К содержанию
РецензированоRU2024

ARTERIAL QON BOSIM. QONNING ARTERIAL BOSIMINI TEKSHIRISH USULLARINI O'RGANISH

USULLARINI O'RGANISH. · INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI · Qayumova Shahnoza Jamshidovna · Turaqulova Chinnigul Jobir qizi

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

В данной статье обсуждается, что такое артериальное давление. Как часто его проверяют? Каковы методы его измерения? Каковы нормальные условия, а какие опасные? Подробно объяснены правила измерения артериального давления. Ключевые слова: Артериальное давление, тонометр, Механический тонометр, автоматический (электронный) тонометр, Фонендоскоп. Annotation: This article explains in detail what is arterial blood pressure. How often is it checked? What are the methods of measuring it? What are the normal conditions and what are the dangerous conditions? The rules for measuring blood pressure are explained in detail. Keywords: Blood pressure, tonometer, Mechanical tonometer, automatic (electronic) tonometer, Phonendoscope. Arterial bosimni o‘lchash qiyin emas, ayniqsa zamonaviy tonometrlar bilan ish yanada osonlashadi. Ammo nimadir xato bajarilsa, natija ham shunga yarasha 239 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 bo‘ladi.Qon bosimi — tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga koʻrsatadigan bosimi (tazyiqi); yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga keladi. Arteriyalar ichida — arterial, kapillyarlar ichida — kapillyar va venalar ichida — venoz bosim boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab oqishiga imkon beradi va shu bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini taʼminlaydi. Arterial bosimning (AB)- yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis-qarganda tomirlarga haydaydigan qon miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga koʻrsatadigan qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan belgilanadi. Aylanib yuradigan (sirkulyatsiya qiladigan) qon miqdori, uning yopishqoqligi, bosimining nafas olishga bogʻliq boʻlgan qorin va koʻkrak qafasi boʻshligʻidagi oʻzgarishlari va boshqa omillar ham AB ning yuqori yoki past boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda (sistola) AB maksimal darajaga yetadi. Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon otib chiqariladi, bu miqdor qon birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali oʻtib ketolmaydi. Shuning uchun elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi. Arteriya, vena va kapillyarlarda Qon bosimi turlicha boʻladi. Yurakdan uzoqlashgan sari Qon bosimi pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–140 mm simob ustuni (sistolik bosim) ga va 70–80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng . Bu bosimlar farqi puls bosimi deyiladi. Organizmdagi biror-bir illat tufayli Qon bosimi ushbu koʻrsatkichdan koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi pauza (yaʼni diastola) vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning devori qisqara boshlaydi va qonni kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin pasayadi va diastola oxirida minimal darajaga tushadi (aortada 90 mm simob ustuni, yirik arteriyalarda 70 mm simob ustuni atrofida boʻladi). 240 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 Qon bosimini oʻlchash tibbiyot xodimi uchun muhimdir. U quyidagi hollarda, ayniqsa, foydalidir: – Homilador ayollar. – Onalar tugʻruqdan oldin va keyin. – Koʻp qon yoʻqotayotgani(tashqi yoki ichki qon ketish hollari). – Shok yoki allergik shok holatidagi odamlar. – 40 yoshdan oshgan odamlar. – Semiz odamlar. – Yurak muammolari, insult, nafas olishga qiynalyotgan, tez-tez boshi ogʻriydigan, shishgan, qand kasali, siydik yoʻllarining surunkali kasalliklari, shishgan yoki ogʻriqli venalari bor odamlar. – Yuqori qon bosimi bor odamlar. – Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalarni ichayotgan (yoki ichishni rejalashtirayotgan) ayollar. Qon bosimini pastlab ketishi ham, yuqorilab ketishi ham xavfli belgi hisoblanadi. Arterial qon bosimini oʻlchash yurak tomirlar va nafas tizimi kasalliklarida qoʻllaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi. Sogʻlom, katta yoshli odamlarda arterial bosim qator sabablarga, ayniqsa yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlari va shunga oʻxshaganlarga koʻra oʻzgarib turadi. Sistolik bosim 120dan 140mmgacha, diastolik bosim esa 70-90mmgacha simob ustuni atrofida oʻzgarib turadi. Ertalab arterial bosim 5-10mm simob ustuniga past boʻladi. Qon bosimini oʻlchovchi 2 xil asbob mavjud: 1)Koʻrsatkichli qon bosimini oʻlchaydigan asbob(manometr). 2)Simobli qon bosimini oʻchaydigan asbob(sfigmomanometr). Odam oʻzini xotirjam tutishi kerak. Yaqinda qilingan mashqlar, achchiqlanish yoki xavotirlanish qon bosimining ortishiga va notoʻgʻri maʻlumot olinishiga olib keladi. Odamning xavotirlanmasligi va qoʻrqmasligi uchun shifokor unga nima qilmoqchi ekanligini tushuntirish kerak. Odam

Доказательный фрагмент

«В данной статье обсуждается, что такое артериальное давление.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье обсуждается, что такое артериальное давление. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Blood pressure, tonometer, Mechanical tonometer, automatic (electronic), tonometr, Mexanik tonometr, Fonendoskop., Qon bosimi, avtomatik (elektron) tonometr
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники