Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI.
Insights Across the · DOLZARB MUAMMOLARI.
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2026
Аннотация
Today's globalization process and growing international cooperation sharply increase the demand for teaching foreign languages in higher education institutions. A modern specialist must not only be an expert in his or her field, but also be proficient in foreign languages, in particular such international means of communication as English. This article discusses the current problems of teaching foreign languages. Keywords: higher education, competence, specialist, program, methods, technology, foreign languages. 72 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 Kirish: Xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitish sifatini oshirish muhim strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Biroq, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ularni tahlil qilish va yechimini topish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu mavzu doirasida oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning hozirgi holati, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, texnologiyalari va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish masalalari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida bir qator dolzarb muammolar mavjudligi aniqlandi. Bularga o‘quv dasturlarini zamonaviy talablarga to‘liq mos emasligi, o‘qitish metodlarining an’anaviy xarakterga ega ekanligi, o‘quv-metodik ta’minotning yetarli emasligi, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini doimiy ravishda rivojlantirish zarurati, talabalarning motivatsiyasi darajasining turlicha ekanligi va baholash tizimining takomillashtirishga muhtojligi kiradi. Bu esa oliy ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitishning dolzarb muammolarini kun tartibiga olib chiqadi. Xorijiy tillarni o‘qitishning maqsad va vazifalari : Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning hozirgi holatini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning nazariy-metodologik asoslarini o‘rganish. Bu vazifa xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy konsepsiyalari, prinsiplari va metodlarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning amaliy holatini baholashda o‘quv dasturlari, o‘qitish metodlari, baholash tizimi, moddiy- texnik ta'minot va o‘qituvchilarning malaka darajasi kabi omillar tahlil qilinadi. Har bir mutaxassislik uchun zarur bo‘lgan xorijiy til kompetensiyalari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish) aniqlanadi. Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish jarayonidagi dolzarb muammolarni aniqlashda o‘quv dasturlari, o‘qitish metodlari, o‘quv materiallari, o‘qituvchilarning tayyorgarligi, talabalarning motivatsiyasi va boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 73 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda o‘quv dasturlarini takomillashtirish, zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quv resurslarini boyitish va talabalarning motivatsiyasini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Xalqaro tajribani o‘rganish va O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, xorijiy davlatlarning xorijiy tillarni o‘qitishdagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, tadqiqotning yo‘nalishini belgilab beradi va mavzuning dolzarbligini yanada ochib berishga xizmat qiladi. Xulosa: Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishda tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, globallashuv va xalqaro integratsiyaning kuchayishi sharoitida oliy ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish muhim strategik ahamiyatga ega. Zamonaviy mutaxassislarning xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lishi, ilmiy va kasbiy aloqalarni o‘rnata olishi, jahon axborot makonida erkin faoliyat yurita olishi bevosita ularning xorijiy til ko‘nikmalariga bog‘liq. Ushbu muammolarning kelib chiqish sabablari turli omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni bartaraf etish kompleks yondashuvni talab etadi. Xususan, o‘quv dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va talabalarning kasbiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, interaktiv va kommunikativ metodlarni keng qo‘llash, o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirishga sistemali yondashish, talabalarni mustaqil o‘rganishga yo‘naltirish va ularning motivatsiyasini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini
Доказательный фрагмент
«Today's globalization process and growing international cooperation sharply increase the demand for teaching foreign languages in higher education institutions.»
Образец извлечения
Демо-превьюToday's globalization process and growing international cooperation sharply increase the demand for teaching foreign languages in higher education institutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- higher education, competence, specialist, program, methods, technology, texnologiya, dastur, oliy ta’lim, kompetensiya, mutaxassis, xorijiy tillar., metodlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025