Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Maqol va matallar: tilshunoslikning asosiy elementlari
Jasmina Akmaljonova · Qarshi DUI-kurs talabasi
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqola maqollarining tilda tutgan oʻrni, shuningdek, ularning lingvistik mohiyatini ochishga va frazeologik klassifikasiyaga bagʻishlanadi. Kalitsoʻzlar:Frazeologiya, frazeologik tasnif, qatlam, turgʻunbirikma, semantik tasnif. Tilshunoslikning frazeologiya bo‘limi asosan frazeologizmlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan. Frazeologizm – ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan, semantik jihatdan mustahkam bog‘langan so‘z birikmasi bo‘lib, u lug‘aviy birlik hisoblanadi. Frazeologizmlar tilda tayyor holda mavjud bo‘lgani sababli, ular nutq hodisasi emas, balki til hodisasi sifatida ko‘riladi. Maqollar va matallar frazeologiyaning ajralmas qismi bo‘lib, ularning lingvistik mohiyatini tahlil qilish va kelib chiqish xususiyatlarini o‘rganish frazeologik klassifikatsiyaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, nutqimizni tilda mavjud maqol va matallarsiz tasavvur qilish qiyin. Binobarin, maqol va matallar til frazeologik sistemasining har tomonlama eng boy va eng serqirra manbai boʻlibhisoblanadi. Barcha tillarda leksik hamda frazeologik qatlamlar mavjud. Frazeologik qatlam va uni o`rganuvchi soha frazeologiya deb ataladi. Shuning uchun ham frazeologiya doirasida so`zlarning turg`un birikmalardan tashqari maqol, matal, aforizmlarni olimlar tomonidan turli tasnifqilishgaurinishlarham mavjud. Demak, tilshunoslikda har bir tilning lugʻat tarkibi leksik va frazeologik qatlamlardan iborat va lug`at tarkibidagi frazeologik qatlam frazeologiya sohasi deb yuritiladi va tilshunoslikning mustaqil yoʻnalishlaridan biridir. Frazeologiya hozirgi zamon tilshunosligining asosiy tarmoqlaridan biriboʻlib,har birtildagi turgʻunbirikmalarning ma’nosi va tuzilishini oʻrganadi. Ulugʻ lingvist olim Sharl Balli tilshunoslik sohasiga oid boʻlgan frazeologiya tushunchasiga dastlabki izohni bergandan soʻng, tilshunoslikda Sh. Balli qarashlariga tayanib, frazeologiya tilshunoslikning tadqiqot obʻyektiga asosiy koʻmak beruvchi ilmiy qarash ekanligini kuzatishgan. Turli tillar singari nemis va oʻzbek tillarida juda koʻp oʻtkir tigʻli, obrazli frazeologik birikmalar mavjud. Frazeologiya sohasi nimani oʻrgatishini tushunmoq uchun quyidagi misolga murojaat etaylik. Masalan, nemis tilida: „Anna ist das Herz der Gruppe.“ – “Anna guruhning yuragi” deb tushunmoq va tarjima qilmoq kerakmi? Yo‘q, albatta! Agar kimdir biror jamoada muhimrol o‘ynasa yoki boshqaruvchi bo‘lsa, “Sieist das Herz der Gruppe”deyiladi. Frazeologizmlar tilda bir necha yuz yillardan buyon mavjud boʻlib, koʻpgina iboralar ogʻizdan-ogʻizga koʻchib har birmilliy tilning ravnaqi uchun muhimahamiyat kasbetadi. Frozeologizmlar emotsionallikni ifodalagani uchun ham ular yordamida quvnoq hazilni yoki qaygʻuli voqeani obrazli tasvirlab berish mumkin. Shuning uchun ham ba’zi olimlar, frazeologik birlik deb soʻzlarning barcha turgʻun birikmalarini emas, shulardan ba’zi bir qismlarnigina tan oladilar. Frazeologik birlik boʻlishi uchun soʻzlarning turg`un birikmalari obrazli ma’no, ya’ni koʻchma ma’no anglatgan boʻlishi lozim. Demak, frazeologik birlikda ma’no uning tarkibidagi soʻz komponentlariga xos leksik ma’nolarning oddiy yigʻindisiga teng boʻlmaydi, chunki busoʻzlarkoʻchma ma’noga ega boʻladi. Frazealogiyaning asoschilaridan biri akademik V.V.Vinogradov ma’no birligi va darajasiga qarab, frazeologizmlarni uch guruhga boʻladi [1,8]: 1.PhraseologischeZusammenbildungen (frazeologik chatishmalar) 2.PhraseologischeEinheiten (frazeologik birliklar) 3.PhraseologischeVerbindung (frazeologik birikmalar) Bu guruhlar asosida semantik prinsip mavjud va shuning uchun ham buni semantik tasnif deb atash mumkin. V.V.Vinogradovning frazeologizmlarni semantik tasnifiga asoslanib nemis frazeologiyasida ham salmoqli izlanishlar olib borgan olimlar M.D.Stepanova va I.I.Chernisheva frazeologizmlarnifunksional tamoyil asosidatasnifqilib ikkikatta guruhga boʻladi, ya’ni [1,9]: Samarkand State Institute of Foreign Languages 537 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI 1. Leksik birliklar(LexikalischeEinheiten) 2. Frazeologik bog‘lanishlar(Phraseologische Fügungen) Birinchi guruh nominativfunktsiyaga egafrazeologizmlarni o‘zichiga oladi. Masalan: –„Schlüsseziehen“–„birto‘xtamga (yechimga) kelmoq“ –„inFragekommen“ –„muhokamaqilmoq“ –„inErfahrung bringen“–„bildirmoq, xabar qilmoq“ Ikkinchi guruh esa asl ma’noga ega bo‘lgan frazeologizmlarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi kichik turlarga bo‘linadi: a) Idiomalar (Idiomen) – motivatsiyaga ega bo‘lmagan frazeologik birikmalar. b) Motivatsiyaga ega bo‘lgan frazeologik birikmalar (bildhaftmotivierte phraseologische Wortverbindungen). c) Juft so‘zlar (Wortpaare). d) Maqollar (Sprichwörter). e) Matalar (Geflügelte Worte). f) Turg‘uno‘xshatishlar (stehende Vergleiche). Bundan tashqari, nemis frazeologiyasini boshqacha tasniflashga urinishlarham mavjud [1,9.]. Maqol – narsa va hodisalarni obrazli ifodalovchi tilda keng ishlatiladigan iboradir. Matal soʻzlovchining oʻz nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi. Matal aytilmoqchi boʻ
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola maqollarining tilda tutgan oʻrni, shuningdek, ularning lingvistik mohiyatini ochishga va frazeologik klassifikasiyaga bagʻishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola maqollarining tilda tutgan oʻrni, shuningdek, ularning lingvistik mohiyatini ochishga va frazeologik klassifikasiyaga bagʻishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- frazeologik tasnif, семантическая классификация, Frazeologiya, страта, semantik tasnif, qatlam, turgʻun birikma, Фразеология, semantic classification, stable combination, фразеологическая классификация, Phraseology, устойчивое сочетание, stratum, phraseological classification
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025