuski, savodsizlik, saviyasizlik, eng achinarlisi mana shunday ochiqchasiga namoyon bo‘layotgan vaziyatlarga berparvolik, buyuk va porloq kelajagimizni barpo etishda katta bir to‘siq sifatida qarshimizda namoyon bo‘lmoqda. Ko ‘p yillardan buyon tilshunoslar, adabiyotshunoslar hattoki pedagoglarimiz ham mana shu masalaga yechim topish uchun izlanmoqdalar. Albatta, barchamiz savodxonlik bilimlarini maktab ostonasiga qadam qo‘yganimizdan so‘ng birinchi o‘qituvchimizdan olishni boshlaymiz. Bu bizning yosh qalbimizga yoziladigan ilk bilimlardir. Boshlang‘ich sinflarda biz umumiy savodxonligimizni oshirsak, yuqori sinf bo‘lganimizdan so‘ng bu jarayon murakkablashadi. 5- sinfona tili darsligida biz orfografiya bo‘limi bilan tanishamiz. Bu bo‘limda imlo qoidalariga oid deyarli barcha ma’lumotlarni olamiz. Ammo butun orfografik qoidalarini faqatgina 5- sinf darsligida o‘rganish murakkab masala. [5: 138b] Bu bo‘limni 11-sinfgacha bo‘lib-bo‘lib, mukammal tarzda egallashimiz kerak deb hisoblayman. Chunki imlo bizning butun hayotimiz Samarkand State Institute of Foreign Languages 547 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI davomida kerak bo‘ladigan bo‘limlardan biridir - xoh yuridik shaxs bo‘laylik, xoh oddiy fuqaro. Ammo 11 yil maktabda faqat imlo qoidalarini o‘rgatsa ham , biz o‘zimiz buning qanchalik muhim ekanligini anglab yetmasak hech qanday samarali natijaga erisha olmaymiz. Ayrim jamiyatimiz a‘zolari mana shu fikrni mag‘zini anglab olisholmaydi. To‘g‘ri, biz eng tayanch savodxonlik bilimimizni maktab o‘qituvchilaridan, darslikllardan o‘rganamiz , biroq ota- onalarning ham bu masalada oz bo‘lsada hissasi bor. O‘qituvchi 45 minutlik dars davomida sinfdagi barcha o‘quvchilarga birdek mavzuni yetkazib berishi mumkindir, lekin barcha o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobilayati bir xil emas. Uyda ota - onalar farzandlari bilan alohida shug‘ullanishi va darslarni o‘zlashtirishga yordam berishi, imkoni bo‘lsa amaliy shaklda namoyon qilib bersa, ana shunda kutilgan natijaga erishishimiz mumkin. Hozirgi kunda imlo bilan bog‘liq xatolarni juda ko‘p ucharatamiz: mamlakatimizning istalgan ko‘chalaridagi reklamalarda, ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kontentlarda , televideniyada efirga uzatilayotgan r
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada savodxonlikka zarar yetkazuvchi ba’zi omillar va imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilishining ayrim muhim sabablari haqida mushohada yuritildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada savodxonlikka zarar yetkazuvchi ba’zi omillar va imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilishining ayrim muhim sabablari haqida mushohada yuritildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- язык социальных сетей, imlo, savodxonlik, Written speech, орфография, современная молодежь, Письменная речь, social media language, грамотность, ijtimoiy tarmoqlar tili, modern youth, spelling, zamonaviy yoshlar, Yozma nutq, literacy
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025