Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Ingliz va o‘zbek tillaridagi “qo‘l” komponentli somatik paremiologik birliklarning qiyosiy tahlili
PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIYTAHLILI · AbdiyevSoxibsher Ashurovich
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 6 · 127-129 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada oʻzbek va ingliz tillaridagi somatik frazeologik birliklarning oʻziga xos xususiyatlari va “qoʻl” komponentli bilan ifodalangan somatizmlarning qiyosiy tahlili berilgan. Tillarning frazeologik birliklarini solishtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish jarayoni tilshunoslikning lingvomadaniy jihati e’tiborga olingan. “Qoʻl” komponentli paremiyalar maqolaning asosiy tarkibiy obekti bo’lib e’tirofetilgan. Kalit so‘zlar: - Somatizim, lingvokulturologiya, metonimiya paremiya, konsept, paremiologik birlik. Somatizim so‘zi (yunoncha "soma" - "tana") so’zidan olingan bo’lib, mahalliy va xorijiy tilshunoslarning qiyosiy tarixiy, lingvomadaniy asarlarida kengtarqalgan tadqiqot ob'ekti sifatida somatik-leksikguruhni tashkil etadi. Somatizimlar – tilshunoslikda inson tana a’zolarining nomi bo'lib, atash ma’nosiga ega bo’lgan so‘zlardir. Bu atama biologiyada va tibbiyot sohasida "inson tana a’zolari bilan bog'liq narsa" ma'nosida ishlatilishiham mumkin. XX asr oxiri - XXI asr boshlaridan boshlab dunyo tilshunoslari tilda keng foydalaniladigan somatik lug'atlarga alohida e'tibor berib, madaniyatlararo muloqot muammolariga yechim topishga, tilning somatik-leksik tarkibini yanada chuqurroq o'rganish samaradorligini oshirishga harakat qilmoqdalar. Bu atama dastlab tilshunos olim V. G. Gak tomonidan tilshunoslikka olib kirilgan bo’lib, u “frazeologik birliklar somatik kompleksi sifatida engko‘pqo‘llaniladigan leksikguruhdir”degan fikirga keldi. [2,264] Shunday qilib, XX asrning oxirlaridan boshlab "somatik" atamasi lug’at tadqiqotida faol qo'llanila boshladi, bu odam tanasiga tegishli bo'lgan barcha qismni anglatadi. Wakk F o'zining so'nggi asarlaridan birida “Inson egosentrikdir”, u o'zini koinotning markazida ko'radi” deb yozadi. [6,22] Bundan kelib chiqib, tilshunoslarning somatik so’zlarga qiziqishi inson o'zini shaxs sifatida anglash jarayoni, o'z tanasining his-tuyg'ulari va qismlari orqali paydo bo'ladigan sezgilardan boshlangan deyishimiz mumkin. Inson o'zini va uning atrofidagi dunyoni anglay boshlaganida, inson ongida olam manzarasi paydo bo'ldi. Sezgilar va mavhum tafakkur yordamida inson dunyoni o'rganadi, dunyoning berilgan rasmini shakllantiradi. Shu sababdan hozirgi zamon tilshunosligi inson va til oʻrtasidagi bogʻlanishlarni kuzatishga tobora koʻproq eʼtibor qaratmoqda. Somatik lo‘g’atlar har qanday jamiyatda zarur bo'lgan tushunchalar va munosabatlarmajmuasini ifodalashda foydalaniladi, ularsiz inson nutqinitasavvur qilishqiyin. Somatik lug'atlar inson tana azolari ob'ektlarining doimiy soniga ega bo'lgan yaxlit tizim bo'lib, u tildagi leksik birliklarning ma'lum bir tarkibini belgilash uchun mo'ljallangan. Inson tomonidan kuzatilgan va tasavvur qilinadigan turli xil hodisalarni, tushunchalarni, xotirada biror narsa bilan bog'laydi. [5,47] Konsept - ob'ekt yoki hodisa haqida odamning mavhum g'oyasini umumlashtirgan fikrlar jamlanmasi. Jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan ma'lumotlarni umumlashtirib, inson tajribasini qayta ishlovchi kontseptual tizimning tarkibiy elementlari bo'lgan bu hodisalar dunyo haqida bilim olish imkoniyatini beradi. Kontseptsiyaning tuzilishi axborot mazmuni, hissiy tasvir va talqin sohasi kabi asosiy tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi va kontseptsiyaning ushbu tarkibiy qismlarining har biriga tegishli bo'lgan ma'lum kognitiv xususiyatlarni sanab o'tish bilan tavsiflanadi. [1,194] Ba'zi hayotiy hodisalarga umumiy baho berishda, ularda o'z madaniyatining o'ziga xos xususiyatlariniaks ettirishdainsonga tildaparemiyalar yordamida beradi. Samarkand State Institute of Foreign Languages 273 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI Paremiyalar - bu shaxsning muloqoti uchun zarur bo'lgan til birligidir. Ushbu birliklar orqali ba'zi ma'lumotlarning va hayotiy vaziyatlarning uzatilishi mumkin bo'lib, ular yordamida biz ma'lum ob'ektlar o'rtasidagi munosabatni ifodalaymiz. [7,4786] Muayyan xalq tilining paremiyalari ularning dunyoviy va diniy bilimlari, hamda ularning turmush tarzini, g'oyalari va madaniyati tarixin aks ettirib, yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ingliz va o’zbek tillarida ham hand/qo’l somatizmi bilan ifodalangan paremiyalarni ko’plab uchratish mumkin.[3,127-129] Ingliz paremiyalarida qo’l tushunchasi o'zining asosiy ma'nosida ko'proq uchraydi. Ikkala tilda ham hand/qo’l somatizmi o‘xshash maznunlarni o‘z ichiga oladi, bu esa ingliz va o’zbek xalqlari tomonidan ushbu somatizmni idrok etishdagi o'xshashlik va hand/qo’l somatizmining ikkalaxalq vakillari uchun ham muhimligini ko'rsatadi. Masalan: A bird in the hand is worth two in the bush/ Uzoqdagi saryog’dan, qo’lingda qotgan nonyaxshi. Ingliz va o’zbek paremiyalarida bu somatizm metaforik ma'noda insoniy fazilatlarni, etkazish uchun ham ishlatilishi mumkin. Ko’pgina tillar paremiologiyasida hand/qo’l komponentli somatiz ko’p hollarda harakat fe’li bilan keladi. Odatda "qo'l" komponentli paremiyalar insonga hayoti davomida hamroh bo'ladgan predmet va hodisalar: e'tiqod,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oʻzbek va ingliz tillaridagi somatik frazeologik birliklarning oʻziga xos xususiyatlari va “qoʻl” komponentli bilan ifodalangan somatizmlarning qiyosiy tahlili berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oʻzbek va ingliz tillaridagi somatik frazeologik birliklarning oʻziga xos xususiyatlari va “qoʻl” komponentli bilan ifodalangan somatizmlarning qiyosiy tahlili berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- паремия, paremia, lingvokulturologiya, паремиологическая единица, metonimiya paremiya, лингвокультурализм, paremiologik birlik, paremiological unit, linguistic culturalism, konsept, metonymy, Somatizim, Соматизм, Somatism, концепт, метонимия, concept
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025