Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SPATIFILLUM (SPATHIPHYLLUM WALLISII): UY SHAROITIDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI.
Insights Across the · YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. · Mengatova Xurshida Toshmuhamatovna · Umbarova Muxlisa Muxiddin qizi · Spathiphyllum — Amerika
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada spatifillum gulining o`sish joyi, xonakilashgan spatifillum gulining o`stirish texnologiyasi, Ekologik foydasi va amaliy imkoniyatlari Spathiphyllum — Amerika va Janubi- Sharqiy Osiyoning tropik mintaqalarida tarqalgan Araceae oilasiga mansub bir urugʻ pallali gulli oʻsimliklarning taxminan 47 turi hisoblanadi. Spathiphyllumning maʼlum turlari odatda spath yoki tinchlik zambaklar deb ham nomlanadi. Tropik hududlardan kelib chiqqan spatifillum o‘simligi nafaqat o‘zining chiroyli ko‘rinishi, balki havo sifatini yaxshilash xususiyati bilan ham mashhur. So‘nggi yillarda ekologik toza yashash muhitiga ehtiyoj oshib borayotgani sababli, uy sharoitida parvarish qilinadigan foydali o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish ortmoqda. Shu sababli spatifillumni ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarbdir. Ushbu maqolada spatifillumning biologiyasi, parvarish texnologiyasi, ekologik va amaliy jihatlari, kimyoviy tarkibi hamda biznes g‘oyalari tahlil qilinadi. 108 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 1. Botanika tavsifi va tarqalishi Spatifillum – Araceae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, tabiiy holatda asosan Janubiy va Markaziy Amerikaning tropik o‘rmonlarida uchraydi. U 30-120 sm gacha o‘sishi mumkin. Gullari oq rangli, barglar keng, uzunchoq va quyuq yashil rangda. 2. Parvarish texnologiyasi Yorug‘lik - Tarqoq yorug‘likni xush ko‘radi, bevosita quyosh nurlaridan saqlanish kerak.Harorat optimal harorat 18–25 °C da, Yuqori namlikni yaxshi ko‘radi, barglarini tez-tez purkash tavsiya etiladi. Gumusga boy, yaxshi drenajlangan tuproq mos keladi. Haftada 2-3 marta, lekin ortiqcha suvdan saqlanish kerak. O‘sish davrida har 2 haftada bir marta kompleks o‘g‘it bilan oziqlantirish kerak. 3. Ko‘paytirish usullari Spatifillum odatda ildiz bo‘linmasi orqali ko‘paytiriladi. Bahor yoki erta yozda ona o‘simlik ildizidan ajratilgan kichik bo‘limlar alohida idishlarga ekiladi. Bu usul oddiy va tez natija beradi. 4. Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari: Hozircha ilmiy adabiyotlarda spatifillumning dorivor tarkibi to‘liq o‘rganilmagan, ammo ayrim xalq tabobatida u yengil tinchlantiruvchi, havoni tozalovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Tarkibida flavonoidlar, efir moylari mavjud bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Ularning havodagi toksik gazlarni yutishdagi roli ilmiy tadqiqotlarda ko‘rsatib o‘tilgan. 5. Ekologik foydasi NASA tomonidan o‘tkazilgan “Clean Air Study” (1989) tadqiqotlariga ko‘ra, spatifillum havodagi formaldegid, benzol, trixloretilen, ksilen va ammoniy gazlarini yutish qobiliyatiga ega. Shuningdek, kislorod ishlab chiqarish faoliyati ham yuqori. Bu xususiyatlar uy va ofis sharoitida uning foydasini oshiradi. Spatifillum – nafaqat go‘zallik, balki salomatlik manbai hamdir. Uning havo tozalovchi xususiyatlari, parvarishdagi soddaligi, ekologik foydasi va iqtisodiy jihatdan samarali qo‘llanilishi uni tadqiq qilish va amalda keng joriy etishni taqozo qiladi. Ushbu maqola orqali spatifillumning imkoniyatlarini chuqurroq anglash va undan ilmiy hamda amaliy maqsadlarda foydalanish yo‘llari tahlil qilindi. 109 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Wolverton, B.C. (1989). Interior Landscape Plants for Indoor Air Pollution Abatement. NASA. 2. Qosimov B. – O‘simlikshunoslik asoslari, Toshkent, 2020. 3. Золотницкий Н.Ф. – Мир комнатных растений. 4. „Is a peace lily an indoor or outdoor plant? - Gardening Host“ (en-US) (2022-yil 23-dekabr). 2022-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23- dekabr. 5. Heinrich Wilhelm Schott and Stephan Endlicher. Meletemata botanica. C. Gerold, made available online by The Biodiversity Heritage Library, 1832. 6. Stearn, W. T.. Botanical Latin: History, grammar, syntax, terminology and vocabulary, Fourth edition. David and Charles, 1992. 7. „Search results — The Plant List“. www.theplantlist.org. 8. Edward F. Gilman. „Spathiphyllum x 'Clevelandii', Fact Sheet FPS-555“. University of Florida Cooperative Extension Service (1999). Internet saytlar. 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Spathiphyllum 2. https://plants.ces.ncsu.edu/plants/spathiphyllum/. 3. https://nasa.gov/clean-air-study. 110 Synapses: Insights Across the Disciplines
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada spatifillum gulining o`sish joyi, xonakilashgan spatifillum gulining o`stirish texnologiyasi, Ekologik foydasi va amaliy imkoniyatlari Spathiphyllum — Amerika va Janubi- Sharqiy Osiyoning tropik mintaqa…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada spatifillum gulining o`sish joyi, xonakilashgan spatifillum gulining o`stirish texnologiyasi, Ekologik foydasi va amaliy imkoniyatlari Spathiphyllum — Amerika va Janubi- Sharqiy Osiyoning tropik mintaqa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- spath, spatifillum, tropic, Araceae oilasi, tinchlik zambaklar, kompleks o‘g‘it, botanika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025