К содержанию
РецензированоUZ2026

Nemis tilini o‘qitishda refleksiv kompetentsiyani rivojlantirish strategiyalari

NEMIS TILINIO‘QITISHDAREFLEKSIV KOMPETENTSIYANI

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2 · 76–84 · 2026

Аннотация

Zamonaviy til ta’limi paradigmasida refleksiv kompetentsiyani rivojlantirish xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirishda muhim mezonlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada nemis tili talabalari orasida refleksiv kompetentsiyani shakllantirish varivojlantirishga xizmat qiluvchi ilg‘or usul va strategiyalar tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy adabiyotlar va ilmiy manbalar chuqur tahlil qilinib, pedagogik innovatsiyalar doirasida refleksiv ta’lim texnologiyalarining samaradorligi baholanadi. Olingan empirik natijalar shuni ko‘rsatadiki, aks ettiruvchi amaliyotlar, talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim modeli va interaktiv hamkorlik usullarining integratsiyalashuvi nemis tili o‘rganish jarayonida refleksiv kompetentsiyani sezilarli darajada rivojlantirish imkonini beradi. Mazkur yondashuvlar xorijiy til ta’limining metodologik asoslarini takomillashtirishga hamda o‘qitish jarayonining sifatini oshirishga xizmat qilishimumkin. Kalit so'zlar: refleksiv tafakkur, strategiyalar, rolli o’yin, integratsiya, pedagogik mexanizm Zamonaviy ta’lim jarayoni shiddat bilan o‘zgarib borayotgan jamiyat ehtiyojlariga mos holda shakllanmoqda. Ayniqsa, chet tillarini o‘qitishda nafaqat lingvistik bilimlarni o‘zlashtirish, balki talabalarning refleksiv tafakkurini rivojlantirish ham dolzarb masalalardan biri sifatida maydonga chiqmoqda. Refleksiv kompetentsiya – bu shaxsning o‘z bilim va tajribalarini tahlil qilish, o‘quv faoliyatidagi kuchli va zaif tomonlarini anglash, o‘z o‘rganish strategiyalarini optimallashtirish hamda yangi bilimlarni ongli ravishda qabul qilish qobiliyatidir. Ushbu kompetentsiyani rivojlantirishnemis tilinio‘qitish jarayonining ajralmas qismigaaylanishi lozim. Refleksiv kompetentsiya – bu til o‘rganish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u talabalarga o‘z o‘quv faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, mustaqil ravishda takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash va o‘quv jarayonida uchraydigan muammolarni hal etish strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini taqdim etadi. Ayniqsa, nemis tilini o‘rganishda ushbu kompetentsiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki ushbu tilning murakkab grammatik tizimi, boy leksik resurslari va murakkab sintaksisi talabalar uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Shu sababli, nemis tilini o‘rgatuvchi pedagoglar o‘quv jarayonida refleksiv kompetentsiyani shakllantirish uchun innovatsion yondashuv va metodlardan foydalanishlari zarur. Ushbu maqolada nemis tili talabalari orasida refleksiv kompetentsiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali strategiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotusullari Mazkur tadqiqot doirasida turli manbalar tahlili, ta’lim metodlarining qiyosiy o‘rganilishi hamda ularning sinf sharoitida qo‘llanilish natijalarini baholash kabi aralash metodologik yondashuvdan foydalaniladi. Avvalo, adabiyotlarni ko‘rib chiqish orqali refleksiv kompetentsiya tushunchasining nazariy asoslari va til o‘rganish jarayonidagi ahamiyati o‘rganiladi. Shuningdek, nemis tilini o‘qitishda qo‘llaniladigan reflektiv yondashuvlar, talabalarga yo‘naltirilgan metodlar hamda tengdoshlararo o‘rganish strategiyalarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari esa bevositasinfsharoitidatajribaviy sinovdan o‘tkazilib, baholanadi. Tadqiqotnatijalari vatahlil Refleksiv kompetentsiyani rivojlantirish talabalarga nafaqat til o‘rganish jarayonida, balki umumiy akademik hamda kasbiy rivojlanishda ham muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu kompetentsiya shaxsning o‘z bilim, qadriyat va qarashlarini tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirib, boshqalar nuqtai nazarini anglash va hurmat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam Samarkand State Institute of Foreign Languages 341 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI beradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagi strategiyalar talabalar orasida refleksiv kompetentsiyani rivojlantirishdasamarali natijabergan: 1. O‘z-o‘zini aks ettirish faoliyatlarini rag‘batlantirish Talabalarning o‘z til o‘rganish tajribasi, shaxsiy fikr va qarashlari ustida mulohaza yuritishlarini rag‘batlantirish zarur. Bu jarayon kundalik jurnal yozish, kichik guruhlarda muhokamalaro‘tkazish yoki refleksiv yozma topshiriqlarorqali amalga oshirilishimumkin. 2. Aksettiruvchi savollarvamuhokamalar. O‘quv jarayonida ochiq savollar va chuqur tahliliy muhokamalar orqali talabalarni fikrlashga undash muhim. Masalan, "Bugungi darsda qanday yangi narsalarni o‘rgandingiz?" yoki "Bu bilim sizning til o‘rganish strategiyalaringizni qanday o‘zgartiradi?" kabi savollar ularning mustaqilfikrlashini rivojlantiradi. 3. Tengdoshlararo va fikralmashish Talabalar o‘zaro fikr almashish, bahs-munozaralar tashkil etish orqali refleksiv tafakkurlarini rivojlantirishlari mumkin. Guruhiy muhokamalar, rolli o‘yinlar va hamkorlikda yozish amaliyotlari orqali ularning o‘z tajribalarini baholash vatahlil qilishqobiliyatlari ortadi. 4. Refleksivportfoliolaryuritish Talabalar o‘z o‘quv jarayonini nazorat qilish, o

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy til ta’limi paradigmasida refleksiv kompetentsiyani rivojlantirish xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirishda muhim mezonlardan biri hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy til ta’limi paradigmasida refleksiv kompetentsiyani rivojlantirish xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirishda muhim mezonlardan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
refleksiv tafakkur, strategiyalar, rolli o’yin, integratsiya, pedagogik, ролевая игра, pedagogik mexanizm, педагогический механизм, рефлексивное мышление, strategies, pedagogical mechanism, интеграция, integration, reflexive thinking, стратегии, role-playing
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники