Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHARQ VA G‘ARB MA’RIFATPARVARLARINING PEDAGOGIK QARASHLARIDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TARBIYALASH
Insights Across the · Axmadaliev Elmurod Raxmatovich
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2026
Аннотация
Vatanparvarlik tushunchasi insoniyatning o‘zi kabi ko‘hnadir. jamiyatimiz taraqqiyotini ta’minlash va jadallashtirishning ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy omillari singari o‘ta zarur bo‘lgan yana bir muhim asosi bor.Maqolada shu haqda fikr yuritiladi. Kalit so`zlar: yuksak ma’naviyat ma’rifat ma’naviyat – jamiyat vatanparvarlik tarixiy davrda O‘quvchilarni yuksak ma’naviyat zaminida turuvchi milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, xususan, ularning ong va tafakkurida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish insonning ruhiy va aqliy olamiga ezgulik urug‘ini ekishdir. Shunga ko‘ra, ma’naviyat – jamiyat va millatning, umuman olganda har bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati va idrokini mujassamlashtiruvchi tushunchalar majmui deyish mumkin. Vatanparvarlik tushunchasi insoniyatning o‘zi kabi ko‘hnadir. To‘maris va SHiroq afsonalari-yu O‘rxun-Enasoy yodnomalari, Aristotel, Suqrot, Aflotun kabi qadimgi yunon mutafakkirlari-yu Gegel, Lessing singari buyuk nemis olimlari asarlarigacha turli manbalarda vatanparvarliktarbiyasiga doir turlicha qarashlarni uchratish mumkin. Sharq va G‘arb ma’rifat parvarlarining pedagogik qarashlarida vatanparvarlik tushunchasi turli tarixiy davrda turlicha talqin qilinganligiga qaramasdan, ularning zamirida vatanparvarlik, insonparvarlik, boshqa xalqlarning milliy e’tiqodlari va urf- odatlariga hurmat bilan qarash kabi mushtaraklik mujassamdir. Jumladan, vatanparvarlik, g‘urur, iftixor tuyg‘ulari bilan bog‘liq milliy va umuminsoniy qadriyatlar Aristotel, Suqrot, Aflotun kabi qadimgi yunon olimlari qarashlarida qanchalik ulug‘langan bo‘lsa, Al Buxoriy, at-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon 4 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 Beruniy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Boburlar tomonidan ham shu qadar e’zozlanganini ko‘rish mumkin. Eramizdan oldin yashagan yunon olimi Aristotel “Vatan sha’niga”asarida: “Mening bu gaplarim g‘oyat eski gaplardir. Lekin haqiqat shunday: o‘z otasini sevmagan farzand o‘zganing otasini ham hurmat qila olmaydi, o‘z vatanini sevmagan kishi o‘zgalar vatanini qadrlamaydi”, - degan bo‘lsa, hadisi sharifda: “Vatanni sevmoq – imondandir”– degan g‘oya ilgari surilib, vatanni sevish va uni ardoqlash oliy qadriyat sifatida tilga olinadi. Beruniy “Minerologiya” asarida bir grek donishmandining fikrini keltirib, g‘urur tushunchasiga kengroq miqyosda yondashadi: “Kimda kim o‘z o‘tmish avlodlari bilan g‘ururlansa, o‘sha avlodlar tirik, uning o‘zi esa o‘likdir… agar kishi o‘zinio‘zi yuksaklikka ko‘tarmasa, ulug‘ o‘lik suyaklar unga g‘urur boisi bo‘lolmaydi”. Abu Nasr Forobiy o‘zining inson va jamiyat masalalariga bag‘ishlangan asarlarida xalqni o‘zaro tinch-totuv yashashga chaqiradi. Urushlarni yovuzlik deb ataydi. Er yuzidagi barcha jamoalar, xalqlar birlashuvini “Buyuk jamiyat” deb ataydi va baxt-saodat hukm surgan adolatli shahar – davlat haqida fikr yuritar ekan, har bir xalq o‘ziga xos urf-odatga, odob-axloqqa, tilga ega ekanligini qayd qilib, inson uchun asosiy yo‘l – ma’naviy kamolotga erishish yo‘lidir, degan g‘oyani ilgari suradi. Allomaning fikricha, urushlar vositasida bir-birini yo‘q qilish hayvonot olamiga xos, kimki urushlarni targ‘ib qilsa, insoniyatni tahqirlaydi. Xuddi shu kabi umuminsoniy g‘oyalar Xorazmiy, Ibn Sino, YUsuf Xos Hojib kabi mutafakkirlar ijodida ham muhim o‘rin tutadi. XI asrning qomusiy olimlaridan Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” nomli bebaho asarida o‘z davridagi xalqlarning urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari va o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy olamiga munosabat bildirar ekan, Vatanni, unga tegishli har bir narsani muqaddas deb bilish, o‘zini shu Vatanning farzandi deb his qilish turkiy xalqlarning haqiqiy insonlarga xos fazilati ekanligini alohida e’tirof etadi. XI asrning buyuk mutasavvufi Ahmad Yassaviy tuproqni Allohning munavvar nuri, suvni uning yorug‘ hayoti, havoni buyukligi, olovni g‘azabi timsoli hisoblaydi. Uning nazarida tuproq yaralganidan buyon ulug‘ farzandlarini quchog‘iga bosib kelayotgan mushfiq zamin. SHuning uchun ham uni e’zozlab ona – Vatan deymiz. 5 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 O‘z faoliyati davomida xalq va Vatan osoyishtaligi, madaniyati va ma’rifati rivoji uchun kurashgan Alisher Navoiyning ijodiy merosi tarixiy-ma’rifiy jihatdangina emas, balki ma’naviy-axloqiy jihatdan ham muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Uning “Xazoyin ul-maoniy”,“Mahbubul-qulub”, “Majolis un-nafois” asarlarida jamiyatning har bir a’zosi o‘z xalqiga xizmat qilishi, boshqalarga yordam berishi, bani odamga foyda keltirishi, xalq manfaatini o‘z manfaatidan yuqori qo‘ymog‘i lozimligini ta’kidlaydi. Munavvar qori Abdurashidxonov har bir millatning millat sifatida shakllanishining birinchi belgisi o‘zligini tanishi va o‘zini o‘zi himoya qilish tuyg‘usining uyg‘onishi, millat qadriyatlarini saqlash va taraqqiy ettirishda ekanligini uqtiradi. Milliy g‘oya millatni ajratuvchi, millat
Доказательный фрагмент
«Vatanparvarlik tushunchasi insoniyatning o‘zi kabi ko‘hnadir.»
Образец извлечения
Демо-превьюVatanparvarlik tushunchasi insoniyatning o‘zi kabi ko‘hnadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yuksak ma’naviyat ma’rifat ma’naviyat – jamiyat vatanparvarlik tarixiy davrda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024