К содержанию
РецензированоUZ2026

Chet tilini o‘qitishda muloqot madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik vazifasi

CHETTILINIO‘QITISHDAMULOQOT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING · IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VAZIFASI · PhD. Azimova Maxfuza Hasanovna

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026

Аннотация

Bo‘lg‘usi ingliz tili kadrlarni shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini sifatida talabaning muloqot vaziyatida o‘zini o‘zi anglab yetishi, o‘z taqdirini o‘zibelgilashi, shuningdek, hayotiy tajriba asosida pedagog sifatida o‘zini rivojlantirishini ta’kidlab o‘tish mumkin. Uzluksiz ta’lim tizimida xorijiy til o‘qituvchisi yuqori darajadagi kasbiy madaniyatning sohibi bo‘lishga da’vat qilinadi, buning uchun muhim va zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi, o‘zini tarbiyalash va shu qatorda o‘zini takomillashtirishi pedagog madaniyati hamda va pedagogik muloqotningajralmas qismihisoblanadi. Kalit so‘zlar: muloqot madaniyati, ijtimoiy-psixologik vazifa, pedagog faoliyati, dialogik muloqot, hamkorlik, pedagok faoliyati Muloqot madaniyatini rivojlantirishning muhim omillariga pedagogning o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabati, ularning kasbiy va fan yuzasidan tayyorgarligi (nafaqat o‘z mutaxassisligi balki pedagogika, metodika va psixologiya bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega ekanligi), dars beruvchining shaxsiy xislatlari, ilmiy salohiyati, kasbiy bilimi, dunyoqarashi, qiziqishlari, intilishlari va shu bilan bir qatorda uning shaxsiy qobiliyatlari bilan ham xarakterlanadi. Pedagog faoliyatining eng muhim xususiyatlari sifatida quyidagi yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish lozim: a) o‘quv faoliyatiga; b) o‘qitish faoliyatini va natijasi xususida; c) o‘rganish natijasi. Ushbu yo‘nalishlar o‘qituvchi shaxsining faoliyat uslubi va muloqot usullarini aniqlab ko‘rsatadi. Shu sababli muloqot madaniyatini shakllantirish tizimida ta’limberuvchining shaxsiy fazilatlari vamarkaziy o‘rindagavdalanishi asosiy o‘rinni egallaydi. A.A. Lobanov ta’riflaganidek, “Talabalar bilan aloqada bo‘lgan o‘qituvchi nafaqat bilimlarni uzatadi, balki o‘zining farovonligi, his-tuyg‘ulari, kayfiyati bilan ham bo‘lishadi” [1;162]. Shunday ekan, pedagog shaxsi ta’lim oluvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, “o’zi orqali” va “o’zidan” jamiyatga bo‘lgan qarashlarini ko‘rsatib beradi. Shu ma’noda, bo‘lajak pedagog xususiyatida asosiy sanalgan insonparvarlik madaniyati muloqotni insonparvarlashtirishning ajralmas bir qismi ekanligi, u boshqa insonni anglash xususiyatini muntazam tarzda takomillashtirishni o‘zida mujassam etadi. Buning sababi shundaki, boshqa insonni bilishdagi ijodkorlik faoliyati unda faol, ijobiy qiziqishni, o‘zgaruvchanlik fazilatini namoyon bo‘lishinianglatadi. Darhaqiqat, pedagogik faoliyatda bo‘lajak chet tili o‘qituvchilar muloqot madaniyatining shakllanganligi muhim hisoblanadi va ta’lim beruvchiga va ta’lim oluvchining o‘zaro munosabatlarini ya’ni ular orasidagi insoniy munosabatlarni ham o‘rgatish imkoniyatini tug‘diradi, boshqa shaxslarning manfaatlari esa shaxsiy manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishga, ularning holatini tahlil qilish va jamoada obyektiv baholashga undaydi. Muloqot orqali pedagog vatalabaning shaxsiyfazilatlari namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mazmunliva samarali muloqot, talabaga individual yondashish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shaxssiz muloqot yuzsiz, befarq odamlarni paydo qiladi hamda axloqiy nizolarni vujudga keltiradi. Ta’lim jarayonining harqanday axborotimuloqotdaindividual yondashuv orqali yetkaziladi [2; 26]. V.Y.Laudis tomonidan ta’lim jarayonida hamkorlik qilish mohiyati o‘rganilgan. Birgalikdagi faoliyat jarayonida pedagog hamda ularning shogirdlari o‘rtasidagi holat o‘zgarishi mumkin, bu jarayon ularning faoliyatdagi maqsadlari va bir-biri bilan munosabatlarning almashishida yaqqol ko‘rinadi. Birgalikdagi faoliyatning maqsadi – obyektiv faoliyatni, o‘zaro ta’sir va aloqa aktlarini o‘zlashtirishni o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmini qurish va usullarini bilishdir. Birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir (hamkorlik) tizimini shakllantirish, qarama-qarshi fikrlashlarning oldini olishga yordam beradi. Xususan, birgalikda hamkorlikni olib borish ustozlik diktatidan voz Samarkand State Institute of Foreign Languages 330 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI kechishni va boshqa turdagi munosabatlarni o‘rnatishni nazarda tutadi: muammolarni birgalikda yechish, natijalarni birgalikda tahlil qilish, noto‘g‘ri hisob-kitoblarni birgalikda qidirish va tahlil qilish va boshqalar, ya’ni bunda subyektlar o‘zaro ta’siri kuzatiladi [3;102]. Demak, hamkorlikdagi faoliyat jarayonini chuqur tahlil qilish, uyushtiriladigan turli tadbirlar, bayramlarni ta’lim va tarbiya unumdorligi va sifat darajasiga tadbiq qilmasdan, balki ijodiy tarafdan muloqotnirivojlantirish, uning madaniyatini yuksaltirishbilan amalyotda foydalaniladi. Pedagogik muloqot tushunchasini ko‘p funksiyali deyish mumkin. Buning sababi shundaki, pedagogik faoliyat amaliyotida pedagog o‘zining ko‘plab kommunikativ vazifalarni namoyon qiladi va amaliy darslarda talabalar bilan aloqa tizimini yaratadi. Muloqot madaniyatining ijtimoiy-psixologik vazifasi sifatida axborot almashish, faoliyatni tashkil qilish, shaxsni bili

Доказательный фрагмент

«Bo‘lg‘usi ingliz tili kadrlarni shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini sifatida talabaning muloqot vaziyatida o‘zini o‘zi anglab yetishi, o‘z taqdirini o‘zibelgilashi, shuningdek, hayotiy tajriba asosida pedagog sifatida…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bo‘lg‘usi ingliz tili kadrlarni shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini sifatida talabaning muloqot vaziyatida o‘zini o‘zi anglab yetishi, o‘z taqdirini o‘zibelgilashi, shuningdek, hayotiy tajriba asosida pedagog sifatida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
cooperation, muloqot madaniyati, pedagok faoliyati, dialogical communication, деятельность педагога, сотрудничество, communication culture, dialogik muloqot, socio-psychological task, pedagogical activity, pedagog faoliyati, диалогическое общение, hamkorlik, социально-психологическая задача, ijtimoiy-psixologik vazifa, культура общения
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники