Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AKADEMIK VOKAL TEXNIKALARINING YOSH AVLOD TA’LIMIDA QO‘LLANISHI
Insights Across the · Farrukh Gaybulloyevich Nurullayev · Shuhrat Idiyevich Qodirov (Department of Music and Fine Arts)
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 588-593 · 2023
Аннотация
This article discusses the importance of academic vocal techniques in the education of the younger generation, methods of their correct and effective application, as well as the musical taste, performance skills and psychophysiological development of young people through vocal techniques. The study analyzes the main types of vocal techniques, their forms adapted to age characteristics, their use in vocal pedagogy and their study based on modern methodological approaches. The article also highlights the aesthetic, educational and psychological potential of vocal art from a pedagogical point of view. Keywords: academic vocal, young generation, vocal technique, musical education, pedagogical methodology, voice development, aesthetic education, psychological impact. Kirish Musiqa san'ati, xususan, vokal ijrochilik yosh avlod tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, akademik vokal texnikalari orqali bola nafaqat musiqiy ko'nikmalarga ega bo'ladi, balki estetik tarbiya, fe'l-atvor barqarorligi va o'ziga ishonch kabi psixologik fazilatlarni ham shakllantiradi. Vokal mashg'ulotlari bolada intizom, diqqatni jamlash, o'zini nazorat qilish kabi ijobiy fazilatlarni ham rivojlantiradi. Akademik vokal mashg'ulotlari orqali nafas olish, tovush chiqarish, artikulyatsiya, rezonans, intonatsiya kabi ko'plab texnik ko'nikmalar o'rgatiladi. Bu esa yosh vokalchilarni keyingi bosqichlarda professional sahna uchun tayyorlaydi. Bugungi kunda ta'lim tizimida musiqiy tarbiyaning o‘rni tobora ortib borayotgani bois, akademik vokal texnikalarini yosh avlodga o‘rgatish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu texnikalar nafaqat musiqiy saviyani oshiradi, balki shaxsning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, nutq madaniyati, sahna madaniyati kabi jihatlarni ham shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, maqolada ushbu texnikalarning yoshlar o'qitilishidagi amaliy ahamiyati, metodik jihatlari va ta'limiy samaradorligi ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Asosiy qism Akademik vokal texnikalari - bu professional vokal ijrochilikda ishlatiladigan tovushni to'g'ri chiqarish va nazorat qilishga oid tizimli usullar majmuasidir. Ushbu texnikalar quyidagilardan iborat: 112 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 o Nafas texnikasi: diafragma yordamida to'g'ri nafas olish va uni nazorat qilish orqali ijro sifatini oshirish. Nafas olish madaniyati vokal texnikaning eng asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. o Fonatsiya texnikasi: tovush paychalari faoliyatini boshqarish orqali sifatli, toza va barqaror tovush chiqarish imkonini beradi. Bu texnika vokal barqarorligi va ohangdorligiga xizmat qiladi. o Artikulyatsiya va diktsiya: aniq talaffuz, so'zlarning ravshan ifodasi orqali tinglovchi bilan emotsional aloqa o‘rnatiladi. Bu esa ijroning ta’sirchanligini oshiradi. o Rezonans va registrlar: tovushning har xil registrlarda tabiiy va kuchli yangrashini ta'minlash orqali ijroni boyitadi. Bu texnikalar yuqori va past tovushlar orasidagi o'tishni silliq qiladi. Ushbu texnikalarning har biri vokal pedagogikada alohida bosqichlar asosida o'qitiladi. Har bir texnikaning o‘ziga xos mashqlari, metodikasi va o‘rgatish ketma-ketligi mavjud bo‘lib, bu o‘quvchining bosqichma- bosqich rivojlanishini ta’minlaydi. Bolalar va o'smirlar ovoz apparati katta yoshdagilarnikidan farq qiladi. Ularning tovush paychalari hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Shuning uchun akademik vokal mashg'ulotlarida yoshga mos metodik yondashuv zarur: 7-10 yoshdagi bolalarda musiqiy eshituvni rivojlantirish, ritm tuyg‘usini 1. shakllantirish, to‘g‘ri nafas olish va oddiy intonatsion mashqlar ustuvor bo'ladi. Bu bosqichda o‘yin elementlari orqali qiziqish uyg‘otish muhimdir. 11-14 yoshdagi o'quvchilarda rezonansli yangrash, diapazonni kengaytirish, 2. emotsional ifoda ustida ishlanadi. Ovozga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashish va asta-sekin texnikalarni murakkablashtirish tavsiya etiladi. 15-18 yosh oralig'ida esa vokal texnikalar chuqurlashtirilib, sahna madaniyati, 3. ijro erkinligi, repertuar tanlovi, ovoz registrlarini mustahkamlash, artistik ifoda ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Yosh xususiyatlariga mos vokal repertuar tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Har bir yosh guruhiga moslab tanlangan qo‘shiqlar bolalarning vokal salohiyatini ochish, ularni charchatmasdan rivojlantirish imkonini beradi. Amaliy vokal darslari quyidagi metodlarga asoslanadi: Individual va guruhli mashg'ulotlar: bu usul o‘quvchining vokal darajasiga qarab yondashishga imkon beradi. Guruhli darslar ijtimoiylashuv va musiqiy eshituvni rivojlantiradi. Ovozli mashqlar (vokalizlar, glissando, stakkato, legato): bu mashqlar orqali vokal texnikaning muhim elementlari o‘rganiladi. 113 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 Musiqiy eshituv va solfeggio bilan integratsiya: nazariy bilimlar amaliy ijro bilan uyg‘unlashtiriladi. Bu esa ijrochilikni puxta asoslaydi. Oyna orqali o'zini kuzatish, video-
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance of academic vocal techniques in the education of the younger generation, methods of their correct and effective application, as well as the musical taste, performance skills and p…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance of academic vocal techniques in the education of the younger generation, methods of their correct and effective application, as well as the musical taste, performance skills and p… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- academic vocal, young generation, vocal technique, musical, vokal texnika, ovoz rivoji, akademik vokal, psixologik ta’sir., yosh avlod, musiqiy ta’lim, estetik tarbiya, pedagogik metodika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024