К содержанию
РецензированоEN2026

Ommaviy axborot vositalari matnlaridagi evfemizmlarning pragmatik xususiyatlari (fransuz tili materialida)

PRAGMATIK XUSUSIYATLARI · Zayniyeva Maxbuba Asliddinovna (Samarqand davlat chet tillarinstituti dotsenti)

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 15-20 · 2026

Аннотация

Language is a material tool, but also a tool for controlling and controlling social reality. Mass media plays an important role in representing society, conveying information and confirming opinions. In this regard, the accuracy and neutrality of the language of the mass media (hereinafter referred as OAV) is of great importance. if, sometimes, processing information orcollecting its effects is euphemisms. Keywords:euphemisms, media language, economic context, SDF (Sans Domicile Fixe) Evfemizmlar – nozik, bahsli yoki og‘ir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tushunchalarni yumshoqroq va diplomatik shaklda ifodalash uchun ishlatiladigan til vositalaridir. Fransuz OAVlarida evfemizmlar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy kontekstlarda keng qo‘llanilib, ular ba’zan axborotni soddalashtirishga, ba’zan esa uning haqiqiy mazmunini yashirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada Fransuz ommaviy axborot vositalarida evfemizmlarning turli sohalarda qanday qo‘llanilishi, ularning ijtimoiyta’siri vaaxloqiy jihatlari tahlil qilinadi. Fransuz ommaviy axborot vositalarida evfemizmlar turli sohalarda keng qo‘llaniladi. Ular siyosiy nutqni yumshatish, iqtisodiy qarorlarni kamroq salbiy tarzda taqdim etish yoki ijtimoiy mavzularni nozikroq ifodalash kabi maqsadlarda ishlatiladi. Quyida ularning asosiy sohalarda qanday qo‘llanilishi batafsil yoritiladi. 1. Siyosiy til va diplomatiya sohasida evfemizmlarning qo’llanilish xususiyatlari quydagichadir: Siyosiy nutqda evfemizmlar muayyan voqealarni yumshoq ifodalash, keskinlikni kamaytirish yoki ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun ishlatiladi. Fransuz OAVlari bu usuldan ayniqsa siyosiy qarorlarni yoki harbiy harakatlarni bayon etishdakeng foydalanadi: Plans sociaux – kompaniyalar ishchilarni qisqartirganda ishlatiladigan ifoda. Aslida, bu ommaviy ishdan bo‘shatish degan ma’noni bildiradi, lekin u ijtimoiy rejalashtirish tushunchasi bilanyumshatiladi. Exfiltration – biror shaxsni yashirincha yoki majburan olib chiqish jarayonini ifodalash uchunishlatiladi.Bu so‘zayniqsa diplomatik masalalarda qo‘llanadi. Dommages collatéraux – harbiy hujum natijasida tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishini yumshoq ifodalash uchun ishlatiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri “fuqarolik qurbonlari”deb aytish o‘rniga, “yo‘l-yo‘lakay yetkazilgan zarar”tushunchasi bilan almashtiriladi. Intervention militaire – harbiy bosqinchilik yoki urush o‘rniga ishlatiladigan ifoda. Rasmiybayonotlarda ushbu termin urushning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun qo‘llanadi. 2. Iqtisodiyot vabiznes sohasida evfemizmlarning qo’llanilish xususiyatlari quydagicha: Iqtisodiyot va biznes sohasida evfemizmlar moliyaviy qarorlarning real oqibatlarini yumshoqroq ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Bu, ayniqsa, iqtisodiy tanazzul yoki narxlarning oshishi kabi masalalarda namoyon bo‘ladi: Ajustement tarifaire – narxlarning oshishi haqida gap ketayotganida ishlatiladigan ibora. “Narx ko‘tarilishi” o‘rniga “tarifni sozlash” kabi yumshoqroq atama ishlatiladi. (Libération, 2021) Réduction d’effectifs – kompaniyalardagi ishdan bo‘shatish jarayonini yumshoq ifodalash uchun ishlatiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri “mas’uliyatdan ozod qilish” yoki “ishdan bo‘shatish” atamalari o‘rniga, “xodimlarsoniningqisqarishi”kabi neytralroq ibora qo‘llaniladi. Samarkand State Institute of Foreign Languages 188 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI Croissance négative – iqtisodiy tanazzul yoki resessiya tushunchasini yumshatish uchun ishlatiladi. “Salbiy o‘sish” iborasi “iqtisodiy inqiroz” yoki “tanazzul” so‘zlariga nisbatan kamroq salbiyeshitiladi. (France Info, 2019) Restructuration – kompaniya yoki davlat muassasalarida ommaviy ishdan bo‘shatish yoki kattao‘zgarishlarni bildiruvchi yumshoq ifoda. Aslida, buko‘pincha biznes muhitidaishdan bo‘shatish bilan bog‘liqbo‘lsa-da, “qaytatuzilish”ma’nosidaberiladi. 3. Ijtimoiy va axloqiy masalalar sohasida evfemizmlarning qo’llanilish xususiyatlari quydagichadir: Ijtimoiy mavzularda evfemizmlar odatda nozik yoki salbiy qaralishi mumkin bo‘lgan tushunchalarni yumshatish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, nogironlik, ijtimoiy tengsizlik yoki keksalik bilan bog‘liqmavzularda buusul kengqo‘llaniladi: Non-voyant – ko‘rish qobiliyatidan mahrum kishilar haqida gap ketganda ishlatiladi. “Aveugle” (ko‘r) so‘zi qattiq eshitilishi mumkinligi uchun uning o‘rniga “ko‘rmaydigan” ma’nosinianglatuvchi yumshoqroq atama ishlatiladi. (Le Figaro, 2020) SDF (Sans Domicile Fixe) – uy-joysiz odamlar uchun ishlatiladigan ibora. “Clochard” yoki “bezdomny” kabi so‘zlar salbiy konnotatsiyaga ega bo‘lgani uchun, “doimiy turar joyi yo‘q”degan yumshoqroq atama ishlatiladi. (France 24,2022) Troisième âge – qariyalar o‘rniga ishlatiladigan yumshoqroq ibora. “Vieillard” (qarilik) o‘rniga “uchinchi yosh bosqichi”tushunchasi joriy etilgan. Personnes à mobilité réduite – nogironlar yoki jismoniy harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ishlatiladigan ibora. 4.Jinoyatchilikva huquqiymasalalar: Jinoyatchi

Доказательный фрагмент

«Language is a material tool, but also a tool for controlling and controlling social reality.»

Образец извлечения

Демо-превью

Language is a material tool, but also a tool for controlling and controlling social reality. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
euphemisms, media language, economic context, SDF (Sans Domicile Fixe), язык СМИ, iqtisodiy kontekst, экономический контекст, media tili, evfemizmlar, эвфемизмы
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники