К содержанию
РецензированоUZ2026

Tillarning ijtimoiy tabiati va antinomiyalari

TILLARNINGIJTIMOIYTABIATI VAANTINOMIYALARI

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 152-155 · 2026

Аннотация

ushbu maqola orqali tillarning kelib chiqishi, tabiati, kishilik jamiyatida tutadigan o’rni, ushbu sohada ish olib brogan va til nazariyalarni ishlab chiqqan olimlar, tilllar tabiatining to dastlabki rivojlanish bosqichidan to hozirgi darajaga kelishi haqida xronologik tartibda bilibolishingiz mumkin. Kalit so’zlar: til, kishilik jamiyati, lotin, sug’d, Xorazm, Gumboldt, antinomiya, Hindiston,o’lik til,etnografik fanlar. Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo‘lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo‘ladi. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir. Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo‘ladi ( boshqacha aytganda , “tug‘iladi”, taraqqiy etadi, “o‘sadi”), bir jamiyat yo‘q bo‘lishi bilan til ham asta – sekin iste’moldan chiqa boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan o‘lik til bo‘lib qoladi. Masalan, lotin, sug‘d, qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq tilninng paydo bo‘lishi (“ tug‘ilishi”) taraqqiy etishi (“o‘sishi”) va iste’mol qilinmay qolishi (“o‘lishi”) biologik jarayon emas, balki jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Shuning uchun til qonunlarini, uning taraqqiyot yo‘llarini jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan bog‘liq holda o‘rgangandagina masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin. Demak, jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir. Til o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun birtizimni tashkil etadi. Umumiy tilshunoslik fanining asoschisi V. fon Gumboldt (1767-1835) tilshunoslik fanining asosiy masalalarini, predmetini va chegarasini belgilab berishga harakat qilgan mashhur olim edi. V. Gumboldt tilshunoslikni inson o‘rganadigan tarixiy, falsafiy, etnografik fanlar qatoriga qo‘shishga harakat qildi. V. Gumboldt ta'rificha, til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan sifat va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir, shuning uchun ham tilni ilmiy o‘rganishda, uning haqiqiy mohiyatini tushunishda antinomiya qarama-qarshilik metodini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.Til tabiatiga xosasosiy antinomiyalar quyidagilardir: Birinchi antinomiya: til bilan tafakkurning ajralmas birligi va ichki qarama-qarshiligidir. Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, tilning ham tafakkurdan ajratib qo‘yilishi mumkin emas. Ikkinchi antinomiya: til har doim rivojlanib turadigan dinamik hodisadir. Bir tomondan, til faoliyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, faoliyat mahsulidir. Tilda so‘zlovchi har bir kishi o‘zining nutq faoliyati jarayonida tilning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shadi. Shu bilan birga til insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha tarixiy boyliklarini mujassamlantirgan va avloddan-avlodga o‘tib boradigan aniq tarixiy me’yordir. “Aslida til”, “egrгoн” (faoliyat mahsuli) emas, balki “enерgiyа” (faoliyat) ning o‘zginasidir. Bu antinomiyadan ko‘rinib turibdiki, V. Gumboldt til bilan nutqning tilshunoslik fani ob'ektlari, sifatida ajratib o‘rganish masalasini ilgari surgan. Demak, ikkinchi antinomiya til bilan nutqning o‘zaro munosabati masalasidan iborat. Uchinchi antinomiya: nutq va tushunish antinomiyasidir. V. Gumboldtta'rifiga ko‘ra nutq bilannutqni tushunishinson nutq faoliyatining ikkitomonini tashkiletadi. To‘rtinchi antinomiya: tildagi obyektiv va subyektiv xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. V. Gumboldtning fikricha, har bir individ insoniyat kollektivi tomonidan yaratilgan tildan Samarkand State Institute of Foreign Languages 479 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Subyektiv hodisa sifatida esa har bir so‘zlovchio‘zining nutqiy faoliyati jarayonida tilningrivoji uchuno‘zhissasiniqo‘shadi [4:15]. XX asr boshlarida Hindistonda ro‘y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo‘la oladi. U yerda bo‘rilar to‘dasi orasida ikki qizchaga duch kelingan. Qizchalardan biri 2, boshqasi 7-8 yashar bo‘lgan. Ular bo‘rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilishmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki go‘dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko‘p vaqt o‘tmay, kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr ko‘rdi, ammo tilvayurish-turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi[1:8]. Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni o ‘rtaga tashlagan. Demokrit va boshqalar (asrimizgacha bo‘lgan 460-370-yillar) tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, demak, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikmi ilgari surishgan. Bu guruh olimlar ano

Доказательный фрагмент

«ushbu maqola orqali tillarning kelib chiqishi, tabiati, kishilik jamiyatida tutadigan o’rni, ushbu sohada ish olib brogan va til nazariyalarni ishlab chiqqan olimlar, tilllar tabiatining to dastlabki rivojlanish bosqi…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqola orqali tillarning kelib chiqishi, tabiati, kishilik jamiyatida tutadigan o’rni, ushbu sohada ish olib brogan va til nazariyalarni ishlab chiqqan olimlar, tilllar tabiatining to dastlabki rivojlanish bosqi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sughd, антиномия, Latin, Xorazm, ethnographic sciences, o’lik til, antinomiya, sug’d, Gumboldt, kishilik jamiyati, human society, lotin, мертвый язык, til, Гумбольдт, India, человеческое общество, Хорезм, язык, dead language, Индия, etnografik fanlar, Hindiston, латынь, согдийский, Humboldt, antinomy, language, Khorezm, этнографические науки
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники