К содержанию
РецензированоRU2024

XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA ONA OBRAZI

To‘rayeva Sadoqat Qahramonovna

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

This article analyzes the image of the mother in the poetry of the famous poet Khurshid Davron, who holds a special place in Uzbek literature. Keywords: Uzbek mother, love, attitude, female psyche, Uzbek literature. Образ матери в поэзии Хуршида Даврона Тораева Садокат Кахрамоновна (Ургенчский государственный университет, факультет филологии и искусств, студентка 2 курса, преподавание филологии и языка: узбекский язык. Е-mail: kahramonovna226@gmail.com) Аннотация: В данной статье анализируется образ матери в поэзии известного поэта Хуршида Даврона, занимающий особое место в узбекской литературе. Ключевые слова: узбекская мать, любовь, отношения, женский менталитет, узбекская литература. 74 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4 Kirish (Введение/Introduction). Xoh o‘zbek adabiyoti bo‘lsin, xoh jahon adabiyoti ularning barchasida ona mavzusi yetakchilik qiladi. Ayniqsa, o‘zbek adabiyotida ona obrazini yaratish, uning ruhiyatini tasvirlashga alohida e’tibor qaratiladi va bu katta mahorat talab etadi. Ana shunday mahoratga ega bo‘lgan shoirlarimizdan biri Xurshid Davron hisoblanadi. Uning “Shoirning onasi”, “Ayol, qayg‘u va muhabbat haqida”, “Kampir haqida she’r”, “Meni quvontirar bu kun, bu yomg‘ir”, “Sizga ishonardim”, “Opa” kabi she’rlarida ayol siymosining ramziy va falsafiy talqinlari ochib berilgan. Xurshid Davron she’riyatida ona obrazi o‘ziga xos mehr, sog‘inch va falsafiy mushohadalar bilan gavdalantirilgan. Uning she’rlarida ona nafaqat inson uchun eng yaqin va aziz zot sifatida tasvirlanadi, balki u millat, Vatan va tarix bilan bog‘liq ramziy timsol sifatida ham talqin qilinadi. Shoir onaning mehribonligi va fidoyiligini samimiy, ta’sirchan va badiiy joziba bilan ifodalagan. Shu xususda O‘tkir Hoshimov “Ayol kishiga avvalo Ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi”[1], - deya onalik maqomini har nedan ustun qo‘ygan desak, adashmaymiz. Bir so‘z bilan aytganda, ona bo‘lish qanchalik mashaqqatli va mas’uliyatli ekanligini yozuvchi shu fikrlari orqali bizga yetkazmoqchi bo‘lgan. Adabiyotlar tahlili va metodologiya (Литература и методология/Materials and methods). Xurshid Davron she’riyatida ona obrazi alohida ahamiyat kasb etadi va shoir ijodida ona obrazi o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Ana shunday jihatlarini Qozoqboy Yo‘ldoshev [2], Dilfuza Tajibayevalar [3] o‘z maqolalarida yoritib bergan, ammo ushbu mavzu to‘laqonli ravishda ochib berilmagan. Ushbu maqolada esa shoir she’riyatidagi ona obraziga alohida to‘xtalib, ba’zi fikrlar bildirib o‘tilgan. Mavzuni o‘rganish jarayonida esa struktural tahlil usuli hamda qiyosiy-tipologik tasniflash kabi metodlardan foydalanildi. Muhokama va natijalar (Обсуждение и результаты/Discussion and results). Xurshid Davronning ona siymosiga bag‘ishlangan she’rlarida inson va umr, ota-onaga bo‘lgan hurmat, ularning duosiga sazovor bo‘lish kabi mavzular qalamga olinadi. U onaning bolaga qilgan fidokorligi va beqiyos mehrini oddiy hayotiy manzaralar orqali tasvirlab, bu jarayonda o‘quvchini ham chuqur mushohadaga chorlaydi. 75 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4 Shoirning ba’zi she’rlarida ona siymosi bilan Vatan timsoli uyg‘unlashib ketgan. Bu tasvir orqali u xalq taqdiri, milliy ong va tarixiy xotirani nazarda tutib, o‘zbek adabiyotining chuqur ildizlariga tayangan holda ona obrazini gavdalantiradi. Xurshid Davronning “Shoirning onasi” deb nomlangan she’ri yuqoridagi fikrlarimizni isbotlaydi. She’rning mavzusidanoq oddiy insonning onasi bilan shoirning onasi o‘rtasida qanday farq bo‘lishi mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Shoirning aynan shu she’rida ushbu savolga javob topish mumkin. Bilamizki, ko‘pchilik shoirlar ijodiy safar yoki bo‘lmasam boshqa sabablar bilan ona qishlog‘idan, hatto ona yurtidan olislarda yashashiga to‘g‘ri kelib qoladi. She’rning birinchi misrasida ham ana shu holat tasvirlangan, ya’ni onasi qishloqdan shaharga, farzandining yoniga uni ko‘rish uchun keladi. Ular birga yashay boshlar ekan, oila yana bir dasturxon atrofida jamuljam bo‘ladi va birgalikda nonushta qila boshlaydilar. Va bu esa ma’lum bir ma’noda shoir onasining orzusi edi. Ona kelib olis qishloqdan O‘g‘li bilan yashay boshladi Va dasturxon yozilgan choqda Shirmoy nonning chetin tishladi.[4, 41-b] Keyingi misralarda esa onaning farzandi uyidagi sarguzashtlari tasvirlangan. Ya’ni orzusiga erishgan ona o‘g‘liga xuddi yosh bolani parvarishlagandek g‘amxo‘rlik qiladi va hamma yumushlarni yugurib-yelib qiladi. Onasi o‘g‘lining kir-chirlarini yuvar ekan, shoir buni bir bozor kir deya o‘xshatish qiladi. Ona farzandining uyiga quyosh singari uyini yoritib kirib kelganidek, uydagi so‘lib qolgan gullarga ham jon baxsh etadi. Bog‘chadan qaytib kelgan nevaralargiga ham turli-tuman ertaklar aytib beradi. Yuvib berdi bir bozor kirni, Suvlar quydi so‘lgan gullarga. Nevaralar bog‘chadan qaytgach, Ertak aytib berdi ularga. [5, 41-b] 76 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Fact

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the image of the mother in the poetry of the famous poet Khurshid Davron, who holds a special place in Uzbek literature.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the image of the mother in the poetry of the famous poet Khurshid Davron, who holds a special place in Uzbek literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek mother, love, attitude, female psyche, Uzbek literature, munosabat, o‘zbek adabiyoti., o‘zbek onasi, ayol ruhiyati, mehr-muhabbat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники