Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Ilmiy tadqiqotlar jarayonida yoshlarning innovatsion g’oyalari
ILMIYTADQIQOTLARJARAYONIDA YOSHLARNING INNOVATSION · Nasimova SohibaYaxyayevna · Bahronova DurnigorG‘ayrat qizi
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 367-369 · 2026
Аннотация
Ma’lumki, innovatsion g’oyalar, texnologik jihatdan ilg’or davlatlar va jahon miqyosidagi rivojlangan davlatlar ro’yhatida yetakchi o’rinni egallaydi. Shunday ekan, innovatsiyalar va bu boradagi ishlar, o’zimizning ilmiy mahoratimizni oshirish, yoshlarimiz, tadqiqotchilarimizni va olimlarimizning maqsadi, kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo’lishikerak. Kalit so‘zlar: Xalqaro, zamonaviy, ta’lim, innovatsiya, fan-texnika, mohiyat, pedagogik mahorat, jamiyat. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni talab etadi. Bunda bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. So`nggi yillarda O`zbekistonda milliy ta’lim sohasida yangi islohotlar boshlandi. Ta’limni boshqarish hukumat boshlig`i tomonidan qattiq tanqidlarga uchradi. Respublika milliy ta’lim tizimini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish muammosiga tizimli innovatsion yondoshishga qaratilgan normativ – huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. Mohiyatiga ko‘ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi takomillashtirilgan mahsulotni yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi: – yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi; – pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; –novatorlikdarajasi; –kommunikativqobiliyatning rivojlanganligi. Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo‘naltirish asosida, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. Demak, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar sodirbo‘lishiga olib keladi. [1] O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek: “Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida e’tirof etilgan olimlar ko‘p. Ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. YOsh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo‘lda hech narsani ayamaymiz... Jahonning etakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiyhamkorlikni yanada rivojlantirishnizamonning o‘zitalab qilmoqda”. Aholisi ijtimoiylashgan jamiyat kuchli jamiyatdir. Zero, kuchli jamiyat – bu inson huquqlari va erkinliklarini, demokartik qadriyatlarni ustuvor biluvchi va inson omilini ro‘yobga chiqaruvchi jamiyatdir [3]. Ijtimoiy faol shaxs esa bu – davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etuvchi vajamoaga etakchilik qiluvchi shaxsdir[4]. Ijobiy shaxsiy namuna - o‘quvchilar shaxsini shakllantirishda alohida o‘rin egallashi mumkin bo‘lgan metod bo‘lib, shaxsga shaxs orqali ta’sir etishning eng ob’ektiv yo‘li hisoblanadi. Yoshlar balog‘at yoshiga etib, mustaqil hayotni boshlagunlariga qadar bilish, o‘rganish Samarkand State Institute of Foreign Languages 486 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI jarayonida o‘qituvchi-tarbiyachiga, ota-onaga, qo‘ni-qo‘shniga, doston, drama yoki adabiy asarlar qahramonlariga taqlid qilishadi. O‘quvchilar o‘zlari yoqtiradigan odamga taqlid qilish natijasida o‘zlarini mag‘rur tutadilar, xatti-harakatlari xuddi kattalarnikidek tuyuladi. YA.N.Komenskiyning fikricha, «Bola o‘qishni o‘rganishdan oldin taqlid qilishni o‘rganadi» [5]. Taqlid qilish orqali yoshlarning o‘z tajribasi qo‘shilib ketib, ularda yangi shaxsiy xislatlar paydo bo‘laboshlaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim omillaridan biri bo‘lajak – mutaxassisning shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlari bilan kasbiy faoliyatning talablari o‘rtasidagi uzilishni bartaraf etish zarurligini anglab, tushunib olishdan iborat. Bunday tushunchaning hosil bo‘lishi har bir yigit, qizda o‘z bilimlarini oshirish ustida mustaqil ishlashga, o‘z-o‘zini tarbiyalashga intilish hissini uyg‘otadi. Ushbudasturana shu maqsadlarni amalgaoshirishdayordam beradi. Maqolada yoshlarning ilmiy tafakkurini shakllantirishda ilm-fan va innovatsion faoliyatning o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berildi. Ilm-fan, madaniy rivojlanish taraqqiyoti kuchaygan sari insonni tarbiyalash, uning qalbini davolash zaruriyati dolzarb muamolardan biri hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda innovatsion faoliyatni rivo
Доказательный фрагмент
«Ma’lumki, innovatsion g’oyalar, texnologik jihatdan ilg’or davlatlar va jahon miqyosidagi rivojlangan davlatlar ro’yhatida yetakchi o’rinni egallaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMa’lumki, innovatsion g’oyalar, texnologik jihatdan ilg’or davlatlar va jahon miqyosidagi rivojlangan davlatlar ro’yhatida yetakchi o’rinni egallaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, innovation, инновации, общество, jamiyat, fan-texnika, педагогическое мастерство, modern, International, наука и технологии, pedagogik mahorat, образование, pedagogical skills, сущность, science and technology, mohiyat, zamonaviy, современный, Xalqaro, essence, ta’lim, innovatsiya, Международный, society
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025