К содержанию
РецензированоUZ2024

IQLIM O‘ZGARISHI VA TURIZM: SAYYOHLIK FAOLIYATIGA GLOBAL IQLIM TA’SIRI

IQLIM TA’SIRI · TOUP U: Yo’ldashev Sirojiddin (Kimyo International University in Tashkent) · Qodirov Hushnudbek (Kimyo International University in Tashkent) · Scientific adviser: Yo`ldoshev Abdumalik Ilxomovich (Kimyo International University in Tashkent)

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada global iqlim o‘zgarishining turizm sohasiga ta’siri, uning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan. Iqlimning isib borishi, ekstremal ob-havo hodisalari, dengiz sathining ko‘tarilishi va boshqa ekologik omillar sayyohlik faoliyatining barqaror rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani ko‘rsatib berilgan. Ayniqsa, tog‘li va dengizbo‘yi kurortlar, madaniy meros obyektlari hamda ekoturizm hududlari iqlim o‘zgarishiga nisbatan eng zaif hududlar sifatida baholangan. Maqolada, shuningdek, turizm sohasining iqlimga moslashuvi yo‘llari, barqaror strategiyalar, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Ilmiy yondashuv asosida yozilgan ushbu maqola iqlim tahdidlariga nisbatan barqaror turizm siyosatini shakllantirishda foydali ilmiy- amaliy tavsiyalarni beradi. Kalit so’zlar: iqlim o‘zgarishi, turizm, global isish, barqaror turizm, ekologik tahdid, sayyohlik siyosati, ekoturizm, iqlimga moslashuv, xalqaro tajriba, O‘zbekiston turizmi So‘nggi o‘n yilliklarda global iqlim o‘zgarishi jahon miqyosida eng muhim ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biriga aylandi. Atmosferadagi issiqxona gazlarining ortishi, haroratning oshishi, ekstremal ob-havo hodisalari, muzliklarning erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi kabi omillar sayyoramizdagi tabiiy tizimlarning 95 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4 beqarorligiga olib kelmoqda. Bu holat deyarli barcha sohalarga, jumladan, turizmga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Turizm – iqtisodiyotning eng dinamik tarmoqlaridan biri bo‘lib, millionlab odamlarni ish bilan ta’minlaydi va mamlakatlar byudjetiga muhim daromad keltiradi. Biroq iqlim o‘zgarishi ushbu sohaning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishining turizmga bevosita va bilvosita ta’siri, bu muammoga nisbatan xalqaro hamda milliy darajadagi yondashuvlar, shuningdek, iqlimga moslashgan barqaror turizm strategiyalari tahlil etiladi. Iqlim o‘zgarishining sayyohlik faoliyatiga ta’sir shakllari Iqlim turizmda eng muhim tabiiy omil hisoblanadi. Har bir sayyoh ma’lum bir hududga tashrif buyurishdan oldin uning ob-havo sharoitlari, fasllar, harorat, yog‘ingarchilik, quyosh nuri, havo namligi va boshqa tabiiy omillarni inobatga oladi. Shu bois, iqlim o‘zgarishi turizm oqimini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllantiradi. 1. Qor va tog‘li kurortlarga tahdid – Global isish sababli tog‘li hududlardagi qor miqdori kamaymoqda. Bu esa qishki sport turlari, xususan chang‘i turizmi bilan shug‘ullanuvchi kurortlar uchun jiddiy muammo tug‘diradi. Shveysariya, Avstriya, Fransiya kabi Alp tog‘larida joylashgan kurortlar allaqachon bu tahdidni his qilgan. 2. Plyaj va dengiz sohilidagi turizmga xavf – Dengiz sathining ko‘tarilishi va qirg‘oqlarda eroziya kuchayishi plyaj turizmi uchun xavf tug‘diradi. Masalan, Maldiv orollari, Indoneziya, Tailand kabi mashhur dengiz kurortlarida joylashgan turizm infratuzilmasi yo‘qolish xavfi ostida qolmoqda. 3. Ekstremal ob-havo hodisalari xavfi – Tornado, to‘fon, o‘rmon yong‘inlari, kuchli yomg‘irlar va sel-suv toshqinlari turistik mavsumni qisqartiradi, sayyohlar xavfsizligi tahdid ostida qoladi. Bu holat sug‘urta xarajatlarining oshishiga, mehmonxona va transport xizmatlarida ishonchsizlik yuzaga kelishiga olib keladi. 96 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4 4. Madaniy va tabiiy meros obyektlariga zarar yetishi – Iqlim o‘zgarishi tufayli tarixiy binolar, yodgorliklar, o‘rmonlar, biosferalar va boshqa noyob ekotizimlar nobud bo‘lishi mumkin. Bu esa ekoturizm va madaniy turizm yo‘nalishlarini ham xavf ostida qoldiradi. Iqlim o‘zgarishiga moslashuv va barqaror turizm strategiyalari Iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siriga qaramay, turizm sohasi moslashuvchan strategiyalar orqali bu xavfning oldini olish yoki yumshatish imkoniga ega. Quyidagi yo‘nalishlar iqlimga chidamli turizmni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi: • Ekologik toza transport vositalarini qo‘llash: Elektr transport, veloturizm va piyoda yo‘llar orqali sayyohlikni uglerod izisiz tashkil etish mumkin. • Turizm obyektlarini iqlim xavfiga mos loyihalash: Mehmonxonalar, dam olish maskanlari suv bosishi yoki kuchli shamollarga qarshi bardoshli tarzda qurilishi zarur. • Yashil turizm konsepsiyasini joriy etish: Sayyohlar atrof-muhitga zarar keltirmaydigan faoliyat turlariga jalb qilinadi – masalan, agroekoturizm, etno-turizm, bioxilma-xillikni o‘rganishga qaratilgan ekskursiyalar. • Mahalliy aholi ishtirokini oshirish: Turizmni iqlimga moslashtirishda mahalliy aholi bilimlari, tajribasi va ishtiroki muhim ahamiyatga ega. • Raqamli texnologiyalarni joriy etish: Virtual sayohatlar, onlayn gidlar, AR/VR texnologiyalari orqali sayyohlik faoliyatini xavfsiz va barqaror usulda davom ettirish mumkin. O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va turizmga yondashuv O‘zbekistonning iqlim sharoiti qurg‘oqchil va yarim cho‘l hududlardan iborat

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada global iqlim o‘zgarishining turizm sohasiga ta’siri, uning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada global iqlim o‘zgarishining turizm sohasiga ta’siri, uning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqlim o‘zgarishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники