Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Til oʻrganishning samarali metodlari
TILOʻRGANISHNING SAMARALI METODLARI · Axmedjanova FaridaDjavairovna · Roʻzimurotova Eʼzozxon Husniddinqizi
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 367-369 · 2026
Аннотация
Bugungi rivojlanib borayotgan dunyoda chet tillarini bilish muhim koʻnikmaga aylanib bormoqda. Biroq aksariyat oʻrganuvchilar anʼanaviy yondashuvlar bilan til oʻrganishda biroz qiyinchiliklarga duch keladi yoki zerikib, jarayondan voz kechadi. Shusababli, ushbu maqolada zamonaviy va samarali til oʻrganish usullari, innovatsion texnologiyalar, o‘yinlashtirish va immersiv yondashuvlar haqida soʻz yuritiladi. Ushbu mavzuni yoritishimning asosiy sababi – til oʻrganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilishga yordam berish hamdaoʻquvchilarga mos keladigan usulnitopishdayoʻl-yoʻriq koʻrsatishdir. Kalitsoʻzlar: Til o‘rganish, chet tili,innovatsion texnologiyalar, o‘yinlashtirish, samarali metodlar. Shubhasiz, til oʻrganish bugungi davrning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Misol uchun, Buyuk Britaniyada tilni maktabdan o’rganishga chuqur e’tibor berilmaganligi tufayli mamlakat har yili £48 miqdoridan ko‘p xalqaro biznes imkoniyatlarini qo’ldan boy beradi. Aslida biz nega chet tilini oʻrganishga ehtiyoj sezamiz? Bu bir qancha sabablar tufayli boʻlishi mumkin[1, 11]. Ayrim odamlar chet elda oʻqish, yoki sayohat qilish uchun muayyan tilni oʻrgansa, boshqalar maʼlum bir kasb egasi boʻlish, ya'ni kariyera uchun oʻrganishadi. Nima boʻlgan taqdirda ham tilni samarali tarzda oʻrganish va undan erkin foydalana olish asosiy maqsad hisoblanadi. Negaki, xorijiy tilni oʻrganish orqali xotirani mustahkamlash, ushbu jarayonda boshqa mamlakatlarning urf-odatlari, madaniyatlarini oʻrganib, dunyoqarashni turli nuqtai nazardan kengaytirish va jamiyat oʻrtasida ochiq fikrga ega boʻlish mumkin. Biroq bu borada anʼanaviy metodlar doim ham ish bermaydi yoki ular koʻpchilik tomondan zerikarli deb aytib oʻtiladi[2,357]. 1. Innovatsion texnologiyalar orqali til oʻrganish hozirgi zamonning eng keng tarqalgan metodlaridan biri hisoblanadi. Ular har tomonlama qulay, ortiqcha vaqt va mablagʻ talab qilmagan holda til oʻrganish imkonini beradi. Masalan, Duolingo, Memrise kabi ilovalar yangi soʻz yodlash hamda ularni muntazam ravishda takrorlab turish uchun juda foydali. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda video va interaktiv kurslarga qatnashish, BBC learning English, Udemy and Khan academy kabi platformalardan foydalanib, 4 koʻnikma asosida til oʻrganish mumkin. Bundan tashqari, smartfondan foydalangan holda ovozni yozib olish, uni qayta tinglash va xatolarni tahlil qilish ham til oʻrganishda qoʻllaniladigan tadbirlardan biridir [3, 11]. 2.Oʻyinlar orqali til oʻrganish ham qiziqarli va samarali usullardan biri hisoblanadi. Chunki oʻyinlar o‘rganuvchiga doimiy ravishda yangi so‘zlarni o‘rgatadi, interaktiv muhit yaratadi va real hayotga yaqin tajriba beradi. Bu usul maktab oʻquchilariga til oʻrgatishda ham qiziqarli usul sifatida tan olingan. Shuni aytib oʻtish joizki, bolalarga til oʻrgatishda shunday oʻyinlardan foydalanish kerakki, unda barcha oʻquvchilar birdek ishtirok etishsin hamda darsdan yangilik olishsin. Oʻyin davomida berilgan topshiriqlar, muloqot va vazifalar o‘yinchini chet tilida fikrlashga majbur qiladi. Masalan, RPG o‘yinlari, strategik va interaktiv hikoya asosidagi oʻyinlar orqali yangi so‘zlarni kontekstda o‘rganish mumkin. Shuningdek, onlayn koʻp o‘yinchi rejimida (multiplayer) boshqa o‘yinchilar bilan suhbat qilish, chet tilida yozish va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinlar ichida matnli topshiriqlar, subtitrlar va ovozli dialoglar bo‘lishi esa tinglab tushunish va talaffuzni rivojlantirish uchun ayni muddao. Shu sababli, oʻyinlar yordamida chet tilini o‘rganish nafaqat foydali, balki zavqli jarayonga ham aylanadi[4,38]. Samarkand State Institute of Foreign Languages 482 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI 3. Og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlanishi haqida Krashen nazariyasiga ko‘ra, navbatdagi kontroler – nazoratchi gipotezasida olim til o‘rganuvchi tilni faqat qonun qoidalar asosida o‘rganish haqida mulohazasida o‘rganilayotgan chet tilida gapirayotganda o‘rganuvchining ongi ifodalayotgan fikrni grammatik, fonetik o‘rganilgan qoidalar asosida tuzilayotganligini nazorat qiladi, ba’zi o‘rganuvchilarga miyaning bunday boshqaruvi chet tilida gapirishga uyalish ikkilanish hissini beradi. Olimning fikricha, ong nazoratini chegaralash, ya’ni xato qilishdan qo‘rqmaslik chet tilida gapirish ko‘nikmasini yaxshiroq rivojlanishiga olib keladi. Qisqa qilib aytganda, onging tilga ko‘chayotgan fikri ustidan nazoratini chegaralash, tilga ko‘chgan fikr miyada tahlil qilinganda xato kamchiliklar aniqlansa-da, fikrni ifodalashdan uyalmaslik lozim bo‘ladi vanatijadavaqt o‘tib brogan sari kamchiliklaro‘z-o‘zidan yaxshilanib boradi[5, 62]. 4. Oʻrganganni oʻrgatish. Ushbu metod eng samarali usullardan bir boʻlishi shubhasiz. Masalan, kuniga chet tiliga oid yangi iboralar, grammatik qoidalarni oʻrganish, lugʻatlar yodlash hamda ularni kimgadir aytib berish, tushuntirib berishga harakat qilish, ushbu maʼlumotlarning xotirada uzoq muddat saqlanib qolish
Доказательный фрагмент
«Bugungi rivojlanib borayotgan dunyoda chet tillarini bilish muhim koʻnikmaga aylanib bormoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi rivojlanib borayotgan dunyoda chet tillarini bilish muhim koʻnikmaga aylanib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- эффективные методы, Изучение языка, foreign language, инновационные технологии, геймификация, chet tili, gamification, effective methods, Language learning, innovatsion texnologiyalar, o‘yinlashtirish, samarali metodlar, innovative technologies, Til o‘rganish, иностранный язык
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025