Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Tilshunoslikda “O‘lim” vA “Hayot” kontseptlarining madaniyatlararo talqini
MADANIYATLARARO TALQINI · Karimova DiloromShavkatovna
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada tilshunoslikdagi “o’lim” va “hayot” konseptlarining badiiy matnlarda til birliklari orqali ifodalanishi yoritilgan bo‘lib, “o‘lim” va “hayot” kontseptlarida noodatiy belgi-xususiyatlar, ochib berilgan. Konseptlarning til birliklari orqali ifodasi dalillangan. Ingliz va o’zbek tillari frazeologik birliklari misolida ko’rsatilgan. Ingliz va o’zbekmadaniyatlari orqali konseplarning ma’novamohiyati yoritilgan. Kalit so’zlar: o’lim, hayot, frazeologiya, maqol, konsept, til leksemalari, dafn marosimlari, hayot qoidalari. Kognitivtilshunoslikda “kontsept”termini o‘tgan asrning 90–yillaridan beri tilshunoslikda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Shunga qaramasdan, kontsept tushunchasi hali hamon bitta umumiy izoh yoki talqinga ega emas. Ye. S Kubryakova kontseptni “mental tuzilma va turli tarkibdagi va ko‘rinishdagi bilimlar jamlanmasi yoki umumlashmasi” ekanini ta’kidlaydi.32 Yu. Shvedova “Kontsept bu – tushuncha ekanligi, bu tushuncha ortida esa ijtimoiy yoki sub’yektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, o‘z tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini” qayd etadi. O‘zbek tilshunosligida ham “kontsept”tushunchasi turli talqinga ega.Masalan, Sh. C. Safarov “moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet – hodisalar haqida tushunchaning tug’ilishini, keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna – kontsept sifatida shakllanib, moddiy nom olishi” ni takidlaydi. O‘. Q. Yusupov kontseptni “tashqi yoki ichki dunyodagi biror bir narsa yoki hodisa haqidagi ongimizdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy, neytral munosabatlar, ya’ni baholashlardir” deb belgilaydi. Tushuncha va kontseptni farqlash maqsadida olim quyidagicha fikr bildiradi: “Kontsept bilan tushunchani aysbergga o‘xshatish mumkin. Agar kontsept aysberg bo‘lsa, uning suvdan chiqib turgan qismi tushunchadir”33. Turli tizimli tillarda “kontsept” atamasi dunyodagi bilimlarni insonlarga namoyon etish shakllaridan biri sifatida olimlar tomonidan qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Lingvistik olimlardan Ye.S.Kubryakova kontseptga “Inson ongi va uning ruhiy imkoniyatlaridan hamda bilimlari, tajribalarini aks ettiruvchi tafakkurining birligi” – deya ta’rif beradi. Keyingi yillarda zamonaviy tilshunoslikda til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlar muammolariga bag’ishlangan juda ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Tilni o‘rganish milliy madaniyatning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Xalqning madaniy merosi tilda aks etib, keyinchalik bu qarashlar tilshunoslikda yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda o‘zbek tilshunosligida ham kontsept atamasi haqida muhim ma’lumotlar aniqlana boshlandi. Bu sohada olimlar Sh.Safarov, A.Nurmonov, O‘.Yusupov, A.Abuduazizov, A.Mamatov, D.Ashurova, M.Galiyeva, D.Agzamova, D.Xudayberganova, B.Mengliyev kabilarning asarlaridagi fikrlarda o‘z aksini topganini ko‘rish mumkin. Sh.Safarovning fikricha, “kontsept”ning zamiridagi - mental struktura hech qanday moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmaydi, balki aqliy idrok jarayonida hosil bo‘ladigan, tasavvurdagi tuzilma ekanligini unutmaslik lozim. D.U.Ashurovaning fikricha, “kontsept sifatida barcha tushunchalarni atash noto‘g’ri, balki dunyo vamilliy madaniyat muhitidao‘ziga xos muhimo‘rin olgan tushunchalargina kontsept bo‘la oladi” deydi. A.Nurmonov tushuncha va kontseptni bitta ma’noga ega narsa deb ataydi: Bu esa ijtimoiy munosabatlar nazariyasi va amaliyoti 32S.G. Vorkachev esa “Kontsept – tildagi o`z ifodasi va lingvokulьturologik spetsifikasiga ega tushuncha, tasavvur va bilimlar to`plamidir”deydi.N.www.scientificprogress.uz«SCIENTIFICPROGRESS»ScientificJournalISSN:2181-1601 33 Yusupov O`.Q- Ma’no, tushuncha, kontsept va lingvokulьturema atamalari xususida // Stilistika tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlarida:Ilmiyamaliykonferentsiyamateriallari.–Toshkent,2011.–B.49. Samarkand State Institute of Foreign Languages 223 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI muammolariga e’tibor qaratilayotgani, tabiiy tilning funktsional tuzilishi psixologiya, sotsiologiya, semiotika, germenevtika, falsafa, ritorika, etika, estetika, poetika va boshqa sohalar bilanintegratsialashuvni boshladi”. Lingvokulturologiya doirasida “kontsept” tushunchasi semantik ta’limni o‘ziga xoslik bilan u yoki bu tarzda belgilab, muayyan etnik madaniyat ishtirokchilarini ifodalaydi. Kontseptning markazi qadriyatlar hisoblanib, u madaniyatni o‘rganishga xizmat qiladi, o‘z vaqtida madaniyat esa qadriyat tamoyiliga asoslanadi. M.M.Angelovaning ta’kidlashicha, “kontsept” tushunchasi tilshunoslikningasosiy ustuni bo‘lib ushaxsning ma’naviy madaniyati, jamiyat va uning axloqiy, estetik sifatlari, muayyan lingvomadaniy jamoaning mentalitetiga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Taniqli kontseptolog olim, prof. Sh.Safarovning fikricha, “kontsept ham tafakkur birligi va uning asosida tushuncha, obraz va lisoniy ma’n
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada tilshunoslikdagi “o’lim” va “hayot” konseptlarining badiiy matnlarda til birliklari orqali ifodalanishi yoritilgan bo‘lib, “o‘lim” va “hayot” kontseptlarida noodatiy belgi-xususiyatlar, ochib beri…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada tilshunoslikdagi “o’lim” va “hayot” konseptlarining badiiy matnlarda til birliklari orqali ifodalanishi yoritilgan bo‘lib, “o‘lim” va “hayot” kontseptlarida noodatiy belgi-xususiyatlar, ochib beri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- proverb, phraseology, правила жизни, maqol, hayot qoidalari, лексемы языка, til leksemalari, life, funeral rites, frazeologiya, понятие, concept, похоронные обряды, dafn marosimlari, пословица, konsept, language lexemes, жизнь, фразеология, o’lim, death, смерть, hayot, rules of life
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021