К содержанию
РецензированоRU2024

U.TOMAS VA F.ZNANETSKIYNING “POLYAK DEHQONI YEVROPADA VA AMERIKADA” ASARI

Ikromova Sohiba Suyun qizi · Xusanova Xayriniso Tayirovna

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

This article discusses the causes of family divorces, their negative consequences on children, and ways to prevent them, as well as divorce and marriage statistics in Uzbekistan. Keywords: divorce, family, marriage, husband and wife, children, socio-economics, Uzbekistan. ДИСКРИМИНАЦИЯ И ИХ НЕГАТИВНЫЕ ПОСЛЕДСТВИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация. В данной статье описаны причины семейных разводов, их негативное влияние на детей и их профилактика, статистика разводов и браков в Узбекистане. Ключевые слова: разводы, семья, брак, муж и жена, дети, социально- экономическая ситуация, Узбекиста. O‘zbekistonda ajrimlar soni oxirgi yillarda oshib borayotgani ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ajrimlarning sabablaridan biri — oila a'zolari o‘rtasidagi muvofiqlik va tushunmovchiliklarning hal etilmasligi.Ayniqsa, yoshlar orasida turmushga tayyorgarlik darajasi pastligi, iqtisodiy qiyinchiliklar ajrimlarga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, moddiy qiyinchiliklar, uy-joy muammolari va ishsizlik kabi omillar ajrimlarning ortishiga turtki bo‘lmoqda[1]. Ajrimga sabab bo’luvchi omillar asosan 5 tadan iborat; 1. Er o’z vazifasini bajarmasligi. 2. Ayollar o’z vazifasini bajarmasligi. 3. Muomila ma’daniyatining yo’qligi. 736 Dekabr, 2024-Yil 4. Qaynona-kelin kelishmovchiliklari. 5. Yigit-qizlarning oilaga tayyor emasligi. Ajrim oilaning barcha a’zolariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Asosan farzandlarga,ayollarga hamda jamiyatga. Farzandlarga ta’siri: Ajrim bolalarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir qiladi. Bolalarda stress, xavotir va o‘ziga ishonchsizlikni kuchaytiradi. Bulardan tashqari bolarning tarbiyasida ham nuqsonlar kuzatiladi. Ayollarga ta’siri: Ajrimdan keyin ayollar ba’zida moddiy va ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelishadi. Keyinchalik ular yangi oila qurish yoki mustaqil hayotda ko’plab muammolarga duch kelishlari mumkin. Jamiyatga ta’siri: Ajrimlar ko‘paygan sari jamiyatda ijtimoiy barqarorlik buziladi. Oilalarning buzilishi iqtisodiy-ijtimoiy ko’makka ehtiyoj oshadi. Bu esa davlatga qo‘shimcha yuk yuklaydi. 2024 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra O‘zbekiston aholisi 36,8 mln kishiga yetgan. Shundan 18,3 mln nafarini ayollar, 18,5 mln nafarini erkaklar tashkil etadi. 18,8 mln kishi shaharlarda, 18 mln kishi qishloqlarda yashaydi. Ma’lumotda keltirilishicha, 2023 yilda O‘zbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 283,8 mingni tashkil qilgan. Bu raqam 2022 yilda 296,7 ming bo‘lgan. Respublikada keyingi yillarda ajralishlar soni sezilarli ko‘paygan. Misol uchun, 2021 yilda 39,3 ming nikohdan ajralish qayd etilgan bo‘lsa, bu raqam 2022 yilda 48,7 mingni, 2023 yilda esa 49,2 mingni tashkil qilgan. Shuningdek, Samarqand (4 mln 208,5 ming kishi), Farg‘ona (4 mln 61,5 ming kishi) hamda Andijon (3 mln 394,4 ming kishi) viloyatlari aholisi eng ko‘p bo‘lgan hududlar sifatida qayd etilgan. Sirdaryo (914 ming kishi), Navoiy (1 mln 75,3 ming kishi) va Jizzax (1 mln 507,4 ming kishi) viloyatlari esa aholisi eng kam hududlar hisoblanadi[2]. Turli mamlakatlarda o’tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar va statistik kursatkichlar guvohlik berishicha, ajralishlarning 20% ga yaqini ikki yildan kam davr mobaynida mavjud bo’lgan oilalar hissasiga to’g’ri keladi.[3] Hozirgi kunda O‘zbekistonda oilaviy ajrim dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ajrashishlarning sabablari o‘rganilib, yoshi katta onaxonlar, mahalla faollari muammolarni hal etish yo‘llarini izlashlari lozim. Chunki Islom dinida har bir buzilgan nikoh uchun arshi a’lo larzaga kelishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Oiladagi bolalarning tirik yetim bo‘lib qolishi, jamiyatda tirik yetimlar sonining oshishi taraqqiyotga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. 737 Dekabr, 2024-Yil Yana ta’kidlash joiz-ki, farzandini har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ota-ona zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, deb ta’kidlangan[4]. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, oilaviy ajrim yoqasidagi oilalarni barvaqt aniqlasak va ularga, ularning farzandlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olsak, ko‘p oilaviy ajrimlarning oldini olgan bo‘lamiz. Sog‘lom va mustahkam oila – sog‘lom kelajak poydevori. Oilada sog‘lom ma’naviy muhit, oila a’zolarida o‘zaro hurmat-ehtirom ruhini yaratish, axloqiy va ma’naviy qadriyatlarimizni saqlab qolish, kelajak avlodlarimiz ongiga sog‘lom turmush tarzini singdirish asosiy vazifamiz ekanligini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Ajrimlarning sonini kamaytirish yoshlarni nikohga tayyorlash, oilada o’zaro hurmatni, bir birini tushinishni muomala ma’daniyatini shakllantirish, psixologik yordam va maslahatlar berish ishlarini amalga oshirish zarur.

Доказательный фрагмент

«This article discusses the causes of family divorces, their negative consequences on children, and ways to prevent them, as well as divorce and marriage statistics in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the causes of family divorces, their negative consequences on children, and ways to prevent them, as well as divorce and marriage statistics in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
divorce, family, marriage, husband and wife, children, socio-economics, Polshalik dehqonlar, avtobiografiya, filistayn, kreativ., xat, bogemian
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники