Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Maqollarning paremiologik birlik sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari
Abduraximova FaridaKomiljon qizi · Ingliz tilitarixi · Nuriddinova NafosatBektosh Qizi · Ingliztili fakultetitalabasi
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek, rus va ingliz tillarida maqollarning paremiologik birlik (parema) sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari, matal, masal va aforizmlar bilan o‘xshash va farqli tomonlari ko‘rib chiqiladi.Maqollardagi mashhurlik, obrazlilik, didaktiklik, ixchamlik, semantik-tarkibiy to‘liqlik, emotsionallik uch tilda misollar bilan yoritilgan. Maqolada maqollardaqo‘llaniladigan stilistikvositalarhaqida ham so‘z boradi. Kalit so’zlar: paremiologik birlik, xalqchillik, didaktik, tugallanganlik, obrazlilik, aforizmlar, sinekdoxa,metafora, alliteratsiya, antiteza, jonlantirish, qiyoslash. Maqollar – bu xalqning donoligini, millatning ruhini, uning madaniyatini ko’rsatadigan xalq og’zaki ijodining gavharidir. Maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq qilish bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu “gavhar” nafaqat tilshunoslar, balki boshqa turli soha vakillarini ham qiziqtirib qo’ygan desak xato qilmaymiz: etnograflar, madaniyatshunoslar, folkloristlar, adabiyotshunoslar, psixologlar, faylasuflar va boshqalar. Sanab o’tilgan sohalar, albatta, maqollarning turli jabhalarini tadqiq qiladilar. Biz esa quyida o’zbek, ingliz va rus tili maqollarining paremiologiyadagi o’rni va o’ziga xos xususiyatlarini tahlilqilsak. Maqollar paremiologiya sohasi doirasida o’rganilib, paremiologik birlik – parema hisoblanadi. “Paremiologiya – (yunoncha “paroimia” –masal, ramzli hikoya; “logos” –so’z, fan) ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og’zaki shaklda ko’chib yuruvchi, ixcham, sodda, qisqa va mazmundor mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo’lgan turg’un ibora, maqol va matal – paremalarni o’rganuvcha fan” [1,249]. Tabiiyki shunday savol tug’iladi: barcha tillarda ham maqollar paremalar sifatida bir xil xususiyatlarga egami yoki turli tillarda, umuman, maqollar farq qiluvchi jihatlarga egami? Quyida esa shu savollarga javob berish maqsadida maqollarning boshqa paremiologik birliklardan ajratib turuvchi xususiyatlari to’g’risidato’xtalsak. Ma’lumki, maqol deganda biz “(arabcha maqola, kichik asar, so’z, nutq degan ma’nolarini anglatadi) hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand – nasihat mazmuniga ega bo’lgan ixcham obrazli, tugal ma’noli ibora, gap” [1, 187] ni tushunamiz. Maqollarda avlod – ajdodlarning jamiyat va tabiatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg’ulari, ijobiy va salbiy fazilatlar haqidagi mulohazalari aks etishi tabiiy. Maqollar boshqa paremalar, ya’ni matal, masal, aforizm va boshqalar bilan bir qatorda tursada, ulardan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Maqollar – bu xalq tajribasi, uning nafasi, yig’isi, shodligi va sevinchi, qayg’usi va ovunchi, bu xalq haqiqati, uni to’g’ri yo’lga eltuvchi mayoqdir. “Xalq asrlar mobaynida to’plagan hayotiy tajribasini turli vositalar yordamida kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Aynan, xalqchillik maqolning ichki strukturasi, ya’ni ma’nosining yo’q bo’lib ketishi mumkin emasligini isbotlaydi. Bu jihat maqollarni aforizmlardan farqlab turadi. “Aforizmlar – (yunoncha “aphorismos” – hikmatli so’z) ixcham shaklli, chuqur mazmunli, muallifi aniq gap; hikmatli so’zlar” [1,83]. Shuni ham aytib o’tish kerakki, aforizmlar ham maqollar singari biror narsa haqida bahs yuritmaydi, balki inson ongiga ta’sir etadi. Aforizmlar, ta’rifdan ko’rinib turibdiki, maqollardan aniq mualliftomonidan yaratilganligi bilan ajralib turadi. Maqoldan kelib chiqayotgan ma’no har doim ham uni tashkil etayotgan so’zlarning ma’nosidan kelib chiqmasligi mumkin, balki uning obrazliligi bilan bog’liqdir. Shunday ekan Samarkand State Institute of Foreign Languages 467 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI ularni bemalol majoziy va ko’chma ma’noga ega deb ayta olamiz. Misol uchun: Asli qora oqarmas, oqarsada bo’zarmas ( ya’ni “qancha harakat qilinmasin yomon yaxshiga aylanib qolmaydi”).bundayholatni bizingliz varus tiilarida ham kuzatishimizmumkin: Нев свои сани несадись (ya’ni“qo’lingdan kelmaydigan ishga kirishma”); Every doghas itsday (ya’ni “hali bizga ham omad kulib boqadi”). Ularning hikmatli so’zlardan farqli jihati ham maqol ma’nosining ikki jihatga ega ekanligidir. Aniqroq qilib aytganda, hikmatliso’zlarfaqat o’z ma’nosidakelsa, maqollar esa ham o’z ma’nosida, ham ko’chma ma’noda qo’llanila oladi. Fikr dalili sifatida quyidagi maqollarni keltirishmumkin: O’zbektilida: Tog’bo’risizbo’lmas, to’qay arslonsiz. Ingliztilida:Don't cross thebridge untilyou come toit. Rus tilida: Волковбояться –влес неходить. Quyidagi maqollar esa faqat ko’chma ma’noga ega: O’zbek tilida: Ko’z yoshi toshni eritar Ingliz tilida: If the mountain will not come to Mahomet, Mahomet must go to the mountain Rus tilida: Всякий куликсвое болотохвалит. Maqollar didaktik xususiyatga boydir. Ularning bu jihati pand – nasihat berish kabilarni o’z ichiga olib,ijobiy (ruxsat )vasalbiy (ta’qiq)ma’nolariga ega bo’lishimumkin: a) O’zbek tilida: Qish g’amini yozda ye. Ingliz tilida: Beware of a silent dog and still water. Rustilida:К
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek, rus va ingliz tillarida maqollarning paremiologik birlik (parema) sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari, matal, masal va aforizmlar bilan o‘xshash va farqli tomonlari ko‘rib chiqiladi.Maqollardagi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek, rus va ingliz tillarida maqollarning paremiologik birlik (parema) sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari, matal, masal va aforizmlar bilan o‘xshash va farqli tomonlari ko‘rib chiqiladi.Maqollardagi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- paremiological unity, didaktik, synecdoche, метафора, jonlantirish, антитеза, образность, aforizmlar, полнота, alliteratsiya, antiteza, folklorism, xalqchillik, синекдоха, одушевление, аллитерация, дидактизм, imagery, qiyoslash, obrazlilik, metafora, сравнение, фольклоризм, tugallanganlik, sinekdoxa, completeness, паремиологическое единство, афоризмы, alliteration, comparison, paremiologik birlik, didacticism, antithesis, metaphor, animation, aphorisms
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025