К содержанию
РецензированоUZ2024

O’SMIRLAR PSIXOLOGIYASI: MUHIM O’ZGARISHLAR VA RIVOJLANISHLAR

Sobirova Lobar Raximovna · - Jismoniy Rivojlanish

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

ushbu maqolada o’smir yoshdagi bolalar organizmida kevhadigan jarayonlar, xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik o’zgarishlari va hamda ota-onalar uchun tavsiyalar bayon etilgan. Kalit so’zlar: o’smirlik, o’spirinlik, psixologik, ijtimoiy, kognitiv rivojlanish, noverbal aloqa, ijtimoiy media, inqiroz, balog’at, kechinmalar, psixologik tuzilmalar O'smirlik davri - bu muhim o'zgarishlar va rivojlanish davri. O’smirik yillari – ota- onalar uchun ham, bolalar uchun ham murakkab davr. Bu yoshda farzandllar ham o’z fikrini to’g’ri deb hisoblashadi. Ota-onalar ham kichkintoy deb hisoblab yurgan bolasining endi o’z fikrlari, o’z qarashlari, o’z qadriyatlarini bayon qilishlarini qabul qilishlari qiyin bo’ladi. O’tish davri yoki o’smirlik bu – bolaning katta insonga aylanishining uzoq va qiyin bosqichi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti o’smirlarni 10 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan bolalar va yoshlar deb belgilaydi. Bu davrda inson nafaqat jismonan, balki psixologik jihatdan ham o’sadi. O’spirinlik davri- bu shaxsning qaramlik darajasini shakllantirishi mumkin bo’lgan davr bo’lib, turli madaniy nuqtayi nazarlarga ko’ra turli yo’llar bilan belgilanishi mumkin. Shaxsiy tajriba insonning madaniy me’yorlari yoki urf odatlari bilan belgilanadi, yoshlarning qaramlik darajasi esa oilasiga hissiy va iqtisodiy jihatdan qanchalik tayanishini anglatadi. Bu davrda o’smirda turli psixologik o’zgarishlar bo’ladi. O'smirlar rivojlanishining asosiy xususiyatlari - Jismoniy Rivojlanish 218 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4 O'smirlik davri - bu tez sur'atlar bilan jismoniy o'sish davri. Balandlik va vaznning keskin o'sishi kuzatiladi. - Kognitiv Rivojlanish O'smirlar abstrakt fikrlash, muammolarni hal qilish va mulohaza yuritish qobiliyatlarini rivojlantiradi. - Ijtimoiy-Emotsional Rivojlanish Shaxsning o'z-o'zini anglashi, ijtimoiy munosabatlar va o'ziga xos qadriyatlar shakllanadi. O'smirlik davrida shaxsning ijtimoiy-psixologik o'zgarishlari 1. Mustaqillikka intilish O'smirlar o'zlarining mustaqilligini va o'ziga xosligini namoyon qilishni istaydi. 2. O'ziga xos qadriyatlarni shakllantirish Ular o'zlarining qadriyatlari va e'tiqodlarini shakllantiradi, ularni oila va jamiyatdan farqlash mumkin. 3. Ijtimoiy aloqalar O'smirlar o'z tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlarni muhim deb hisoblaydi va guruhlarga qo'shiladilar. O'smirlik davrida o'z-o'zini anglashning o'zgarishi 1. Kimman ? Ular o'zlarini kim deb hisoblaydi? Qiziqishlar, qobiliyatlar va e'tiqodlarni aniqlash. 2. Nima? Ular nimaga qiziqishadi? O'ziga xos qiziqishlar, hobbi va martaba tanlovlari 3. Qayerda? Ular o'zlarini qayerga tegishli deb hisoblaydi? Jamiyatdagi o'rni va guruhlar. 4. Qanday? Ular qanday odam bo'lishni istaydi? Shaxsning qadriyatlari va maqsadlari. O'smirlik davrida kommunikativ xususiyatlar, quyidagilar: Til O'smirlar o'zlarining tengdoshlari bilan muloqot qilish uchun o'ziga xos til va slenglardan foydalanadilar. Ijtimoiy Media 219 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4 Ular ijtimoiy media orqali muloqot qilish, g'oyalarni almashish va o'zlarini ifoda etish uchun keng imkoniyatlarga ega. Noverbal Aloqa O'smirlar his-tuyg'ularini ifoda etishda tanadagi imo-ishora va yuz ifodalari muhim rol o'ynaydi. Psixolog L.S.Vigotskiy o’smir yoshi psixologiyasini,,psixik rivojlanishdagi inqiroz’’ deb nomlagan. O’smirlik davridagi inqiroz-o’smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o’zgarishi, buzilishidir. U 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keying davrlar ota-onalar va o’qituvchilar tomonidan subektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun taxminlarni yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J. Piajening ta’kidlashicha “Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri –til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi. Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. O’smir farzand tarbiya qilayotgan yoki bo’lajak ota-onalar uchun tavsiyalar: - Bunday davrda o’smir bilan qanday muoloqot qilish kerak Balog’at davrini hech kim chetlab o’tolmaydi. Farzandlaringiz ulg’aymoqda, sizdan uzoqlashmoqda va bu normal holat. O’smirning o’zini topishi va mustaqil bo’lishiga urunishlarini rag’batlantirib, uni asta sekin qo’yib yuborishga tayyor bo’ling. - Bu yoshdagi o’zingizni eslang Albatta, siz ham farishta bo’lmagansiz, siz ham ota-onangizni asablarini buzgansiz. Agar o’zingizni o’smirdek his qilsangiz, gormonlar va tengdoshlarining fikri bilan boshqariladigan bolangiz bilan gaplashish osonroq bo’ladi. - Farzandlaringizning sevimli mashg’ulotlarini qo’llab quvvatlang 220 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4 Agar farzandingiz o’zini qiziqtirgan narsa haqida siz bilan gaplashishga tayyor bo’lsa ajoyib. Bu shuni anglatadiki, gormon

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada o’smir yoshdagi bolalar organizmida kevhadigan jarayonlar, xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik o’zgarishlari va hamda ota-onalar uchun tavsiyalar bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada o’smir yoshdagi bolalar organizmida kevhadigan jarayonlar, xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik o’zgarishlari va hamda ota-onalar uchun tavsiyalar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy, ijtimoiy media, balog’at, kechinmalar, o’spirinlik, o’smirlik, noverbal aloqa, inqiroz, psixologik, psixologik tuzilmalar, kognitiv rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники