Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TORSTEYN VEBLENNING SOTSIOLOGIK G‘OYALARI
Qurbonboyeva Farzona · Ilhomov U.
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article illustrates the sociological views of American Sociologists and Business Business. Basically, it is famous for its "nonsense" (i.e., consumption) theory. The formation of social classes in the Weblen Industrial Society has an analyzed the consumer 2006 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 culture and evolution of economic consciousness. He learns the high literal lifestyle, criticizing the economic and social inequality in society, based on the eyes of wealth. Within this topic, the concept of weble and its attitude towards science and technology will also be discussed, as well as the impact of its ideas on the development of modern sociological opinion. Keywords: Thorstein Veblen, conspicuous consumption, leisure class, social stratification, consumer culture, economic consciousness, industrial society, sociological theory, inequality, modern society. Torshteyn Bunde Veblen - amerikalik sotsiolog, iqtisodchi, futurolog va publitsist, PhD. U siyosiy iqtisodda institutsional yo‘nalishning asoschisi bo‘lgan. Torshteyn Bunde Veblen XIX asrda AQShga hijrat qilgan norvegiyalik fermerlarning oilasida Viskonsinda tug‘ilgan. Torshteyn Tomas Veblen va uning rafiqasi Ketining oltinchi farzandi edi. Torshteyn 17 yoshida yigit Norfilddagi Karleton kollejiga o‘qishga kirdi va uni bir yil erta tugatib, imtihonlarni tashqi talaba sifatida topshirdi. Veblen qisqa muddat o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1881-yilda u Xopkins universitetiga o‘qishga kirdi va u erda bir semestrdan kamroq vaqt davomida falsafa va siyosiy iqtisodni o‘rgandi. Ta’limning keyingi bosqichi Yel universiteti bo‘lib, Veblen uni 1884-yilda imtiyozli diplom bilan tugatib, Kant axloqi bo‘yicha “Qasos ta’limotining axloqiy asoslari” dissertatsiyasini himoya qildi va doktorlik darajasini oldi. 1888-yilda Torshteyn Veblen Karleton kollejida tanishgan Ellen Rolfga uylandi. Torshteyn Bunde Veblen bir qator fundamental iqtisodiy va sotsiologik asarlar yozgan. 1895-yilda olim o‘zining birinchi kitobi “Bo‘sh vaqt sinfi nazariyasi” ustida ishlay boshladi. Asar o‘sha davrdagi Chikago va Yevropa haqiqatiga asoslangan. Muallif Karl Marks, Charlz Darvin va Gerbert Spenser asarlaridan ilhomlangan. Birinchi kitobi nashr etilgandan so‘ng, Torshteyn ilmiy doiralarda katta e’tirofga sazovor bo‘ldi. 1904-yilda yozuvchining “Tadbirkorlik nazariyasi” ikkinchi kitobi nashr etildi, ammo bu asar muallifga kerakli muvaffaqiyatni keltirmadi. Muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Torshteynning mashhurligi tez o‘sdi. Olim iqtisodiy nazariyaga “ko‘zga tashlanadigan iste’mol”, “bo‘sh vaqt sinfi”, “Veblen effekti” atamalarini kiritdi. 1910-yildan Torshteyn nafaqat ilm-fan bilan, balki o‘qituvchilik bilan ham shug’ullanadi. U quyidagi muassasalarda dars bergan: Chikago universiteti; Stenford universiteti; Missuri universiteti. 2007 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 XX asr boshlarida Torshteyn Bunde Veblen Nyu-Yorkdagi Ijtimoiy tadqiqotlar uchun yangi maktab asoschilaridan biriga aylandi. Veblen umrining qolgan qismini Kaliforniyada qashshoqlikda o‘tkazdi[1]. Torsteyn Veblen o‘zi sotsiolog bo‘lmasada, iqtisodchi sifatida shunday sotsial nazariyani yaratdiki, u bir qator fanlar singari sotsiologiyaga ham sezilarli va muhim ta’sir o‘tkazdi. Veblen uchun asosiy muammo «biznes» i «sanoatchilar» o‘rtasidagi nizo edi. Biznes deganda, Veblen o‘z kompaniyalari foyda haqida g’amxo‘rlik qiluvchi sanoat egalari, rahbarlarini tushungan, lekin ular narx va foydani yuqori darajada ushlab turish maqsadida, ko‘pincha ishlab chiqarish cheklashga harakat qiladilar. Bu bilan ular sanoat tizimining ishlashiga to‘sqinlik qiladilar va butun bir jamiyatga salbiy ta’sir (misol uchun, ishsizlikni keltirib chiqarish) ko‘rsatadilar. Jamiyat uchun esa eng yaxshi yordam sanoat ishlab chiqarish jarayoniga aralashmaslikdir. Shunday qilib, rahbarlar Veblenga ko‘ra, jamiyatning ko‘plab ichki muammolari sababchilari bo‘lib qoladi. Aslida esa buni sanoat tizimini va uning qanday ishlashini tushunadigan (masalan, muhandislar), shuningdek umumiy farovonlik manfaatini ko‘zlaydigan kishilar boshqarishi kerak. Veblenning “Bo‘sh vaqt sinf nazariyasi” (1899-1994) nomli kitobi uning bugungi kundagi muhim ahamiyatini belgilab beradi. Veblen bo‘sh ishbilarmonlik sinfmi (biznes bilan yaqindan bog‘liq) isrofgarchilik iste'molini rag‘batlantirishdagi roli uchun tanqid qiladi. Jamiyatning qolgan qismida taassurot qoldirish uchun bo‘sh vaqt sinfi “namoyishkorona dam olish”ga (vaqtni bekorga sarflash) va “namoyishkorona iste’mol”ga (mahsulotlarga o‘z narxlaridan ko‘ra ko‘proq pul harajat qilish) berilib ketadi. Bu boshqa sotsial sinf vakillariga ta’sir ko‘rsatadi va ular bevosita yoki bilvosita bo‘sh vaqt sinfiga taqlid qilishga harakat qila boshlaydilar. Natijada "vaqt va pulni" bekorga sarflaydigan jamiyat shakllanadi. Veblenning bu ishidagi juda muhim bo'lgan jihat ushbu davrdagi boshqa sotsiologik ishlardan farqli ravishda (shuningdek, Veblen boshqa asarlari kabi), "Bo‘sh vaqt sinfi nazariy
Доказательный фрагмент
«This article illustrates the sociological views of American Sociologists and Business Business.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article illustrates the sociological views of American Sociologists and Business Business. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Thorstein Veblen, conspicuous consumption, leisure class, social, ijtimoiy tabaqalanish, iqtisodiy ong, Tornsteyn Veblen, sanoat jamiyati, namoyishkorona iste’mol, bo‘sh sinf, modern jamiyat., iste’mol madaniyati, sotsiologik nazariya, tengsizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026