К содержанию
РецензированоUZ2026

Ijtimoiy tadqiqotlarda raqamlashtirishning ahamiyati

IJTIMOIYTADQIQOTLARDA RAQAMLASHTIRISHNINGAHAMIYATI · Djabbarova Habiba Kuvandikovna

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2 · 2026

Аннотация

Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti ijtimoiy tadqiqotlar jarayoniga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, raqamlashtirish – ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va taqdim etish usullarini tubdan o‘zgartirib, ijtimoiy fanlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu maqolada ijtimoiy tadqiqotlarda raqamlashtirishning ahamiyati, afzalliklari va imkoniyatlari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar. innovatsion texnologiyalar, Coursera, Udemy, Khan academy, moodle, sunʼiy intellekt,gamifikatsiya, Quizlet, Duolingo, robototexnika. Kirish. Ijtimoiy tadqiqotlar bugungi kunda jamiyatdagi o‘zgarishlarni, ijtimoiy jarayonlarni va insonlarning o‘zaro munosabatlarini chuqurroq o‘rganishning muhim vositasiga aylanmoqda. Ularning samaradorligini oshirish va natijalarni aniqroq tushunish uchun raqamlashtirish, ya’ni ma’lumotlarni raqamli shaklda yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va talqin qilish jarayonining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ijtimoiy tadqiqotlarda raqamlashtirish zamonaviy ilmiy metodologiyaning muhim qismi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy hodisalarni raqamlar va statistik maʼlumotlar orqali ifodalash, ularni tahlil qilish va talqin etish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarining rivojlanishi ijtimoiy tadqiqotlar metodologiyasida yangi yondashuvlarni yaratdi, bu esa an’anaviy metodlar bilan taqqoslaganda yanada tezkor va ishonchli tahlillarni amalga oshirish imkonini berdi. Raqamlashtirish ijtimoiy fanlarda aniqroq va obyektiv natijalarga erishish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Ushbu maqolada raqamlashtirishning ijtimoiy tadqiqotlardagi roli, uning afzalliklari va cheklovlari, shuningdek, tahlilva talqinjarayonidagi ahamiyati koʻrib chiqiladi. Tahlil va natijalar. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarni barcha sohalarga joriy etish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, oliy ta’limga masofadan turib murojaat qilish, onlayin ma’lumot olish, yig‘ilishlarda videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etishkabilar joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yildagi PF-5847-son Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” ishlab chiqilga[1]. Bu farmonning 2-paragrifi “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish” deb nomlanadi. Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish ko‘zdatutilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish, ta’lim jarayonlarida “bulutli texnologiyalar”dan foydalanish, masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini keng joriy etish, xorijiy elektron ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarnijoylashtirish tiziminiyaratishham ko‘rsatilgan. Raqamli texnologiyalar orqali so‘rovnoma, intervyular statistik ma’lumotlarni yig‘ish tezlashdi. Onlayn platformalar yordamida qisqa vaqt ichida keng auditoriyadan ma’lumot olish imkoniyati yaratildi. Ularni avtomatlashtirishda Google Forms, SurveyMonkey, Qualtrics kabi platformalar orqali katta hajmdagi respondentlardan onlayn so‘rovlar olish mumkin. Jtimoiy Samarkand State Institute of Foreign Languages 319 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI media va internet ma’lumotlarini tahlil qilishda Twitter, Facebook, YouTube va boshqa platformalar foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish uchun katta ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu usul siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalari yordamoda katta hajmdagi ijtimoiy ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda sun’iy intellekt algoritmlaridan foydalanish zamonaviy tadqiqotlarning samaradorligini oshirmoqda. Sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash ijtimoiy jarayonlarni chuqurroq o‘rganish imkonini beradi[2]. Masalan, turli sohalarda jamoatchilik fikrini real vaqtda kuzatish va tahlil qilish mumkin. Raqamlashtirish ijtimoiy tadqiqotlarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Agar ilgari ijtimoiy tadqiqotlar asosan sifatli usullar, masalan, intervyular, anketalar yoki

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti ijtimoiy tadqiqotlar jarayoniga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti ijtimoiy tadqiqotlar jarayoniga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
texnologiyalar, Khan Academy, artificial intelligence, геймификация, робототехника, sunʼiy intellekt, Duolingo, robototexnika, gamifikatsiya, искусственный интеллект, викторина, robotics, Quizlet, технологии, technologies, moodle, gamification, Udemy, Coursera
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники