Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Xorijiy talabalarni o‘zbekiston oliy ta’lim muhitiga etnopsixologik moslashuvi
XORIJIYTALABALARNI O‘ZBEKISTONOLIYTA’LIMMUHITIGA · Professor SamDCHTI · AxmedovAnvar Diyor o’g’li
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2023
Аннотация
ushbu maqolada xorijiy talabalarni O‘zbekiston oliy ta’lim muhitiga etnopsixologik moslashuvining hozirgi kundagi dolzarb masalalari tahlili shuningdek tadqiqot natijalari tahlilikeltirib o’tilgan. Kalit so’zlar: ijtimoy moslashuv, xorijlik talabalar, etnopsixologik, mahalliy, akademik, o’quv,motiv So‘nggi yillarda O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik siyosatini kengaytirish, xorijiy talabalarni jalb etish va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirishga bo‘lgan intilishi bu sohada yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Shu bilan birga, xorijiy talabalarni mahalliy ta’lim tizimi va madaniyatiga moslashtirish jarayoni o‘ziga xos muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. O‘zbekistonning oliy ta'lim tizimi 2023/2024 o‘quv yilida xorijiy talabalar sonining sezilarli darajada o‘sishi kuzatilgan. Xorijiy talabalarning O‘zbekistonga kelishi nafaqat ta'lim, balki madaniyatlararo muloqot va ijtimoiy integratsiya uchun ham yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Xorijiy talabalar uchun yangi muhitga moslashish — bu nafaqat akademik, balki psixologik vamadaniy integratsiya masalasidir. Xorijiytalabalar uchun O‘zbekistondaoliy ta'lim olish jarayonida uchraydigan etnopsixologik moslashuv muammolarini va bu muammolarga qarshi taklif etiladigan yechimlarni o‘rganish, O‘zbekistonning xalqaro ta'lim tizimini rivojlantirishuchun muhimdir. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili boshiga O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida 10 845 nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Xorijlik talabalar soniningyillik o‘sishi: 2018/2019yilda –2,7ming nafar; 2019/2020yilda –3,6ming nafar (33,3% o‘sish); 2020/2021yilda –4,2ming nafar (16,7% o‘sish); 2021/2022yilda –5,1ming nafar (21,4% o‘sish); 2022/2023yilda –5ming nafar (2% kamayish); 2023/2024yilda –10,8ming nafar (116% kattao‘sish). Bu raqamlar O‘zbekistonning xalqaro ta’limda raqobatbardoshligini oshirganini ko‘rsatadi, ayniqsa2023/2024 yilda talabalar sonisezilarli darajada ko‘paygan. Davlatlar kesimidataqsimlanish: 1. Hindiston(5733 nafar) – Talabalar orasida eng ko‘pvakil bo‘lgandavlat, umumiy xorijliktalabalar sonining qariyb 53%-ini tashkil qiladi. 2. Pokiston (1358 nafar)–Ikkinchi o‘rinda, 12,5%. 3. Turkmaniston (904nafar) –Uchinchi o‘rinda, 8,3%. 4. Rossiya (750 nafar)–Talabalar sonibo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda, 7%. 5. Qozog‘iston (537 nafar) –5%. 6. Tojikiston vaQirg‘izRespublikasi (285nafardan) –Har biri 2,6%. 7. Boshqa davlatlar–Umumiy 315nafar. Bu raqamlar asosida O‘zbekistonning ayrim davlatlar, ayniqsa Hindiston va Pokiston bilan ta’lim sohasidagi hamkorligi kuchli ekanini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, Osiyo mintaqasidan tashqari davlatlar (masalan, Kanada)dan ham talabalar borligi ta’limning xalqaro Samarkand State Institute of Foreign Languages 287 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI darajadagi jozibadorligini ko‘rsatadi. Xorijiy talabalar uchun O‘zbekistonning ta’lim tizimiga moslashish, avvalo, til muammosi bilan bog‘liqdir. Ko‘pchilik talabalar mahalliy til – o‘zbek yoki rus tilini bilmasligi sababli darslarni tushunishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bu, albatta, akademik muvaffaqiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, kundalik hayotda ham til bilmaslik talabalar va mahalliy aholi o‘rtasidagi muloqotnimurakkablashtiradi. Masalan, talabalar oziq-ovqat sotib olish, transport vositalaridan foydalanish yoki ma’lumot izlash jarayonida ko‘plab muammolarga duch keladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun oliy ta’lim muassasalarida maxsus til kurslari tashkil etilishi lozim. Bunday kurslar xorijiy talabalarni qisqa vaqt ichida o‘zbek va rus tillarida muloqot qila olish darajasiga olib chiqishga yordam beradi. Ikkinchi muammo madaniy farqlar bilan bog‘liqdir. Har bir mamlakatning o‘ziga xos urf- odatlari, qadriyatlari va yashash tarzi bor. Xorijiy talabalar O‘zbekistonga kelgach, bu farqlarni darhol his qilishadi. Masalan, O‘zbekiston aholisi uchun oilaviy qadriyatlar va jamiyatdagi hurmat muhim ahamiyatga ega. Biroq, ayrim xorijiy talabalar bunday qadriyatlarga moslashishda qiyinchiliklarga duch keladi. Mahalliy odatlar va madaniyatni bilmaslik ba’zan tushunmovchiliklarga, hattoki konfliktlarga ham sabab bo‘lishimumkin. Bu muammoni hal qilish uchun oliy ta’lim muassasalarida xorijiy talabalar uchun madaniy moslashuv dasturlari ishlab chiqilishi kerak. Bu dasturlar talabalarga O‘zbekiston madaniyati, urf-odatlari vaan’analarini o‘rgatishgaqaratilgan bo‘lishizarur. Psixologik moslashuv ham muhim masalalardan biridir. Xorijiy talabalar yangi muhitga kelgach, ko‘pincha yolg‘izlik va stress his qilishadi. Bu, ayniqsa, dastlabki oylar davomida yaqqol seziladi. Yangi ijtimoiy muhitga moslashish, do‘stlar orttirish va mahalliy talabalar bilan muloqot qilish qiyin bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ba’zi xorijiy talabalar mahalliy aholi tomonidan qabul qilinmaslik yoki stereotiplarga asoslangan muomala bilan duch kelishi ham mumkin. Bunday holatlarni oldini olish uchun universitetlarda psixologik maslahat markazlar
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada xorijiy talabalarni O‘zbekiston oliy ta’lim muhitiga etnopsixologik moslashuvining hozirgi kundagi dolzarb masalalari tahlili shuningdek tadqiqot natijalari tahlilikeltirib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada xorijiy talabalarni O‘zbekiston oliy ta’lim muhitiga etnopsixologik moslashuvining hozirgi kundagi dolzarb masalalari tahlili shuningdek tadqiqot natijalari tahlilikeltirib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- akademik, локальный, motivation, обучение, motiv, этнопсихологический, ijtimoy moslashuv, иностранные студенты, mahalliy, local, learning, o’quv, ethnopsychological, социальная адаптация, академический, etnopsixologik, academic, international students, social adaptation, мотивация, xorijlik talabalar
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025