Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYANI O’RAGANISHDA INSON VA TABIAT MUNOSABATI
Insights Across the · Dilfuza Ismoilova Ibodullayevna · Safarova Go’zal Anvarovna (Termiz davlat pedagogika instituti)
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2026
Аннотация
General physical geography is the science that studies natural phenomena, processes, and their interrelationships on the Earth's surface. In the modern world, this field plays a crucial role in addressing issues related to population, economy, and environmental protection. Physical geography helps in the rational use of resources, solving ecological problems, and developing strategies for adapting to climate change. Additionally, it analyzes the natural conditions of various regions, guiding their economic and social development. Knowledge of general physical geography is applied in disaster prevention, agricultural development, and tourism. Thus, this science has become a key tool for ensuring sustainable development in the modern world. Kalit so‘zlar: umumiy tabiiy geografiya, tabiiy resurslar, ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish. Ключевые слова: общая физическая география, природные ресурсы, экологические проблемы, изменение климата, устойчивое развитие. Keywords: general physical geography, natural resources, environmental issues, climate change, sustainable development. Tabiat inson uchun hayot manbaidir. Biz nafas olayotgan havo, ichayotgan suv, iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar barchasi tabiatdan olinadi. Insoniyat texnologik yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, baribir u tabiatga qaram holda qolmoqda. Afsuski, sanoat va texnika taraqqiyoti bilan birga, atrof-muhitga nisbatan beparvolik ham kuchayib bormoqda. O‘rmonlarning kesilishi, suv havzalarining ifloslanishi, hayvon va o‘simlik turlarining yo‘qolib borishi — bularning barchasi inson faoliyatining salbiy oqibatlaridir. Shu sababli, har bir inson o‘z hayot faoliyatida tabiatga ehtiyotkorlik bilan yondashishi zarur. Daraxt ekish, chiqindilarni saralab tashlash, suv va energiyani tejash kabi oddiy ishlar katta foyda keltiradi. Tabiatni asrash nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar uchun ham muhim hisoblanadi. 100 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 Tabiat — odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman — bu dunyo, odam, koinot; mikromakromega dunyolar; Jonsiz va jonli narsalar bor. Tor maʼnoda — tabiat fanlari oʻrganadigan obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi. Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib, tabiat elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat (mas., dehqonchilik, qurilish, sanoat), miya faoliyati va boshqa esa tabiatning baʼzi jihatlarini oʻzgartiradi. Odam tomonidan, yaʼni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda „ikkinchi tabiat“ deyiladi. Masalan, vodoroddan urangacha boʻlgan 92 ta kimyoviy element tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sunʼiydir. Barcha sunʼiy sintetik kimyoviy birikmalar, odam yaratayotgan atom va yadro energiyalari „ikkinchi tabiat“ga kiradi. Tabiat atamasi keng maʼnoda fizik, material olamni bildiradi. Kundalik turmushda „tabiat“ soʻzi ostida odam taʼsiri ostida koʻp boʻlmagan atrof-muhit va undagi hayot (yovvoyi tabiat) nazarda tutiladi. Birinchi holda tabiatni umuman fan, ikkinchi holda esa tabiatshunoslik oʻrganadi. Bunda tabiat subatomdan galaktik miqyoslarga boʻlib koʻriladi.Odamning tabiatga munosabati tarixda oʻzgarib va rivojlanib bordi. Antik falsafada tabiatga stixiyali kuchlar (Demokrit), ideal dunyoning inʼikosi (Platon), uygʻun jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaralgan. Diniy taʼlimotlarda tabiat ruhiy ibtidoning moddiy gavdalanishi deb xisoblangan va xudo tabiatdan yuqori turadi deb tushunilgan. Uygʻonish davrida tabiatga hamma tabiiy uygʻunlik va mukammallikning yuzaga chiqishi sifatida qaraldi. Yangi davrda tabiatga boʻlgan munosabat tabiatning ilmiy oʻrganish obʼyektiga aylanishida katta rol oʻynadi. Tabiat obʼyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz maʼlum narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va boshqa samoviy jismlar, fizik maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning soʻnggi maʼlumotlari boʻyicha bundan 20 milliard yil avval) bu jismlar boshqa koʻrinishda boʻlgan. Boʻlajak milliard yillarda u yana oʻzgarib boradi. Tabiat odamning, jamiyatning vatani. Odamning hayoti 101 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 tabiatning, biosferaning uygʻun sharoitiga bogʻliq. Bu sharoit salbiy tomonga oʻzgartirilsa, odamning normal yashashiga putur yetkaziladi, ekologik muammolar paydo boʻladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan notoʻgʻri foydalanish — biosferaning buzilishiga olib keladi. Binobarin tabiatni puxta bilib, undan samarali foydalanish, unga toʻgʻri va oqilona munosabatda boʻlish lozim (qarang: Tabiatni muhofaza q
Доказательный фрагмент
«General physical geography is the science that studies natural phenomena, processes, and their interrelationships on the Earth's surface.»
Образец извлечения
Демо-превьюGeneral physical geography is the science that studies natural phenomena, processes, and their interrelationships on the Earth's surface. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- general physical geography, natural resources, environmental issues, ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi, umumiy tabiiy geografiya, barqaror rivojlanish., tabiiy resurslar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025